O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Burung„i zamondog„i yunon donishmandi Demokritning so„zlari Ahmoq odam tamomi umri ichinda hech nimaga o„rganmay, yaxshi ishni yomong„a aylanturar. Har bir xayr ishlarni o„ylamoq katta rohatdur. Ko„p huzur ko„rgon odamning oxiri g„am bo„lur. Ko„pni xohlag„on odam aksar o„zidog„i bor nimadin ajrab qolar; ko„pini xohlamag„on odamning oz nimasi ham ko„pning o„rnida o„tar. Hosid odam o„z-o„ziga dushman yetkurgondek, g„am yetkurar. Kambag„al odamg„a hech kim hasad qilmaydur. Har kim salomatlikni xohlaydur, muning iloji ortiqcha yemak va ichmoqdin o„zini saqlamoqdur. Oqil odam o„z pulini xayr ishlarg„a iste‟mol qiladur; ahmoq odam – o„z huzurina sarf qiladur. Insofsizlik birlan biror nima hosil qilmoqni o„ylag„on odam shul zamon o„z insofidin ajraladi. Kim ko„p oqilman deb o„ylag„on odamg„a nasihat qildi o„zini ortiqcha mehnatga soldi. Pulg„a hirsi ko„p odam har vaqtda adolat mevasidin benasib qoladi. (1885 yil, 23 avgust.) Chidolmaydurg„on xafalikni yaxshi fikrlar va g„ayrat bilan quva- lab yuborg„il. 153 O„z-o„zining nafsig„a g„olib kelmoq borib turg„on bahodirlikdur; o„z nafsig„a kuchi yetmaslik borib turg„on yomon ishdur. Agar odam bir ishginaning qasdida bo„lsa, ul odam boshqa ishlar xususinda ko„r bo„lib qolg„usidur. Odat qilmoq bilan har qandoq mehnat yengil bo„ladur. O„z aybini unutg„on odamning ayblik ish qilmoqqa jur‟ati yangidan ko„p bo„ladur. Yomon ishni qilma va ham yolg„uz bo„lg„on vaqtda ham xayolingga olma. Har kim uyotliq ish qilsa, hamadin ilgari o„z-o„zini uyoltirmoq kerak; birovni uyoltirmoqqa sa‟y qilg„uncha, o„z-o„zingni uyolturg„il. Chiroyliq so„z bilan yomon ishni yopub bo„lmaydur. Yaxshi ishni yomon so„z birlan bulg„otib bo„lmaydur. Yomon odamlarg„a taqlid qilmoq, yomon va yaxshi odamlarg„a taqlid qilmoqni xohlamaslik yomondur. Maqtamoqliqqa mustahiq emas ishni maqtamoq qiyin emas va shikoyat qilmoqqa mustahiq emas ishni shikoyat qilmoq qiyin emas. Oqil odam yomon odamlarning shikoyat qilg„onlarig„a quloq solmaydur. Ablah odamning chiroylilig„i hayvon chiroylig„ig„a o„xshaydur. Ablahni maqtamoq anga zarar kelturadur. Rost so„zni aytmoq lozim bo„lg„on vaqtda jim turg„ondin ko„ra yaxshiroqdur. (1885 yil, 7 sentabr). Bolaning bolalik vaqtida yaxshiliqqa o„rgatmaslik borib turgan zarardur. Tamomi narsalarni bilmoqda taraddud qilib asliga yetib bilmagandin ko„ra, oz narsani tegi birlan bilmoq yaxshiroqdur. Boshqa odamlarg„a shikoyat qilg„uvchi – do„stlikka yaramaydur. Ko„p odamlar do„st ko„rinmasalar ham do„stdurlar. Arqonni qilich kesgandek, tuhmat – do„stlarni bir-biridin ajratur. Yaxshiliq qilmoqqa qodir bo„lsang, ani kechikturmag„il. Ko„p va‟da qilib bermag„ondin, ozgina bermoq yaxshiroqdur. Ozgina yaxshiliqni o„z vaqtida olmoq katta yaxshiliq barobaridur. Ko„p odamlar o„zlarining do„stlari kambag„al bo„lg„on vaqtda qochib ketadurlar. Davlat ittifoqliqdadur, bedavlatlik noittifoqliqdadur. 154 Har bir nizom va qoidadin g„ursi odamzod saodatidur, agar har kim o„zi to„g„ri bo„lsa, nizom va qoida alarg„a hech bir halal bermay- dur va agar har kim nizom qoidag„a muxolif ish qilsa, ango tarbiya va jazo bermoq lozimdur. Yigitlarda kuch va chiroy bo„ladur, ammo qarilarda donish ko„p bo„ladur. Har qandoq qari odam ilgari yigit bo„lg„ondur va lekin har bir yigitni qari bo„ladur deb aytib bo„glmaydur. Shuning uchun qari odamlarni izzat qilmoq yigitlarni izzat qilg„ondin yaxshiroqdur. (1885 yil, 30 sentabr). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling