159
Andin so„rabdurlarkim: “Nima sababdin ul o„z shogirdlarig„a qattiq
muomila qiladur?” – deb. Ul javob beribdurkim: “Tabiblar kasallar
birlan shul tariqa muomila qiladurlar”, deb.
Ul aytgon ekonkim: “Xushomadchilarning qo„lig„a tushgondin
ko„ra burgutning changalig„a tushgon yaxshiroqdur”, zeroki, burgut
o„lumturuklarnigina nobud qiladurlar, ammo xushomadchilar tiriklarni
nobud qiladurlar”, deb. Shul sabab din, ko„p odamlar ani tavsif qilg„on-
larini eshitib so„rabdurkim: “Men nima yomon ish qildim?”. Bir martaba
ul donishmandning oshnosi yodovar daftarini yo„qotib yig„lag„on ekan.
Antisofen aytibdurkim: “Ulug„ ishlarni daftarg„a emas, dil lavhig„a
yozmoq kerak, ul vaqtda yo„qolmaydur”, deb. Temurni zang yegondek,
hasad odamlarni o„z hasadlari yeb qo„yadurlar. Har kim o„lmaslikni
xohlasa, parhezkor bo„lmog„i kerak.
Bir martaba ani shikoyat qilubdurlarkim: “Ul goho yomon odamlar
birlan so„zlashur”, deb. Ul aytibdurkim “Agar tabib kasal odamdin
ehtiyot qilsa, aning kasali yuqmaydur”. Boy odamning ehsonsizlig„i –
to„y qilib sukut o„lturub, so„zlashmong„a o„xshaydur. Rohat sharbatini
ichmoq mehnat tashnaligidin ilgari emas, keyin lozimdur. Ko„p bahs
qilg„uchilarni
bahs birlan emas, nasihat birlan qaytarmoq yaxshiroqdur.
(1887 yil, 31 yanvar)
Do'stlaringiz bilan baham: