O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
Munozarai Xisrav bo Farhod 
Naxustin bor guftash: k-az kuchoi? 
Biguft: az dori mulki oshnoi. 
 
Biguft: oncho ba san‟at dar chi ko„shand? 
Biguft: anduh xarandu chon furo„shand. 
 
Biguft: chon furo„shi dar adab nest,  
Biguft: az ishqbozon in achab nest.  
 
Biguft: az dil shudi oshiq bad inson? 
Biguft: az dil tu meguy, man az chon. 
 
Qutb Xorazmiy tarjimasi
Burun so„rdi: ne yerliksan  tiyu  san?  
Ayittikim: oshiqlar   shahridan  man. 
 
Ayitti: anda  ne  san‟at  qilurlar?  
Ayitti: jon  sotib,  qazg„u olurlar. 
 
Ayitti: jonni  sotmoqliq xato ul,  
Ayitti: ishq yo‘linda ham ravo ul
 
Ayitti: kertimu oshiq erursan?  
Ayitti: bor ko„zung oxir, ko„rursan. 
 


 
57 
Bu yuksak badiiy ehtiros bilan yozilgan dialog o„zbek tilida ham  
fors tilidagi kabi jaranglaydi. Bu yerda ishlatilgan “ayitti”, “ayittikim” 
so„zlari ketma-ket takror qilinsa ham kitobxonni va tinglovchini zerik-
tirmaydi, aksincha, hayajonga soladi. Bular forschadagi “biguft”, “bi-
gufto”  so„zlarining  aynan  tarjimasi  bo„libgina  qolmasdan,  she‟rga 
ko„tarinki ruh berishda muhim stilistik funksiyani  bajaradi. 
Atoqli  tarjimon  Sayf  Saroyi  klassik  fors  shoiri  Sa‟diy  Sheroziy-
ning  “Guliston”  asarini  to„la  tarjima  qildi.  Bu  asar  8  bobdan  iborat. 
Birinchi  bob  –  “Podshohlarning  xislati”  (“Dar  sifati  podshohon”); 
ikkinchi  bob  –  “Darveshlarning  axloqi”  (“Dar  axloqi  darveshon”); 
uchinchi  bob  –  “Qanoatning  yaxshiligi”  (“Dar  fazilati  qanoat”); 
to„rtinchi  bob  –  “Xomushlikning  foydasi”  (“Dar  favoidi  xomushi”); 
beshinchi bob  – “Ishq va yoshlik” (“Dar  ishq, va chavony”); oltinchi 
bob  –  “Notavonlik  va  qarilik”  (“Dar:  za‟f  va  piri”);  yettinchi  bob  – 
“Tarbiyaning ta‟siri” (“Dar ta‟siri tarbiat”); sakkizinchi bob – “Suhbat 
Odobi” (“Dar odobi suhbat”). Bu boblar bir necha kichik-kichik hiko-
yalarga  bo„linadi.  Hikoyalar  o„z  ichiga  she‟r  yoki  hikmatli  so„zlarni 
oladi. Sa‟diy bular orqali tarbiyaviy, didaktik fikrlarni badiiy yo„sinda 
beradi. Tarjimon  Sayf Saroyi ham  hamma boblarni va deyarli barcha 
hikoyat,  she‟rlarni  ag„dargan.  Lekin  u  tarjimada  boblar  nomini 
ko„rsatmaydi.  
1954-yilda  Anqarada  “Seyfi  Serayi”,  “Gülistan  tercümesi”  asari 
bosilib,  u  bosh  so„zdan  tashqari  373  betni  tashkil  qiladi.  Bosh  so„zni 
prof. Feridün Nafiz yozgan, Anqarada chiqqan bu kitobda Sayf Saroyi 
tarjimasining qo„lyozmasi haqida bir qancha ma‟lumot beriladi, lekin 
ular  yetarli  emas.  Sayf  Saroyi  tarjima  qilgan  “Guliston”  dostonining 
qo„lyozmasi  Gollandiyadagi  Layden  kutubxonasida  saqlanmoqda. 
O„sha qo„lyozmadan olingan foto nusxa Til va adabiyot ilmiy tekshi-
rish, institutida mavjud. Foto nusxaning sifati yaxshi emas, uning ko„p 
betlari yoyilib ketgan, o„qish uchun katta qiyinchilik tug„diradi. 
Biz  “Guliston”ning Sayf Saroyi tomonidan bajarilgan tarjimasini 
Moskvadagi  FA  Sharqshunoslik  instituti  tomonidan  1959-yilda  nashr 
qilingan “Gulistoni Sa‟diy”ga solishtirib chiqdik.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling