Izohli tarjima – o„quvchiga tushunarli bo„lsin uchun tarjimada
ba‟zi so„z va tushunchalarni izohlab ketish. Asliyat o„quvchisiga
shundog„am tushunarli bo„lgan so„z, tushuncha yoki tashbeh tarjima
o„quvchisiga yetarli darajada tushunarli bo„lmasligi mumkin. Shuning
uchun bunday hollarda tarjimonlar ba‟zida qo„shimcha izoh berib
o„tadilar.
Muallif tarjimasi – asliyatning muallifning o„zi tomonidan amal-
ga oshirilgan tarjimasi. Masalan, Sadriddin Ayniy bir qator asarlarini
avval o„zbek tilida yozib, keyin tojik tiliga tarjima qilgan. “Buxoro
jallodlari”, “Odina”, “Sudxo„rning o„limi”, “Qullar” asarlari, “Esda-
liklar”ning birinchi qismi shular jumlasidandir. O„z asari bo„lgani
uchun tarjima jarayonida muallif-tarjimon ularga bir qancha o„zgarti-
rishlar ham kiritgan – ularni biz ayrim lavhalar va detallarning qisqar-
tirilgani yoki qo„shilgani, ayrim detallarning tojikcha ekvivalentlari
qo„llangani, o„zbek xalq qo„shiqlari tojik xalq qo„shiqlari bilan al-
mashtirilgani, abzaslar qisqartirilgani, jumlalar qurilishi va badiiy tas-
vir vositalarining tahrir qilingani va boshqalarda ko„ramiz. Atoqli qir-
g„iz adibi Chingiz Aytmatov ham qirg„iz tilida yozilgan ilk asarlarini
dastlab o„zi rus tiliga tarjima qilib, keyin bevosita rus tilida ijod
qilishga o„tgan.
Muqobil (arabcha: qarshi, zid) – bu so„zning javob bo„luvchi,
javoban amalga oshirilgan; teng, barobar, to„g„ri keladigan ma‟nolari
ham bor. Tarjimashunoslikda bu so„z aynan teng, barobar; mos,
muvofiq ma‟nosida qo„llanadi. Adekvat tarjima ba‟zida muqobil
tarjima deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |