O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Juft-juft bo„lib turish va shu holda siljish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
4.9 Juft-juft bo„lib turish va shu holda siljish 
 
Xususiy vazifa: kurashchini juft-juft bo‗lib ushlashib turish holatiga va shu 
holatda siljishga o‗rgatish. Kurashchilarni 3 metr masofada bir-biriga qarama-qarshi 
saflash. Trener safning o‗rtasida turib bir o‗quvchi bilan yuqori, o‗rtacha va past 
turish juft-juft holda holatini hamda kurashchilarning bir-birlarini ushlashib, turli 
tomonga juft-juft bo‗lib siljishiga oid asosiy usullarini ko‗rsatadi. 
Uzoqlashtirishni muvaffaqiyatli bajarish uchun ustalik bilan harakat qilishga 
tayyorlanishning qulay uslubi sifatida juft-juft bo‗lib siljish taktikasini trener 
qisqacha tushuntiradi. 
Harakat va ularni bajarishga oid topshiriqlar. 
1-topshiriq. Xilma-xil turish holatida bir-birini ushlashib, sherigi bilan oldinga, 
orqaga va yon tomonlarga siljish. Yuqori turish holatini olgach, sherigi to‗pining 


81 
yengini yuqorisidan yoki pastidan ushlab, juftlama qadam bilan turli tomonga siljish 
2 daqiqadan keyin turish va ushlash holatini mustaqil ravishda o‗zgartirish. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
- siljitayotganda qadamlarni xilma-xillashtirish, juftlama yoki qo‗shaloq qadam 
tashlash; 
- siljish tezligini xilma-xillashtirish, qadam uzunligini o‗zgartirish; 
- siljiyotib ushlash holatini: yuqoriroq, pastroq, o‗ziga o‗ngay qilib o‗zgartirish; 
- yonida mashq o‗tkazilayotgan juftlarga e‘tibor berish, ular bilan to‗qnashib 
ketishdan saqlanish. 
2-topshiriq. Xuddi shunday sherigi bilan ushlashib oldinga, orqaga, yon 
tomonlarga va aylana bo‗lib siljish. Sherigi bir oz qarshilik ko‗rsatadi. 
Metodik ko‗rsatmalar. 
- shoshilmasdan, ushlab olish uchun qulay paytni tanlash; 
- siljiyotganda barqaror turish holatini saqlash; 
- necha marta tortib o‗tkazganligini hisoblab borish; 
- sherigini tortib o‗tkazganda qoidani buzmaslik, ushlab olgach qo‗lni qo‗yib 
yubormaslik. 
Mashqlarni bajargandan keyin trener har bir shug‗ullanayotgan juftlikdan 
necha marta tortib o‗tkazganliklarini so‗raydi va ularning harakatlarini baholaydi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling