O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Kurashchilar kiyimiga, belbog„ini bog„lashga qo„yiladigan talablar va


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

4.10 Kurashchilar kiyimiga, belbog„ini bog„lashga qo„yiladigan talablar va 
kurash to„shagining o„lchamlari 
 
Xususiy vazifa: kurashuvchi-polvonlarning kiyimlari, belbog‗ni bog‗lash va 
kurash to`shagining tuzilishi bilan tanishtirish. 
Kurashuvchi sportchi batartib, toza, kollektiv emblemasi bo‗lgan va o‗ziga 
moslab tikilgan kiyimda bo‗lishi kerak. Polvonning kiyimi o‗zbekcha milliy, bir oz 
katta qilib tikilgan ishtondan va turli rangdagi ikkita-belbog‗ qiyiqchadan iborat 
bo‗ladi. Ishton ichidan albatta plavka kiyiladi. 
Buxoro qoidasi bo‗yicha kurashish uchun to‗nning bo‗yi bir oz kaltaroq 
qilinadi. Farg‗onacha usulda esa to‗n tizzadan 10-12 sm pastga tushadigan qilib 
tiqiladi. Belbog‗ petlya qilib va belidan bir musht o‗tadigan qilib bog‗lanadi. 
Belbog‗ning to`g‗ri bog‗langanligini sudyalar bellashuv ishtirokchilari oldida 
tekshiradi. Trener belbog‗ini bog‗lash usullarini ko‗rsatish kerak. 
4.11 Harakat va uni bajarishga doir topshiriqlar 
 
1-topshiriq. Belbog‗larni tartibga solish, bir-biriga qarab, qarama-qarshi juft-
juft bo‗lib saflanish, navbati bilan o‗rtog‗iga belbog‗ni bog‗lab qo‗yish va uni 
to‗g‗ri bog‗langanligini tekshirish. Bu topshiriqni bajarishga ikki daqiqa vaqt 
beriladi. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
Belbog‗ kurakka mahkam bog‗lanadi, keyin esa belga tushiriladi: 
- musht beldagi belboqqa pastgi tomondan suqiladi. 


82 
2-topshiriq. O‗rtog‗iga belbog‗ini bog‗lash, uning to‗g‗ri bog‗langanligini 
tekshirish va uni yechib olish. Bu operatsiya 3 marta takrorlanadi. 
Metodik ko‗rsatmalar: 
Belbog‗ni xalqa qilib bog‗layotganda shoshilmaslik kerak. U pishiq bog‗lanishi 
lozim. 
- bog‗lagach, yana bir turib mahkamlash kerak, lekin u juda bo‗sh ham 
bo‗lmasin. 
3-topshiriq. Kurash to`shagi yuzasidagi bir joyning vazifasini tahlil qilish. 
Trenerni tushuntirishlari: to`shakning o‗lchami 10X10, ish o‗rni diametri 9m, 
aylana qizil chiziqning diametri 1m. Bellashuvni boshlash markazning diametri ham 
1m. Aylananing tashqarisida – razminka qilish joyi. Ikki qarama-qarshi tomondagi 
burchakda polvonning chiqish joyi. Ular turli rangda bo‗ladi. Kurash to`shagi 
yuzasidagi joylarning qanday maqsadda ko‗zlab qilishini trener tushuntiradi. 
Shundan keyin trener o‗zining tushuntirishlarini savol berish bilan mustahkamlaydi 
va o‗quvchilarning javobini baholaydi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling