O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Burungi zamonda o„tgon Pifagor degan yunon donishmandning
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Burungi zamonda o„tgon Pifagor degan yunon donishmandning
so„zlari Ul donishmand o„zining shogirdlarig„a nasihat beribdurkim, sizlar madrasadin uylaringizga kelgan vaqtlarda o„ylanglarkim, mudarris- ning qaysi bir amrini bajo kelturmadim va nima qildim va nima qilmadim deb. Birov bilan so„zlashgan vaqtda shul tariqa so„zlashmoq kerakkim, dushman do„st bo„lub qolsun va do„st dushman bo„lub qolmasun; adolat haddidin tashqari qadam qo„ymag„il va do„stlardin besabab kechib ketmag„il. Xafalik odam besabab kulmaydur. G„azab kelgan vaqtda so„zlamoq va harakat qilmoq kerak emas- dur, mazkur donishmand odamzod umrini har yildog„i to„rt fasl, ya‟ni yoz va qish va ko„klam va kuzga qiyos qilibdur. (1885 yil, 9 noyabr). So„zlasang yaxshi so„znigina so„zlag„il, bo„lmasa xab o„lturg„il. Yaxshi odamlar bor shahar shaharlarning yaxshirog„idur. Xushomad asbob suratg„ag„ina o„xshaydur va lekin hech bir foy- da keltura olmaydur. Donishmandning aqli oltundek vazmindur. Yaxshi so„z–sog„ odamg„a rohat va kasalg„a ionatdur. Ezma odamning ko„p so„zlag„oni, qaldirg„ochning chirillag„oni- dek, suhbatni bemaza qiladur. Otaning ta‟ziri o„g„ulg„a shirin doruvdekdur. 155 Yaxshi kiyim kir bo„lg„ondin keyin yuvish birlan ketsa va yana kir bo„ladur, ammo ko„ngilning johilini bir martaba ilm suyi birlan yuvilsa, hech vaqt kir bo„lmaydur. Yer har yilda bir marta hosil beradur va ammo do„stlik har vaqtda hosil beradur. Harflarni bilmag„on bolalar har vaqtda bir harfni o„rnig„a boshqa- ni aytib yuboradur, tarbiyat topmog„on odam bir ishning o„rnig„a bir ishni aralashtirub yuboradur. Besabot do„stning nasihatig„a kirmoq oltun kosada zahar ichgon barobaridur. Yetim boladan ko„ra ahmoqlar uchun vasi qilmoq ko„proq kerakdur. Oftob ravshanligini bulut tutg„ondek, aql nurini nafsi yopadur. (1885 yil, 30 noyabr). Yonib turg„on o„tni kiyim birlan yopmoq mumkin emas, katta gunoh zamon o„tishi bilan yo„qolmog‟i mumkin emas. Asal jarohatg„a surulsa achitgondek, salomat ichga kirsa rohat yetkurgondek, donishmandlarning so„zlari oqil odamlarg„a manfaatlik va marg„ubiyat hosil qiladur, ablah, odamlarg„a og„riq paydo qiladur. O„z birodarlarini tashlab, boshqa do„stlar izlagon odam o„z yerini tashlab, boshqalarning yerini obod qilg„ondekdur. Oltunni zang yopmaydur va mitqi odamg„a ayb yopishmaydur. Fosiq boy bo„lg„oncha mitqi kambag„al bo„lg„on yaxshiroqdur. Yomon jarohatni ko„payib ketmasligi uchun kuydurgoni yaxshiroqdur. Noinsof odamni tezroq o„lgoni yaxshiroqdur. Behuda so„z atgondin ko„ra, tosh otmoq yaxshiroqdur. Qilichdin yetgan jarohat, tildin yetgon jarohatdin yengilroqdur. Nechukkim, qilich badanni va ammo til ko„ngulni majruh qiladur. Biror so„zni aytmasdin, biror ishni o„ylamasdin etmag„il va qilma- g„il, nechunkim, aytg„on so„zni va qiling„on ishni qaytarib olmoq sening ixtiyoringda emasdur. Ahmoq odamning maxtamog„i va shikoyati hech bir nimaga arzimaydur. Ahmoq odamlarning johiliga chidamoq borib turg„on ulug„ ilmdur. 156 Havo va havas odamizodni zolimlardek taxt ta‟rifig„a oladur va ani qul qiladur. Biror katta ishni qilmoqchi bo„lsang, qilmasdin ilgari aytmag„il, hamadan ko„proq shulkim, o„z tilingni tutmog„ingdur. Nechukkim ko„p so„zlamoqda odat qilg„ondin so„ng ul adadni tashlamoq qiyinroqdur. (1885 yil, 14 dekabr). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling