O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Belbog„dan ushlab yon tomondan chalish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Belbog„dan ushlab yon tomondan chalish 
 
Dastlabki holat. Ikkala kurashchi o‗ng stoykada turadilar. Hujum qiluvchi o‗ng 
qo‗lini sherigining o‗ng yelkasidan o‗tkazib, uning belbog‗idan ushlab oladi, chap 
qo‗li bilan esa belbog‗ni oldindan ushlaydi. 
Hujum qiluvchi sherigini o‗ziga tortib, o‗ng oyog‗i tovonini sherigining 
tovoniga to‗g‗rilab, yon tomondan chalayotgan harakat qiladi, ayni vaqtda chapga 
aylana borib, sherigini o‗ziga bosib yiqitadi. 
V BOB MILLIY KURASH BO„YICHA SPORT 
MASHG„ULOTLARNING USULIYOTLARI ASOSLARI. 
KURASHCHINING MASHG„ULOTLARI DEGAN TUSHUNCHA VA 
UNING MOHIYATI 
5.1 Milliy kurash bo„yicha sport mashg„ulotlarning usuliyotlari asoslari 
 
Kurashchining sport trenirovkasini jismoniy tarbiya formalaridan biri deb 
qarash kerak. Ularning ko‗p yillik sport trenirovkasida quyidagi vazifalar hal etiladi. 
Sog‗liqni mustahkamlash, sportchining mehnat va Vatan himoyasiga tayyorlash 
uchun uni jismoniy jihatdan har tomonlama umumiy va maxsus rivojlantirish, sport 
natijalariga erishish va kurashning olimpiada turlariga tayyorlash, jamiyat 
quruvchilarni tarbiyalash.
Yakkama-yakka 
olishish 
turlaridagi 
sport 
trenirovkasi 
– 
bu 
shug‗ullanuvchilarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kamol toptirishning ko‗p yillik, 
sistemali ixtisoslashtirilgan pedagogik protsessi bo‗lib, u jismoniy kamolotga va 
yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgandir. Shu boisdan ham biz sport 
trenirovkasiga shug‗ullanuvchilarni tarbiyalash, ta‘lim berish va rivojlantirishga 
qaratilgan pedagogik protsess deb qaraymiz va bu bobda har bir tushunchani alohida 
ochib berishga harakat qilamiz.
Tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya ongni, xulq-atvorni, shaxsni har 
tomonlama rivojlantirishni biror maqsadga qarab shakllantirishga qaratilgan 
protsessdan iborat bo‗ladi. Chunki oilada beriladigan bu tarbiya jarayonida faqat 
bilimlar o‗zlashtirilib, malaka va ko‗nikmalar hosil qilinmaydi, o‗zbek kishisining 
axloqiy e‘tiqodi, his-tuyg`usi, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari, xarakter 
xususiyatlari tarkib toptiriladi. 
Ta‘lim bu yangi bilim, ko‗nikma va malakalarni egallash hamda bularni 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish axloqni tarbiyalash bilan qo‗shib olib borgan holda 
takomillashtirishdan iborat bo‗lgan ko‗p qirrali protsess.
Rivojlanish –sportchining sport trenirovkaning har bir bosqichida bir xildagi 
jismoniy, texnik-taktik, funksional, axloqiy va irodaviy tayyorgarlik holatidan 
boshqa ancha mukammallashgan holatga o‗tish protsessi. Insonning rivojlanishiga 
tashqi muhit, hayot ikir-chikirlari, oilaviy sharoitlar, maktab, o‗quv yurtlari, jamoat 
tashkilotlari, mehnat jamoalari va hokazolar ta‘sir etadi. Sport trenirovkasida 
rivojlanish–biror maqsadga qaratilgan, pedagog trener tomonidan, muhit va 
sharoitlar bilan boshqariladigan protsessdir. Bu rivojlanish turli vositalar, metodlar 
va mashg‗ulot formalari ta‘sirida sodir bo‗ladi. Bular organizmning holati yaxshi 


92 
tomonga qarab o‗zgarishiga, sport natijalarining va umuman, shaxsning 
takomillashuviga yordam beradi.
Kurashchilarning sport trenirovkasi protsessidagi tarbiya, ta‘lim, va 
rivojlanishning vazifalari trener hamda sportchining hamkorligida hal etiladi. Bunda 
trener rahbarlik rolini bajaradi, sportchilar o‗zlarining ongli, faol, mustaqil 
faoliyatlarini o‗z-o‗zlarini takomillashtiruvchilari bilan bu vazifalarning tezroq hal 
etishga yordam beradilar. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling