O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Pedagogik texnologiyaning ta’riflari


Download 172.5 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi172.5 Kb.
#209666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.

Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.

Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).

Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).

Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)

Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).

Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).

Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).

O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).

Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.

Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

O’zbekistonda 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop etildi. Pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva, Ziyomuhammedov, O’.Tolipov, B.L.Faberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. 2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanadi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o’qituvchi uchun so’zlash, ko’rsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o’rgatishdan, o’quvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o’rganishdan iboratdir. Ushbu berilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi rahbarligida o’quvchi o’zi bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini egallaydi. Bundan tashqari shuni alohida ta’kidlashimiz zarur-ki pedagogik jarayonni samarali bо‘lishida o’quvchilar diqqati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk rus pedagogi K.D Ushinskiy diqqatni “о‘rganilayotgan materialni odam ongiga kirishi uchun yagona eshik” deb ta’riflagan[21]. Agar о‘qituvchi o’quvchi diqqatini jamlashga erishgan bо‘lsa, bu muvafaqqiyatning yarmiga erishganlikdir. Diqqat idrok, tushunish, tasavvur, о‘zlashtirish, eslab qolish, qayta tiklash va ijodiy faraz uchun zarurdir. Diqqatimizni jamlanishi faqat о‘z hoxishimizga emas, balki ta’surotlarning kuchi, yangiligi, kutilmaganligiga ham bog‘liqdir. Dars o’quvchilarni ajablantiradigan, qiziqtiradigan, о‘ylantirib qо‘yadigan savol yoki vazifadan boshlansa, oquvchilar diqqati tezroq jamlanadi[12]. Yuqorida berilgan ma’lumotlarga asoslanib, shularni aytishimiz mumkin-ki, pedagogik texnologiyaning predmeti о‘quv jarayon va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Geografiya ta’limida tizimli yondashish о‘qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini–maqsadni aniqlashdan tortib, to yangi о‘qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan о‘tkazish va ommalashtirishgacha bо‘lgan jarayonini о‘z ichiga oladi. U о‘z harakat tartiblarining takrorlanuvchanligi va ularni tо‘la о‘quv jarayoniga tadbiq etish g‘oyasi, oqibat natijada, bu jarayonning «jonli о‘qituvchiga» bog‘liq bо‘lmay qolishiga olib keladi. Geografiya о‘quv jarayonida о‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan(о‘zi tuzgan bо‘lishi shart emas) material bilan о‘qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat[13]. Pedagogik jarayon ishtirokchilari, avvalo oqituvchi va oquvchilar ortasida janjalli masalalar chiqmasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:

- doskada javob bergan oquvchi uning javobidagi xato va kamchiliklarni boshqa oquvchilar tomonidan toldirish va tog’irlash jarayonida jim turib eshitishi shart. Bu qoida oquvchilarda eshitish odobining vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi;

- doskada javob berishi kerak bolgan oquvchi javobini tez boshlamasa, sinf chidam va sabr bilan kutib, tinchlik saqlashi kerak. Bu qoida sinfda ongli intizomning shakllanishiga olib keladi;

- kech qolgan oquvchi intizomi muhokama qilinmaydi, tanbeh berilmaydi. Darsda oquvchilarning har bir faoliyati nazorat qilinib, baholanib borilganligi sababli oquvchilar iloji boricha darsga oz vaqtida kelishga harakat qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatiga yangilik, о‘zgartirishlar kiritish bо‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanildi. Bunday uslublarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchilarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi[14]. Bunday о‘qituvchi bilan о‘quvchining hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga: о‘quvchilarning dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; о‘quvchilarning о‘quv jarayonida fanga bо‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanish; о‘quvchilarning fanga bо‘lgan qiziqishlarini mustaqil raishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; о‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Har bir о‘quv fani dasturida nisbatan murakkab mavzular mavjud. Har bir mavzu, dars, о‘quv predmetining о‘ziga xos texnologiyasi bor. Shu bilan birga о‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda о‘qituvchi о‘quv fanining о‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi о‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatgan natijaga erishish mumkin. Binobarin, о‘qituvchi, avvalo, har bir darsning texnologik xaritasini tuzishda albatta, dars jarayonining aniq maqsadi, vazifalari, uni amalga oshirish texnologiyasi va kafolatlangan natija о‘z ifodasini topishi kerak. Ta’kidlash joizki, texnologik xaritada dars jarayonining hamda о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining barcha qirralari о‘z aksini topadi. Yuqorida berilgan tasniflardan kelib chiqqan holda xulosa qilsak-pedagogik texnologiya o’quvchilarga o’qituvchilar tomonidan kasbiy pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatilish tizimini belgilaydi, pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologikligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Hozirgi kundagi zamonaviy usullar о‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda о‘z fikrini himoya qilish kо‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlash, hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi. Zamonaviy usullardan foydalanish:


  • sinf muhitini о‘zgartiradi;

  • mavzu qanday о‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;

  • har bir о‘quvchini faollashtiradi.

Bugungi kunda о‘qituvchi о‘qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va о‘quvchini bevosita mustaqil bilim olishga о‘rgatmog‘i zarur. Bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, odob-axloqi muhim rol о‘ynaydi.

О‘QITUVCHI MAHORATI



  • О‘quv jarayonini tashkil eta olish

  • Bilish qobiliyatini boshqarish

  • Ishonchga kirish, ishontira olish

  • Texnologik mahorat

  • Ergashtira olish ma’naviy ishonchga kira olish

  • Nutq mahorati

  • Muloqotga kirishuvchanlik

  • Qalbga yо‘l topa olish

  • О‘quvchini yoshi, ichki imkoniya tiga moslik

  • Dо‘stona va samimiy munosabat

  • О‘quvchilarda ichki his-tuyg‘u va qiziqishni, mustaqil ta’lim olish kо‘nikmasini shakillantirish.


Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling