O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
avzon”, “Muhokamatul-lug„atayn” va b. Navoiy fors tilida katta bir
devon tuzdi, u fors tilida Foniy taxallusi bilan she‟rlar yozar edi. Uning ba‟zi asarlari o„z zamonasidayoq boshqa tillarga tarjima qilindi. Navoiy asarlarining boshqa tillarga tarjimasi katta ilmiy tadqiqot ishini talab qiladi. Genial shoir, olim, mutafakkir, muarrix Navoiy mo- hir tarjimon ham edi. U fors-tojik adabiyoti namoyondasi Abdurah- mon Jomiyning “Nafahotul-uns” (Yoqimli shabada) degan eng yirik 1 Alişer Navai. Muhakamatul-lugatajn. Uz. Goslitizdat. –Taşkent, 1940. –B.38. 60 asarini, “Chil hadis” (Qirq hadis) va “Nazmul-javohir” (Javharlar tizmasi) nomli kitobni forschadan o„zbekchaga tarjima qildi. Bundan tashqari, Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asaridan ayrim hikoya- larni tarjima qilib, o„zi ham bir qancha hikoyalar yozib, unga “Lisonut-tayr” degan nom berdi. XX asrning 20-yillariga qadar Navoiy tarjima qilgan “Qirq hadis”ning bir qancha qo„lyozmalari va litografik nashrlari bor. Qo„limizda bu asarning ma‟lum bir tanqidiy matni bo„lmagani uchun Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar fondida saqlanayotgan qo„lyoz- madan (inv. № 9762) foydalandik. Jomiy arab tilidan forschaga ag„dargan “Qirq hadis”ni Navoiy o„zbek tiliga tarjima qilganini aytib, o„zining ustozi va do„stiga tahsin va tashakkur bildiradi va bu asarni qachon tarjima qilgani haqida muqaddimada yozadi: Chun safo ahli pok far Jomiy, Pok farjomu pok farjomi. Ul yaqin sori dastgir manga, Qiblau ustodu piyr manga, Ki tutubdur jahonni tasnifi, Nazm devonu nasr ta‟lifi… Qo„lyozmada sahifa boshida arab tilidagi matn, pastda esa o„zbek- cha tarjimasi beriladi. Litografiya yo„li bilan nashr qilingan nusxada (inv. №5536) esa boshda arabcha matni, o„ng tomonda Jomiyning forscha tarjimasi, chap tomonda Navoiyning o„zbekcha tarjimasi beril- gan. Bu nusxada Jomiyning kirish so„zi (fors tilida) va Navoiyning muqaddimasi bosilgan. Navoiy Jomiyning “Nafahotul-uns min xaziro- til-quds” (Pok huzurlardan do„stlik hidlari) kitobini bir qancha o„zga- rishlar bilan tarjima qilib, unga “Nasoimul-muhabbat min shamoyi- mil-futuvvat” (“Muhabbat shabadasi”) deb nom qo„ygan. Qo„lyozma Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda (inv.№ 857). Atoqli navoiyshunos Olim Sharafiddinov o„zining “Alisher Navoiy” degan asarida ham shunday fikrni ilgari surgan edi. Navoiyning o„zi “Lisonut-tayr” asarini Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” kitobining tarjimasi deb hisoblaydi. Lekin ba‟zi bir olimlar buni e‟tirof qilmay, uni butunlay original asar tarzida tek- shirib, Navoiyning tarjima qilgan hikoyalarini uqtirib o„tmaydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling