O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


II bob. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitish texnologiyasi


Download 172.5 Kb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi172.5 Kb.
#209666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II bob. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitish texnologiyasi.

2.1. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar.

“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so’rash, yangi o’rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushiniladi. Ular jumlasiga “Keys”, “Insert”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, Venn diagrammasi, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag’i”, tezkor o’yinlar, o’yin mashqlarining turli shakllari va h.k kiradi[21]. Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o’rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert- lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’quv materialidagi asosiy g’oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo’llaniladi. O’quvchilarni insert yordamida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o’rganiladigano’quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O’quvchilar har bir abzatsni o’rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha o’zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman”-V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bo’lsa, u holda “Ma’qullayman”+, agar ma’lumotlar o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “o’rganish lozim”-, o’quvchilar o’quv materiallarini o’zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim”-? belgisini qo’yadi. Quyida insert jadvalini keltiramiz.



  • Abzatslar №

  • “Bilaman”-V

  • “Ma’qullayman”+

  • “o’rganish lozim” -

  • “Tushunmadim”-?

Dars jarayonida insertdan foydalanishning afzallik tomoni shundaki, avval kichik guruh a’zolari o’rtasida, so’ng kichik guruhlar bilan o’zaro o’quv bahsi o’tkazilishi, bahsda o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni to’ldirish, bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan o’qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi. Geografiya darslarida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida klasterdan foydalanish muhim o’rin tutadi. Klaster-cluster- ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yо‘li-barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bо‘yicha yangi о‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi[20]. Ushbu lokal texnologiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan va o’zlashtiradigan g’oya, qonuniyat va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishni anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib, tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klaster quyidagi tartibda tuziladi: o’rganilayotgan fan kursi mazmunidagi muayyan g’oya doska yoki qog’oz o’rtasiga yoziladi, so’ngra ushbu g’oya bilan bog’liq tushunchalar bir-biriga bog’liq xolati ko’rsatkich bilan belgilanib, tarmoq hosil qiladi. Klaster bitta bob yoki mavzu bo’yicha yaxlit tuzish o’quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g’oya yoki tushuncha o’rin oladi, masalan O’zbekiston sanoat tarmoqlari quyidagicha tuziladi:

  • Paxta tozalash

  • Yoqilg’i

  • konchilik

  • Yengil sanoat

  • Og’ir sanoat

  • O’zbekiston sanoat

  • mashinasozlik

  • metallurgiya

  • Undiruvchi sanoat

  • poyabzal

  • To’qimachilik

Klasterdan foydalaniladigan darslarda o’quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o’quv topshirig’ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so’ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o’zlari tuzgan klasterni himoya qilib,fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va oson tuzilgan klaster aniqlanadi, g’oliblar rag’batlantiriladi. Geografiya darslarida lokal darajada qo’llaniladigan texnologiyalardan biri Venn diagrammasi bo’lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djonn Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammaisi o’rganilayotgan mavzuning tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish va taqqoslashni talab etadi. O’zbekiston iqtisodiiy –ijtimoiiy geografiyasi kursining O’zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi mavzusida qishloq xo’jaligining mustaqillik yillarigacha bo’lgan davriga qadar muayyan vaqt taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan rivojlanishning ekstensiv yo’li, mustaqillikdan keyin esa intensiv xo’jalik yuritish yo’llarining o’xshash va farqli hamda samarali jihatlarini taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi tavsiya etiladi.

  • O’xshashligi

  • Ekstensiv yo’l

  • Intensiv yo’l

yoki Venn diagrammasi - dars jarayonida ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish, yoki taqqoslash, yoki qarama-qarshi qо‘yish uchun qо‘llaniladi. Bu usul o’quvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi. Geografiya ta’limi jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o’zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o’rin tutadi, shu sababli har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak. “Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bo’lib, ulardan o’qituvchi o’tgan mavzuni yakunlash, yangi o’rganilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli, lokal texnologiyalari guruhiga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur texnologiyadan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondashish mumkin: o’quvchilar kichik guruhga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsul’tant tayyorlanadi. Kichik konsul’tant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruhning a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o’quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishni yo’ki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to’g’ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to’plagan balini belgilaydi.

Keyingisi, o’quvchilar bob va mavzular mazmunidagi, tushuncha va atamalar ro’yhati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga ko’ra, o’zaro mantiqiy bog’langan zanjir klaster holiga keltirish talab etiladi. Masalan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi kursining aholi mavzusini oladigan bo’lsak, aholi, tabiiy ko’payish, tug’ilish, o’lim darajalari, mexanik ko’payish, migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya, jinsiy tarkib, milliy tarkib, yosh tarkibi, diniy tarkib, urbanizatsiya, mehnat resurslari, mehnat yoshi va x.k. ushbu yondashuv ko’p vaqtni talab etsada, samaradorligi yuqori bo’lib, o’quvchilarni mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini, rivojlantirish imkonini beradi. “Atamalar zanjiri”dan o’tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o’quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og’zaki holda mazmuni va mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq holda yangi atama qo’shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o’yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etiladi.

1-topshiriq. Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan juftlang.


  1. Ixtisoslashuv

  1. (hamkorlik) tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.

  1. Kooperativlashuv

B. Ishlab chiqarishning asosan bir hil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli.

  1. Sanoat

C. Ishlab chiqarish maqsadlari va texnologik jarayoni nisbatan bir xil bo’lgan va yaxlit boshqariladigan korxonalar guruhi.

  1. Majmua

D.Mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi

5. Ishlab chiqarish

E.Milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog’i.


  1. Tarmoqlar

G.Ishlab chiqarishni tashkillashning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan muhim shakli.

7.Mehnat resursi

I. Ishlab chiqarish jarayoni o’zaro bog’langan korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirish-bir shaharga yoki yonma-yon turgan shaharchalarga qurish oqibatida vujudga keladi.


  1. Sanoat tuguni

K. Moddiy ne’mat ishlab chiqaradigan barcha ishlab chiqarish korxonalari

Topshiriqning javobi: 1-B; 2-A; 3-E; 4-I; 5-S; 6-K; 7-G; 8-D.

Geografiya darslarida tezkor o’yinlar va o’yin mashqlaridan ham foydalanish muxim o’rin tutadi. Geografik diktant o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashga imkon yaratib, o’quvchilar bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli, barcha iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy geografiya kurslarida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda geografik diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursining “Aholi va inson omili” - Aholi manzillari” mavzusida quyidagi biologic diktantdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu geografik diktantning birinchi turida o’quvchilardan nuqtalar o’rniga mos keluvchi tushunchalarni qo’yish tavsiya etiladi. 1 -topshiriq:


  1. Aholi o’lganlar soniga nisbatan tug’ilganlar sonining ortiqligi hisobiga ko’payishi ………………- deyiladi.

  2. Aniq bir dastur asosida ma’lum bir vaqtda butun mamlakat aholisining hisobga olish-……………………

  3. Ko’p fuksiyali shaharlarning yonida yo’ldosh shaharlarning vujudga kelishi…………………. deyiladi.

  4. Aholining turli maqsadlarda bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi …………… deyiladi.

  5. Immigrantlar va emmigrantlar orasidagi farq ……………dir.

  6. ……………-bu ma’lum bir miqdordagi aholi to’plangan va asosan sanoat, transport, madaniy va ma’muriy-siyosiy vazifalarni bajaradigan odamlar yashaydigan joy.

  7. …………….-deb, mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarning o’sishi va shahar aholisi salmog’ining oshishiga, murakkab shaharlar shahobchalari, tizimlarining paydo bo’lishi va rivojlanishiga aytiladi.

  8. Aholi ko’payishining vaqt o’tgan sari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’zgarishi ………………deyiladi.

Geografik diktant javoblari:

1.Tabiiy ko’payish, 2.Aholi ro’yxati, 3.Aglomeratsiya 4. Migratsiya 5. Migratsiya sal’dosi 6. Shahar. 7. Urbanizatsiya, 8. Aholi soni dinamikasi

Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Oquvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan konikma va malakalarni egallagandan song, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni otkazishi, yani xususiy metodik darajada qollashi mumkin.

O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar.



Xususiy metodik darajada geografiya fanining barcha kurslarini oqitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida geografiya talimi mazmunini oquvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan oqitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushunilad. Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda oqituvchi organiladigan mavzuning talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida oquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning oziga xos xususiyatlari, darsda oquvchilarning bilishi lozim bolgan oquv topshiriqlari, oquvchilarning ozlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yollarini belgilashi lozim. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasini o’qitishda xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalardan didaktik o’yin texnologiyalari, modulli ta’lim texnologiyalari, hamkorlikdagi o’qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Geografiya talimi jarayonida didaktik oyinli texnologiyalar didaktik oyinli dars shaklida qollaniladi. Ushbu darslarda oquvchilarning bilim olish jarayonini oyin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Didaktik oyinli darslar orqali quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi: Talim-tarbiya berish; shaxsni rivojlantirish; oquvchilarni ijodiy faoliyatga yonaltirish; bilimlarni nazorat va tahlil qilish; kasblar bilan tanishtirish va kasbga yonaltirish; oquvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish. Dars jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida organiladigan didaktik oyin turlarida qaysidir funktsiya ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida o’quvchini rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova boladi, oyin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni toldiradi va h.k. Geografiya oqituvchisi didaktik oyinli darslarni otkazishga qizg’in tayyorgarlik korishi va uni otkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi maqsadga muvofiq: Didaktik oyinli darslar dasturda qayd etilgan mavzularning talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bolishi; jamiyatdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular oyin davomida hal qilinishi; odob-axloq meyyoriga mos kelishi; oyin tuzilishi mantiqiy ketma-ketlikda bolishi; darsda didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishish. Didaktik oyinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo oquvchilarning mazkur oyinlarga puxta va qizg’in tayyorgarlik korishlariga, oqituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog’liq. O’quvchilarning didaktik oyinga tayyorgarlik korish faoliyati quyidagilarni oz ichiga olishi: didaktik oyin maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish; muammoli vaziyatni anglash; muammoli vaziyatdan chiqishning eng samarali yollarini topish; har bir oquvchi ozi bajarishi lozim bolgan vazifalarni anglashi, oqituvchidan kerakli yoriqnoma va korsatmalar olish; ozaro hamkorlik, ozaro yordam va ozaro nazorat vujudga kelishi lozim. Didaktik oyinli darslarni oquvchilarning bilim olish va oyin faoliyatining uyg’unligiga kora syujetli-rolli oyinlar, ijodiy oyinlar, ishbilarmonlar oyini, konferentsiyalar, oyin-mashqlarga ajratish mumkin. Didaktik o`yinli darslar ichida konferentsiyadarslari muhim orin tutadi. Konferentsiya darslari oquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qoshimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash konikma va malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oqituvchi konferentsiya darsini otishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qoshimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni kozdan kechiradi. Mazkur dars otkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi elon etilib, unga tayyorgarlik korish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. elon qilingan didaktik oyinli darsda “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir oquvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha maruza tayyorlash oquvchilarning ihtiyorida boladi. Darsga tayyorgarlik davrida oqituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yollovchi oqituvchining muloqot madaniyati, ozaro yordami oquvchilarning darsga qizg’in tayyorgarlik korishning muhim omili sanaladi.

Ilmiy konferentsiya darsini quyidagicha otkazish tavsiya etiladi:



  1. Oqituvchining kirish sozi. Bunda oqituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.

  2. Ilmiy maruzalarni tinglash “Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan maruzalarini korgazmali qurollar asosida bayon etadilar.

  3. Maruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa oquvchilar ortasida mavzu yuzasidan bahs, munozara otkaziladi.

  4. Ilmiy konferentsiya yakuni. Oqituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni takidlab, yakunlaydi.

  5. Oquvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan oquvchilar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.

Uyga vazifa berish.

Darsni umumiy yakunlash.

Quyida “Sanoatni hududiy tashkil etish hamda joylashtirish shakllari” mavzusida otkaziladigan ilmiy konferentsiya darsining loyihasini ko’rib chiqamiz.


Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling