Yiqila turib uloqtirish
Raqibni urib orqaga yiqitish va bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish.
Sherigini turli usulda ushlash, aldash va soxta harakatlar qilib qo‗llar
yordamida muvozanatdan chiqish va bir zarb bilan ko‗tarib yiqitish usullari
qo‗llaniladi. Bunda har qanday hollarda ham sherigi to‗nidan, belbog‗idan va
qo‗llaridan ushlab ehtiyot qilinadi.
Raqibni urib orqaga yiqitish. Bu usul bilan hujum qilishni tayyorlash va
o‗tkazishda qo‗llar muhim rol o‗ynaydi. Hujumchining harakati raqibga qo‗l orqali
beriladi. Shubhasiz, bunda oyoq va gavda harakatlari ham katta ahamiyatga ega.
Raqibini urib orqaga yiqitish kerak. Yiqilayotganda sherigini yelkasidan ushlab
turish kerak.
Raqibini urib orqaga yiqitish usuli bilan oldinga, o‗ngga-oldinga-yon tomonga,
orqaga oldinga-pastga va hokazo tomonlarga yiqitish mumkin. Raqibini urib orqaga
uloqtirish usulidan himoyalanish:
- qo‗llarni pastdan va yuqoridan harakatlantirib ushlashdan bo‗shatish;
- tomonlarga egilish va aksincha uni yiqitishga o`rinib qo‗rish;
- orqaga ketib, gavdani engashtirish;
- qarshi harakatlar;
- qarshi yiqitish usullarini qo‗llash;
- oyoqlari bilan orqaga ketish va o‗sha tomonga yiqitish;
- u yoki bu oyoqni bukish, hamda qarama-qarshi tomonga yiqitish va hokazo.
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish.
Raqibni qulay ushlagandan keyin uni ikkala qo‗llar bilan o‗ziga pastga, o‗ziga
va yon tomonga, oldinga va yon tomonga keskin harakatlar qilish hisobiga, gavda
va oyoqni ma‘lum tomonga faol harakatlantirib, bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish
kerak.
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish raqibni to‗nidan, belbog‗idan, qo‗llar bilan
ikkala qo‗lini ushlab olgandan keyin, qo‗llarni keskin siltab tortib va gavdani faol
burib raqibni orqasiga yiqitish bilan bajarilishi mumkin.
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirishdan himoyalanish: ushlab olish imkonini
bermaslik va qo‗llarni bo‗shatishga harakat qilish:
- yaqin masofadan uzoq masofaga o‗tish;
- orqa tomonga og‗ish va oyoqni oldinga chiqarish;
- qarshi harakatlar xuddi avvalgi usullardagidek.
Do'stlaringiz bilan baham: |