O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
O„zbek tarjimachilik tarixini davrlashtirish
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
O„zbek tarjimachilik tarixini davrlashtirish – O„zbek tarjima
tarixini davrlashtirish ilk bor J.Sharipov tomonidan amalga oshirilgan edi. Albatta, bu mukammal tasnif bo„lmay, mavjud ma‟lumot va mate- riallarga asoslanilgan edi. U quyidagicha: − XII-XIV asrlarda yaratilgan tarjima asarlari; − XV asrda tarjima qilingan asarlar; − XVI asrda tarjima qilingan asarlar; − XVII-XVIII asrlardagi tarjimalar; − XIX asrning birinchi yarmida tarjima qilingan asarlar; − XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida arab va fors-tojik tilidan tarjima qilingan asarlar. J.Sharipov o„tmishda amalga oshirilgan tarjimalarni tillar (arab, fors-tojik, turk) va sohalar (tarixiy, ilmiy, falsafiy, badiiy), tarjima mak- tablari (Xorazm, Toshkent, Buxoro, Farg„ona), toshbosmada nashr qilingan tarjima asarlar, inqilobgacha rus tilidan qilingan tarjimalar, vaqtli matbuot sahifalaridagi tarjimalar nuqtai nazaridan ham o„rganadi. Keyingi davrdagi izlanishlar natijasida qo„lga kiritilgan ma‟lu- motlar IX asr o„rtalaridayoq turkiy adabiyotda tarjimachilik vujudga 175 kelganini ko„rsatadi: toxar, xitoy, so„g„d, sanskrit tillarida yaratilgan mashhur asarlar turkiyga o„girilgan. Jumladan, Sharq dramaturgiyasi- ning ilk namunalaridan bo„lgan “Maytri simit no„m bitig” (“Maytri bilan uchrashish ulug„ kitobi”) VIII-IX asrlarda sanskritchadagi tarji- masi asosida toxar tilidan tarjima qilingan (Bu bilvosita tarjimaning dastlabki namunalaridan biri sifatida ham diqqatga sazovor). Olim va tarjimon Singku Seli Tutung IX asr oxiri – X asr boshlarida buddaviy- likning maxayana mazhabi qonunlaridan iborat “Oltin yoruq” asarini, X asrda tan sulolasi davrida o„tgan Syu‟an‟-szanning “Syunszan kech- mishi” safarnomasini turkiyga o„tkazadi. Shundan keyingi XIV asrgacha bo„lgan tarjimachilik arab va fors tillari bilan bog„liq. 1340-yilda Qutb Xorazmiy Oltin O„rdada Nizo- miy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonini, 1391-yilda Sayfi Saroyi Misrda Sa‟diy Sheroziyning “Guliston” pandnomasini “Gulis- ton bit-turkiy” nomi bilan tarjima qilib, chin ma‟nodagi o„zbek tarji- machiligini boshlab berdilar. XV asrda Lutfiy mashhur muarrix Sharafiddin Ali Yazdiyning Amir Temur yurishlari haqidagi “Zafarnoma” nomli tarixiy asarini she‟riy tarjima qilishga kirishib, 10 ming bayt atrofida tarjima qilgan − tarjima nihoyasiga yetmagan. Bu davr tarjimachiligining ham zabardast namoyandasi Alisher Navoiy hisoblanadi. U Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” taz- kirasini ba‟zi o„zgarishlar, qisqartirish va qo„shimchalar bilan “Naso- yim ul-muhabbat” nomi bilan o„zbekchalashtiradi. Ustozining yana payg„ambar hadislari asosida yaratgan 40 hadisning nazmiy talqinidan iborat “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) degan to„rtliklar majmuasini “Arba‟in” nomi bilan tarjima qiladi. Hazrat Alining hikmatlari asosida yaratilgan 255 ruboiyni o„z ichiga olgan “Nazm ul-javohir” ruboiylar majmuasini bitadi. XVI asrda Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur Xoja Ahror Valining “Volidiya” risolasini she‟riy tarjima qiladi. Shayboniylardan Ko„chkinchixonning buyurtmasiga ko„ra buxo- rolik Muhammad Ali bin Darvesh Ali Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sini o„zbekchalashtiradi. Abdullaxon davrida “Hadoyiq ul-islom” (“Islom bog„lari”, tarjimoni noma‟lum) va “Tafsiri Ya‟qub Charxiy (tarjimon Hoji Hamadoniy) asarlari o„girilgan. 176 XVII asrda Xomushiy Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sining nasr va nazm aralash qisqartirilgan tarjimasini amalga oshiradi. Fig„oniy “Kalila va Dimna”ni tarjima qiladi. XVIII asrda Husay Voiz Koshifiyning “Ravzat ush-shuhado” (“Shahidlar bog„i”) asari Sobir Sayqaliy tomonidan erkin usulda o„zbek- chalashtiriladi. Muhammad Temur “Kalila va Dimna”ning Husayn Voiz Koshifiy “Anvori Suhayliy” (“Suhayliy nurlari”) nomi bilan forschaga ag„dargan nusxasi asosidagi tarjimasini amalga oshiradi. “Chor darvesh” asari uch marta − Yorkentda (tarjimon Siddiq), Buxoroda (Xomushiy tomonidan she‟riy) va Xorazmda tarjima qilinadi. XIX asr birinchi yarmida Farididdin Attorning “Pandnoma” asari “Nasihatnoma” nomi bilan, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns”, Navbahoriyning “Durr ul-majolis” (tarjimon mulla Rahmonquli qori), “Maqomoti xo„ja Zayniddin” (tarjimon Abduxalil), Shayx Inoyatulla- ning “Bahori donish” (tarjimon Nurmuhammad Buxoriy), Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” (tarjimon Xudoyberdi so„fi Xivaqiy), Kotib Chalabiyning “Jahonnamo” (tarjimon Mirbadal Boysuniy), “Hiko- yat us-solihin” (tarjimon Tolibxo„ja), “Qissai Mirzo Hamdam” asarlari tarjima qilingan. Umuman, XIX asr boshidan XX asr boshlarigacha xorazmda 120 ta asar tarjima qilingan. Ularning 26 tasi adabiy, 24 tasi tarixiy, qolganlari turli fanlarga oid kitoblar, falsafiy va didaktik risolalardir. XX asr o„zbek tarjimachiligi tarixining oltin sahifalarini tashkil eta- di. O„tgan asrda asosan rus tili orqali jahon adabiyoti durdona asarlari- ning asosiy qismi tilimizga o„girilib, ularning ko„pchiligi milliy adabiyo- timiz xazinasidan mustahkam o„rin egalladi. Albatta, arab, fors, hind, tojik kabi Sharq, turk, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirg„iz, turkman, qora- qalpoq kabi qardosh tillardan ham ancha tarjimalar amalga oshirildi. Mustaqillik davri tarjimachiligining eng muhim xususiyatlaridan biri bu − bevosita tarjimaga e‟tibor va rag„batning kuchayishidir. Bu davrda arab, fors va qardosh tillardan tarjima qilish ko„lami kengayib- gina qolmay, birinchi marta yapon, xitoy, koreys, ispan, malay, indonez tillaridan tarjimalar qilina boshladi. Ingliz, nemis, fransuz tillaridan bevosita tarjimalar ham tobora ko„payib bormoqda. Shunday qilib, Xorazm tarjima maktabi, Sho„ro davri tarjimachiligi va Mustaqillik dav- ri tarjimachiligini o„zbek tarjimachiligi taraqqiyotining alohida bosqich- lari sifatida ko„rsatish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling