O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
Oyoq chalish bilan uloqtirish 
Oyoq chalish – ko‗pgina usullarning muhim elementi hujum qiluvchining 
oyog‗ini raqibning bir oyog‗ini raqibning bir yoki ikki oyog‗i tagiga faol harakat 
bilan olib borishda bajariladi. Shundan so‗ng, raqib qo‗yilgan oyoqdan yiqiladi. 
Oyoq chalishni amalga oshirishda oyoqni raqibning oyog‗i oyoqlariga oldindan va 
orqadan qo‗yishni farq qilish kerak. Oyoqni raqibning o‗ng yoki chap holatda 


90 
turishiga qarab raqib oyog‗iga yon tomondan, boldirning yon qismiga qo‗yish 
mumkin. 
Oyoq chalish usulida chalish uchun qo‗yilgan oyoqqa qarshi tomonga qo‗l va 
gavda harakatlantirilib, raqib siltab ko‗tarish hisobiga uloqtiriladi. 
Oyoq chalish usulini bajarishda eng qulay vaziyat va harakat shartlari 
quyidagilardan iborat. Raqib oldinga qo‗yilgan oyog‗iga tayanib turib hujum 
qilayotgan sportchini tortadi. Tayanch oyoqni chalish kerak: raqib gavdasining 
og‗irligini bir oyog‗iga o‗tkazadi – shu oyoqni chalish kerak. Raqib siljib yurib
oyoqlarini chalishtiradi – oldinda turgan oyoq yoki har ikki oyoq chalinadi. 
Raqib oyoqlarini kerib tik turibdi – oyoqlaridan biri chalinadi. 
Chalishning himoya harakatlari turlicha bo‗lishi mumkin. 
Masofadan chiqish bilan raqib qo‗llarini urib, ushlashdan qutulish: 
- raqibni orqaga yoki yon tomonga engashtirish; 
- raqibini o‗ziga tortish va uni muvozanatdan chiqarish; 
- oyog‗ini o‗z vaqtida olib qochish yoki raqib gavdasiga tayanib, oyog‗ini yon 
tomonga olish; 
- oyoqni tizzalardan bukib, orqaga qayishgan holat va boshqalar. 
 
Ikki oyoqni orqaga chalish texnikasi 
Dastlabki holat. Ikkala kurashchi o‗ng stoykada. Hujum qiluvchi o‗ng qo‗li 
bilan sherigining to‗nini yoqasidan ushlab oladi. 
Hujum qiluvchi sherigining gavda og‗irligini o‗ng oyoqqa o‗tkazishga majbur 
etish uchun uni o‗ziga, chapga tortadi va shundan keyin o‗ng oyog‗i bilan ikkala 
oyog‗ini chaladi va uni orqasiga yiqitadi. 
Bu usulni o‗rganishda hujumchi sherigini chap qo‗l yengidan ushlash bilan 
ehtiyot qiladi. 
Himoya:
A) qo‗llari bilan hujum qiluvchining o‗ng yoniga tiralish; 
B) o‗ng oyog‗ini orqaga-o‗ngga qo‗yish; 
V) hujum qiluvchi orqadan chalish uchun o‗ng oyog‗ini ko‗targan vaqtda uni 
o‗ng oyog‗i turgan yo‗nalishda o‗zidan chapga tortish; 
G) hujum qiluvchi orqadan chalish uchun oyog‗ini orqaga qo‗yib ulgursa, 
uning oyog‗idan hatlab o‗tish. 
Qarshi usullar: 
A) yiqilish vaqtida chap oyog‗ini mumkin qadar ko‗proq chapga-orqaga olib 
borish va chap tizzasini hujum qiluvchining chap oyog‗iga yaqinroq qo‗yish, o‗ng 
oyog‗ini esa oldindan chalishga qo‗yish va hujum qiluvchining oldinga tortish 
hamda orqasiga yiqitish; 
B) uni ushlab olish. 


91 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling