O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
Suqrotning so„zlari 
Odamning yomoni shuldurkim, biror odamni tahqir qiladur. 
Xavfsiz odam shuldurkim, biror ma‟siyati bo„lmasa. 
Har qandoq odamg„a biror sirni yoshurmoqdin tilining ustida o„t 
qo„yub  turmoq  osonroqdur.  Podshohliq  mamlakatning  borib  turg„on 
yaxshisi uldurkim, noinsoflar jazosiz qolmasa. 
Bir  martaba  bir  odam  Suqrotg„a  aytibdurkim;  “Men  sendin  inti-
qom  olmag„uncha  o„lmasman”,  deb.  Ul  javob  berub-durkim:  “Men 
ham seni o„zimg„a do„st qilmag„uncha o„lmasman”, deb. 
Saodatlik odam shuldurkim, yaxshi fikr va farosatning egasidur. 
Farosatlik odam hech kimni balog„a qoldirmaydur. 
Farosatsiz yaxshilik bekor ishdur. 
O„z  molingni  shul  tariqa  sarf  qilg„ilkim,  birovning  molig„a  ko„z 
tikkudek holg„a yetib qolmag„il; ko„p odamlar bordurkim, o„z molini 
sarf qilib, birovnikig„a qo„l soladurlar. 
Birovning so„zidin o„zungning ko„zungga ko„proq ishong„il. 
Yaxshi  xotun  eri  uchun  o„lmoqqa  xursand  bo„ladur  va  yomon 
xotun erini o„ldurmoqg„a xursand bo„ladur. 
Agar  biror  jamoatda  so„rasalar:  “Munda  o„lturg„onlardin  bular-
ning  ichinda  etikchi  yo  tikuvchi  yo  misgar  kimdur?”  deb,  alargina 
o„zlarini  ko„rsatmoq  uchun  o„runlaridin  turar  erdilar.  Va  agar:  “Bul 
jamoat ichidin kim insoflik va farosatlik?” – deb so„rasalar, ul o„ltur-
g„onlardin biri qolmay hammasi o„rinlaridin turar erdilar. Zeroki, bul 
dunyoda  ko„p  odamlar  insoflik  va  farosatlik  bo„lmasalar  ham,  aksari 
o„zlarini ul sifatlarg„a mutaassif xayol qiladurlar. 
Bir marta Suqrotni bir yomon odam ayog„i birlan tepgon ekon va 
ul  sabr  qilib,  mutlaqo  indamabdur,  bir  boshqa  odam  Suqrotning  bul 
tariqa yomon haqoratni ko„rub, hech bir xayolg„a olmag„on sababdin 
hayron  bo„lushig„a  ul  donishmand  aytibdurkim:  “Agar  meni  biror 
eshak tepsa erdi, men oni hokimga olib borur edimmu?” deb. 


 
157 
Bir martaba ul aytgondurkim: “O„z qo„ylarining qancha ekonligi-
ni  aytmoqqa  yaraydur,  ammo  har  kim  o„z  do„stini  qancha  ekanligini 
etmoqg„a  yaramaydur,  zeroki,  do„stlarning  adadini  esda  saqlamoq 
qiyin  ishdur”.  Bir  martaba  andin  so„rabdurlarkim:  “Yigitlar  uchun 
sifotning  yaxshisi  nimadur?”  deb,  ul  javob  beribdurkim:  “Har  bir 
to„g„rida ziyoda bo„lmaslikdur”, deb. 
Bir  martaba  bir  necha  boy  odamlarni  o„zi  kechqurun  ziyofatga 
taklif  qilibdur,  aning  xotuni  aytibdurkim:  “Bizda  ul  mehmonlarg„a 
loyiq  ziyofat  yo„qlig„idin  men  uyolaman”,  deb;  Suqrot  aytibdurkim: 
“Betinch bo„lmagil, zeroki, agar mehmonlar mechkay odam bo„lmasa-
lar,  alar  biz  bechoraning  qilg„on  ziyofatig„a  qanoat  qiladurlar;  agar 
alar  mechkay  bo„lsalar,  ul  tariqa  odamlarning  xususida  o„ylamoqg„a 
arzimaydur”,  –  va  yana  ul  aytibdurkim:  “–Ba‟zi  odamlar  maxsus 
yemoq,  uchun  umr  o„tkoradurlar.  Lekin  men  o„zum  umr  o„tkarmoq 
uchun yeydurman”. 
Suqrotning bir shogirdi ango aytibdurkim: “Sening mengo bergon 
ta‟liming  uchun  o„zumdin  boshqa  hech  bir  haq  berolmayman”,  deb. 
Suqrot  javob  beribdurkim:  “Menga  qandoq  azim  haqni  bergoningni 
fahmlamaysendur”, deb. 
Bir martaba Suqrotg„a aytibdurlarkim: “Bir odam seni yomonlay-
dur”, deb. Ul javob beribdurkim: “Ul yaxshi aytmoqqa o„rgonmag„on 
bo„lsa, nima qilmoq, kerak”?, deb. 
(1886 yil, 15 noyabr). 
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling