O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
5.5 Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan 
kelib chiqadigan muhim qoida va talablar 
Yakkama-yakka kurashish turlaridagi sport trenirovkasi sportchilarining asosiy 
tayyorgarlik formalari sifatida jismoniy tarbiya sistemasining barcha qonuniyatlari
xususiyatlari va prinsiplariga buysunadi. Ular quyidagilardan iborat: 
- har tomonlamalik, ya‘ni aqliy, axloqiy, g‗oyaviy, siyosiy, jismoniy va estetik 
tarbiya hamda mehnat tarbiyasining qo‗shib olib borilishi; 
- ilmiylik; 
- sog‗lomlashtirish va amaliy yo`nalishda; 
- bo‗lishlik; 
- xalqchilik va internatsionalizm. 
Bu prinsiplarning mazmunini jismoniy tarbiya sistemasining sotsial 
funksiyalarni, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari va qurilish vazifalari bilan 
belgilanadi. Sistema kishilarning jismoniy tomondan takomillashuviga yordam 
berishga, ularda keng dunyoqarash, yuksak axlokiy sifatlar va to‗g‗ri estetik idrokni 
tarkib toptirishga da‘vat etilgan. 
Jismoniy tarbiya sistemasi-xalqimizning jismoniy kamol topishiga qaratilgan 
tashkiliy, metodologik, ilmiy-pedagogik prinsiplar va talablar yig‗inlari bo‗lib 
hisoblanadi. Shu boisdan ham u oila tarbiyasidan tortib to Qurolli kuchlardagi 
jismoniy tayyorgarlik va professional amaliy-jismoniy tayyorgarlikkacha bo‗lgan 
o‗z bosqichlariga ega. Kurashchilarning sport trenirovkasi o‗ziga xos xususiyatlarga 
ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yo`qdir. Bu esa trenerlari ana shu 
xususiyatni e‘tiborga olishga majbur etadi. Chunki uning asosida sport 
trenirovkasiga xos bo‗lgan imkoniyatlar yotadi. Bu qonuniyatlarga quyidagilar 
kiradi: 
1) qat`iy ixtisolashish va trenirovka protsessini individuallashtirish tufayli 
yuqori sport natijalariga intilish hissi va shunga yo‗nalganlikni tarbiyalash. Bu 
mamlakatimizda sport faoliyatining tashkil etilishi, musobaqalar sistemasi va 
sportning rag‗batlantirilishi kabi barcha yo‗llar bilan qiziqtirish natijasida amalga 
oshiriladi. 
2) tanlagan sport turida har tomonlama rivojlanish bilan ixtisoslashishning 
birligi hamda shaxsni garmonik rivojlantirishga intilish. 
3) tanlangan sport turida yil davomida va ko‗p yillar mobaynida trenirovka 
protsessining o`zluksizligi. Trenirovkalarning sportchi organizmning funksional 
imkoniyatlarini maksimal rivojlantirishga va har bir mashg‗ulotdan olingan 
samaraning bundan oldingi mashg‗ulot samarasiga qo‗shilib borishini hisobga olib, 
mahorat cho‗qqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar organizmning talab 
etilgan holati qisman bo‗lsada tiklanmasligi ko‗zatilsa, trenirovkalarning 
davriyligiga yo‗l qo‗yiladi. Sportchining trenirovka nagruzkalari va dam olishi qayta 
ko‗rib chiqiladi. 
4) nagruzkalar dinamikasida maksimumga yo‗l tutib asta-sekin va sakrab-
sakrab mashq qilishni qo‗shib olib borish.


96 
Maksimum yuklama deganda organizmning funksional imkoniyatlari 
doirasidagi yuklamani tushunmoq kerak va hech qachon uni holdan toyguncha 
yuklama berish bilan tenglashtirish mumkin emas .
5) trenirovka jarayonining siklligi deganda, trenirovka ishi davrlari va 
fazalarining ayrim mashqlar, mashg‗ulotlar, trenirovka bosqichlari va davrlari 
qisman takrorlanadi. Ana shu siklli davrda mikrotsikllar 3-5 kun, mezotsikllar va 
makrotsikllar farqlanadi. Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirovkasi 
jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik har bir ishda zarurdir va 
unga har bir yosh sportchini birinchi kundanoq o‗rgatish lozim. Ishga faqat 
professional mahoratni emas balki qalb to‗rini ham sarflab kirishish kerak. 
Bularning barchasi milliy kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan miliy 
kurash bilan shug‗ullanishga yondashish hissini hosil qilish uchun quyidagi 
vazifalarni hal etish zarur.
1) trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga o‗rgatish hamda yuqori 
natijalarga o‗z-o‗zini takomillashtirishga intilish hissini tarbiyalash kerak. 
2) mehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport rejimiga axloq 
normalariga qat‘iy rioya qilishga odatlantirish lozim. 
3) texnik–taktik harakatlarning ma‘nosiga tushunish, sherigi, raqiblarining 
fikrlari va harakat uslubini bilib olishga o‗rgatish, kurash nazariyasini chuqur analiz 
qilish yo`li bilan o‗z tajribasini boyitish zarur.
4) usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni va kurashdagi 
masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur‘ati, tezligi amplitudasini o‗zgartirish bilan 
texnik harakatlarni ijodiy bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish o`quvini tarbiyalash. 
5) texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, o‗z kurash usulini majbur etish, 
g‗alabaga erishish uchun darsdagi trenirovka harakatlarini kurash vaziyatida 
malakalariga o‗rgatish. 
6) asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va o‗z repertuaridagi kurashish 
harakatlariga oid ko`nikmalarini, kurash variantlari va kombinatsiyalarini 
rivojlantirish uchun uy sharoitida doimo o‗z mahoratini takomillashtirishga 
odatlantirish. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling