Tarjima (arabcha: bir tildan ikkinchi bir tilga ag„darish; o„girish,
izohlash, sharhlash) – muayyan bir tilda og„zaki yoki yozma ravishda
bayon qilingan fikrni boshqa til vositalari bilan qayta ifodalash.
Tarjima so„zi tarjimon so„zidan hosil bo„lgan, tarjimon so„zi esa
forscha tarzabon so„zidan kelib chiqqan. Ma‟lumki, qadimda O„rta
Osiyo va Eron xalqlari orasida notiqlik san‟ati juda rivojlangan.
Notiqlarni esa tarzabon deb ataganlar. Tar – fors tilida yangi, shirali,
tarovatli, nozik, latif kabi ma‟nolarni bildiradi. Zabon – til degani.
Tarzabon – notiq, chiroyli gapiruvchi, so„z ustasi, yangi va o„tkir
so„zlarni aytuvchi demak. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyo-
qarash, notiqlik mahoratiga ega bo„lishdan tashqari, bir necha tillarni
ham bilganlar va o„z nutqlarida ulardan foydalanganlar.
Arablar kirib kelganlaridan keyin ijtimoiy hayot, madaniyat, fan
va boshqa sohalarni o„z ta‟sirlariga olganlari kabi, ko„pgina so„zlarni
ham o„zlashtirib, arab tili qoidalariga bo„ysundirganlar. Jumladan,
tarzabon so„zi ham arabcha talaffuzda “tarjamon” (yoki “tarji-
mon”)ga aylanadi. Shundan keyin u arab tilining so„z yasalish qonu-
niga bo„ysunib, undan yangi masdar (o„zak), fe‟l va otlar hosil qilin-
gan. Masalan: tarujama, tirijama, tarjama, mutarjim, mutarjimun.
Shunday qilib, tarjimon – tarzabon so„zining arabcha tarjimasi
bo„lsa, tarjima tarjimon so„zidan kelib chiqqan. Tarjima o„tmishda
hozirga ma‟nosidan tashqari, bayon etish, tushuntirib berish, matn-
Do'stlaringiz bilan baham: |