O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Tatabbu‟ (arab. − erganish, izdoshlik) − salaflar yoki zamondosh
shoirlarning asarlaridan ta‟sirlanib, ulardagi vazn, qofiya, radifni saq- lagan holda, o„sha mavzu va g„oyani davom ettirib, rivojlantirib yozi- ladigan asar. Alisher Navoiy “Xamsa”si ham buyuk salaflariga tatabbu‟ bo„lib, “Hayrat ul-abror” − Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”, “Farhod va Shirin” − Amir Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav”, “Layli va Majnun” − Xoju Kirmoniyning “Gavharnoma”, “Sab‟ai sayyor” − Ashraf Marog„iyning “Haft paykar”, Saddi Iskanda- riy” − Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” dostonlariga 172 nazira tarzida bitilgandir. “Lison ut-tayr” esa Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” masnaviysiga tatabbu‟ tarjimadir. Tafsir (arabcha: sharh, izoh, matnning ma‟nosini ochish) – biror matn yoki asarni har tomonlama keng va chuqur, mukammal sharh- lash. U ko„proq diniy, ilmiy, falsafiy, tasavvufiy asarlarga yozilgan. Sharh esa asosan badiiy asarlarga nisbatan ishlatilgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino Aristotelning “Metafizika” asarini qayta-qayta o„qisa-da tushunmaydi. Kitob hatto yod bo„lib ketadi-yu, lekin ma‟no-mazmuni ochilmay qolaveradi. Abu Nasr Forobiyning unga yozgan sharhi orqa- li asar mohiyatini anglab yetadi. Qur‟oni karim suralarining sharhiga bag„ishlangan “Tafsiri hilol”da avval oyatlar arab tilida keltiriladi, keyin uning tarjimasi beriladi, shundan so„ng sharhlashga o„tiladi. Sharqda tafsir yozish keng tarqalib, alohida ilmiy yo„nalish ko„ri- nishini olgan. Xususan, Qur‟oni karim va Hadisi sharifga, boshqa diniy asarlarga tafsir yozuvchi mufassirlar yetishib chiqqan. Abu Mansur Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Mahmud Zamaxshariy, Faxriddin Roziy, Mahmud Nasafiy kabi vatandoshlarimiz shular jumlasidandir. Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg„oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Faxriddin Roziy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag„miniy, Qozizoda Rumiy kabi ko„plab olimlar Arastu, Aflotun, Jolinus, Suqrot, Buqrot kabi antik davr olimlari asarlarini tarjima qilib, ularni tushuntirish uchun tafsirlar yozganlar. Bu tafsirlarning o„zi alohida tadqiqot xarakterida bo„lgan. Sharqda ilm-fan rivoji shunday borgan: olimlar o„zlarigacha yaratilgan asarlarni tarjima qilganlar va sharhla- ganlar, ularning yutuq va kamchiliklarini ko„rsatganlar, shundan keyingina o„z qarashlarini ilgari surganlar. Ilm-fan rivojining bu o„zi- ga xos sharqona usulining asl mohiyatini tushunmagan G„arb tadqi- qotchilari Sharq allomalarini yoppasiga sharhnavisga chiqarganlari- ning sababi shunda. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling