O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi


Download 172.5 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi172.5 Kb.
#209666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Oquvchilarning sanoat korxonalari va tarmoqlari haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish konikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: O’zbekistonning iqtisodiy kartasi, 8-sinf atlasi, kontur karta, proyektr

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik oyin texnologiyasi (konferentsiya)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: sanoat, sanoat tugunlari, sanoat rayonlari, sanoat punkti, sanoat markazi, ishlab chiqrish korxonalari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

II. Oquvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish

O’qituvchi ushbu darsni otishdan bir hafta oldin oquvchilarni 5ta guruhga ajratadi va ularga tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlari sohasida faoliyat korsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.

III. Yangi mavzuni organish: Oquvchilarning guruhi oqituvchining tavsiyasiga binoan oz mutaxassisliklariga tegishli bolgan quyidagi mavzulardan biri boyicha maruza tayyorlaydi.



  1. Sanoat korxonalari va tarmoqlari .

  2. Sanoat ishlab chiqarishni joylashtirish shakllari.

  3. Sanoat korxonalarining suv va energiyadan umumiy foydalanishi.

  4. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita aloqador korxonalarining ixtisoslashuv.

  5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yollari.

Har bir yonalish boyicha “olimlar” maqomini olgan oquvchilar ozlarigategishli mavzu boyicha korgazmali qurollar asosida qoshimcha materiallardan foydalangan holda maruza qiladilar. Maruzalar tugagach, oquvchilar ortasida oquv bahsi va munozara otkaziladi. Yangi mavzu boyicha oquvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash darslikda berilgan savollar va test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi.

IV. Darsni umumiy yakunlash.

V. Uyga vazifa berish.

Geografiya talim jarayonining muvaffaqiyati oqituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bolishi, zamon bilan hamnafasligi, oquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish konikmalariga bog’liq boladi. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini oqitishda, boshqa didaktik oyinlar bilan bir qatorda oyin mashqlardan oz orinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Oyin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va oquvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan oyinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Imkon shou” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur oyinlarda oquvchilar avvalo oz kuchi va bilimlarini sinab koradilar va yana ularning aksariyati shu oyinlar ishtirokchisi bolishni orzu qiladilar.

Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir oqituvchi oquvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun talim jarayonida shunga oxshash oyinlarni oz vaqtida otkazishi oquvchilarning bilim olishga bolgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. Quyida didaktik o’yinlarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz:

“Kim chaqqon” O’quvchilarni tez va xatosiz ravishda “K”,”O”, “T” yoki bosh harflari bor bo’lgan sanoat tarmoqlarini yozish topshiriladi. Masalan: Kimyo, to’qimachilik, ko’mir, yoqilgi, o’rmon, binokorlik sanoat turlari va x.k. Belgilangan vaqt ichida kim ko’p sanoat turlari nomini yozgan o’quvchi rag’batlantiriladi.

“Xatoni tuzat” mashqi. O’quvchilarga varaqda mavzuga doir qisqa matn beriladi. Matnda bir nechta xatoliklar bor. O’quvchi shu xatolarni tuzatishi lozim. Bunday mashqlar o’quvchilarni darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan o’qishga, xotirasida saqlashga o’rgatadi.

“Geografik lug’at” mashqi. O’qituvchi doskaga bir harf yozadi. O’quvchilar daftarlariga shu harf bilan boshlanuvchi atamalarni, mahsulot, xom-ashyo, qazilma resurslar nomlarini yozadilar.

“Eslab qol” mashqi. O’qituvchi 20-30 ob’ekt nomlarini aytadi. O’quvchilar daftarlariga xotirada saqlanib qolgan nomlarni yozadilar.

O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o’qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli talim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha sozdan olingan bolib, qism(blok) degan manoni bildiradi. Dars jarayonida modulli talim texnologiyalaridan foydalanishda o’tilyotgan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, yani modullarga ajratiladi va har bir qismni oquvchilar mustaqil ozlashtirishlari uchun oquv topshiriqlari tuziladi. Shu oquv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o`tkaziladi va xulosa chiqariladi.



Xulosa.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki,O’zbekistonda barcha sohalar kabi ta’lim sohasi ham rivojlanib borar ekan,ta’lim berishda turli xil yondashuvlar ham o’zgarib, rivojlanib bormoqda.Ta’lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirishda turli xil yondashuvlar paydo bo’lmoqda.Ta’limda moddiy baza ,standart,o’quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashmasin,kutilgan asosiy natijaga erishish,chuqur va puxta bilim berish,yuqori sifatdagi o’zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg’ulotlarni olib boruvchi o’qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga, pedagogik mahoratiga bog’lanib qolaveradi,o’quv-biluv markazida esa o’quvchi turmog’ini taqazo etadi.

Har qanday ta’lim o’quvchi shaxsiga,uning qiziqish, xohish-istagiga, ehtiyojiga qaratilmog’i talab etiladi.

Biz ana shu talabni turli xil yondashuvlardan kerakli vaqtda foydalana olsak,kutilgan natijalarga erisha olamiz.




Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling