kiritish, o„tkazish, bayon etish so„zlarini qo„llagan. “Shayx Nizo-
miyning “Haft paykar” otlik kitobini… tarjima qilib, turkiy lafzig„a
kirguzmak xizmatini buyurdilar” yoki:
Bu nusxa tarjimasig„a ochib til,
Iboratini turkiy masnaviy qil, yoxud:
Turk alfozi birla ayla bayon…
Hozirgi kunda ham tarjima so„zining o„girish, ag„darish,
o„tkazish kabi ma‟nodoshlari qo„llanadi. Tarjima o„rnida ba‟zan
o„girma ham deyiladi.
“Tarjima tushunchasining ma‟nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi
tilga badiiy adabiyot: she‟r, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-
tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar, diplomatiya
hujjatlari, rasmiy qog„ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiq-
larning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda so„zla-
shuvchi, “tilmoch”ning xizmatiga muhtoj bo„lgan kishilarning suhbat-
lari tarjima qilinadi, kinofilmlar o„giriladi... Tarjima til bilgan har
qanday kimsa ham shug„ullansa bo„laveradigan yumush emas, balki
fan va san‟atdir. Uning o„z qonun-qoidalari mavjud” (G„.Salomov).
Tarjimashunos V.Rosselsning fikricha: “Chet tillar hozirgiga qaragan-
da hatto ancha durustroq o„qitila boshlansa va badiiy asar o„zga tilda
so„zlovchi kishilarga xuddi o„z ona tilidagidek tushunarli bo„lgan
taqdirda ham, tarjimonlarga ehtiyoj aslo kamaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |