O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Kurashchining siljish usullari va oraliq masofa


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

4.8 Kurashchining siljish usullari va oraliq masofa 
 
Xususiy vazifa: turli masofalarda turib, yakka holda siljishga o‗rgatish. 
Kurashchilarning taktik niyatlariga qarab siljish. Harakat usullari turlicha: yaqin, 
o‗rta va uzoq masofalardan turib o‗tkazilishi mumkin. 
Yaqin masofa – kurashchilar bir-birlariga bevosita tegib turadilar. 


80 
O‗rta masofa – kurashchilar bir-birlarini uzatilgan qo‗l masofasida ushlab 
oladilar. 
Uzoq masofa – kurashchilar ushlasha olmaydilar, bir-birlarini chamasi 1,5-2 
metr oralig‗ida turadilar. 
Masofadan tashqari – kurashchilar bir biridan ko‗proq masofa narida turadilar. 
Juftlama qadam bilan oldinga, orqaga va tomonlarga siljish usullarini namoyish 
qilish trenerga yuzi bilan qaragan holda ikki sherenkaga o‗tkaziladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq 
1-topshiriq. Chap o‗ng turish holatidan bitta-bitta juftlama qadam tashlab 1 
daqiqa mobaynida oldinga siljish, keyin orqaga turib to‗g‗ri qadam tashlab qaytish. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
- oyoqlarni chalishtirmay, orqada turgan oyoqni yerga oyoq uchi bilan qo‗yish; 
- oyoqlarni uncha keng ham, uncha tor ham qo‗ymagan holda bir oz bukib 
turish; 
- oyoqni taxminan tovon kengligida qo‗yish. 
2-topshiriq. Oldinga, orqaga, chapga va o‗ngga yakka qadam bilan siljish. 
Qadamni dastlab bir maromda tashlash, keyin esa ritmni o‗zgartirish – goh tez, goh 
o‗rtacha, goh sekin suratda qadam tashlash. Topshiriq ikki daqiqa mobaynida 
bajariladi. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
- siljiyotganda sherigiga ahamiyat berib borish, u bilan to‗qnashib ketmaslikka 
intilish; 
- sur‘at va ritmni buzib, qadam uzunligini o‗zgartirish, goh kichik, goh 
o‗rtacha, goh katta qadam tashlash; 
- qo‗llarni pastga tushirmasdan turib, go‗yo sherigini ushlab turganday harakat 
qilish. 
3-topshiriq. Yakka holda siljishni turli xilda birlashtirib takomillashtirish. 
Uzoq masofada bir-biriga qarama qarshi ikki sherenkaga saflanish. 
Birinchi raqamlilar masofani saqlashga harakat qiladilar, ikkinchi raqamlilar 
esa masofani buzadilar. Topshiriq 1 daqiqa mobaynida bajariladi, so‗ngra raqamlar 
almashiniladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling