Tarjimon uslubi − muallif uslubi bilan omuxta holda namoyon
bo„ladigan o„ziga xos uslub ko„rinishi. Zero, badiiy tarjima ikki uslub-
ning birikishidan hosil bo„lgan yangi adabiy hodisadir. Tarjimon, agar
u muallifga, asl nusxaga sodiq qolmoqchi bo„lsa, agar sehrini o„z
kitobxoniga yetkazmoqchi bo„lsa, bu san‟atni o„zining ijodi, san‟ati
zaminida yangidan yaratishi kerak.
Tarixiy kolorit − muayyan tarixiy davr manzaralari, o„sha davr-
dagi ijtimoiy va madaniy hayot, kishilar turmushining tarixiy asarlar-
dagi tasviri. Masalan, O.Yoqubovning “Ko„hna dunyo” romanida X-
XI asrlardagi g„aznaviylar davri manazaralari, o„sha zamonda yashab
ijod etgan qomusiy allomalar Beruniy va Ibn Sino hayoti va faoliyati
yoritilsa, “Ulug„bek xazinasi”da XIV-XV asrlardagi temuriylar hukm-
ronligi, o„sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayot, buyuk olim
Mirzo Ulug„bek hayoti va faoliyati aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |