O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Kurashchining sport trenerovkasi vositalari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
5.4 Kurashchining sport trenerovkasi vositalari 
 
Jismoniy mashqlar tabiatning kuchlari, gigienik faktorlar va maxsus bilimlar 
milliy kurashdagi sport trenirovkasi vositalaridandir. Jismoniy mashqlar yordamchi 
va asosiy mashqlarga bo‗linadi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar yordamchi 
mashqlar qatoriga kiradi va sog‗liqni mustahkamlashga, sportchini har tomonlama 
jismoniy kamol toptirish va harakat sifatlarni takomillashtirishga bo‗ladi. Mehnatda 
va Vatan himoyasida zarur bo‗ladigan hayotiy muhim bilim, ko‗nikma va 
malakalarni egallashga mo‗ljallangan mashqlar va harakat amallari esa kurashchi 
uchun zarur bo‗lgan spetsifik sifatlarni rivojlantiruvchi, shuningdek, maxsus kurash 
texnikasi malakalari, usullari va harakatlarini tarkib toptiruvchi maxsus mashqlar 
yordamida rivojlantiriladi. 
Asosiy mashqlar – tayyorlovchi harakatlarni va amallarni o‗z ichiga oladi. 
Ularga asosiy holatlar va harakatlar kiradi. Holatlar gavdaning tik turgan holati: turli 
xilda badanni qimirlatmay turish, ushlab olish, uloqtirishga (yerga yiqitishga) 
tayyorgarlikni boshlanishi, uning oxirgi holati va hokazolardan iborat. Harakatlar bu 
kurashchining turli usullar va ularning kombinatsiyalarini amalga oshirishga 
tayyorlovchi harakatdagi dinamik ta‘siri.
Asosiy usullar – bu kurashchining hatti-harakatidan iborat bo‗lib, kurashchi 
ana shu hatti-harakatlar yordamida kurashishdagi taktik vazifalarni hal etadi, bundan 
tashqari, turli o‗quv va kalendar musobaqalar vaqtida kurashchilarning kurash 
tushishlari ham asosiy usullarga kiradi. Kurashchining kurash tarixi, gigiena, 
harakatlar texnikasi va taktikasi, sport trenirovkasi asoslari, musobaqa qoidalari, 
sport etikasi va hokazolar sohasidagi nazariy tayyorgarligiga oid hamma massalar 


95 
maxsus bilimlar qatoriga kiradi. Bu masalalarning hammasi kurashchining nazariy 
tayyorgarligi bobida batafsil yoritilgan. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling