TARJIMA TARIXIGA OID TERMINLAR LUG„ATI
(GLOSSARIY)
Adekvat tarjima (lotincha: tenglashtirilgan, teng, muvofiq,
muqobil) – asl nusxaga har jihatdan muvofiq, uni to„liq aks ettiruvchi,
unga shakl va mazmun jihatidan mos keluvchi, muallif uslubi
saqlangan tarjima.
Akademik tarjima – “asliyatni ilmiy tadqiq qilish maqsadida
amalga oshirilgan tarjima. Bunda asliyatning mazmunigina saqlangani
holda, shakli e‟tibordan chetda qoladi. She‟riy asarga xos qofiya,
turoq kabi hodisalar alohida e‟tibor bilan tiklanmaydi” (Q.Musaev).
Asliyat – tarjima uchun asos bo„lgan asar, original. Lekin bu ta‟rif
bevosita tarjimaga taalluqli bo„lib, bilvosita tarjima uchun uning
boshqa tildagi tarjimasi, ba‟zida hatto tarjimasining tarjimasi ham
asliyat vazifasini bajaradi.
Badiiy matn − nasriy, she‟riy, dramatik va publitsistik asarlar
matni. U boshqa matnlardan tilining ifodaviyligi va ta‟sirchanligi
bilan ajralib turadi. Badiiy matn − san‟at namunasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |