O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Yusuf Xos Hojib Bolasag„un (hozirgi Qirg„izistonga qarashli
To„qmoq) shahrida tug„ilib o„sdi, bir necha tilni o„rganib, zamonasi- ning madaniyatli, dono olimlaridan biri sifatida tanildi. Yusuf Xos Hojibning asari qadimgi o„zbek tili va adabiyoti tarixida katta rol o„ynagani kabi, tarjima tarixini o„rganishda muhim ahamiyatga ega. Qoraxoniylar davrida Narshahiyning Buxoro tarixiga oid asarini 1128-yilda Abu Nosir al Quvayi tarjima qildi. Saljuqiylar davrida yozilgan “Nasihatul-muluk” (Podshohlarga nasihat) asari fors tilidan arabchaga tarjima qilindi (inv. № 533). Bu 1 Ўзбекистoн тарихи. 1-жилд, 1-китоб. –Б. 272. 54 asar saljuqiy sulton Muhammad bin Malikshohga atab yozilgan bo„lib, kitob muallifi 505/1111-yilda vafot etgan Abu Homid Muhammad bin Muhammad al G„azzoliy edi. G„azzoliy nasihatlar yozib, ularni badiiy yo„sinda, turli latifalar, hikoyalar orqali o„quvchiga yetkazib berdi. Keyinchalik “Nasihatul-muluk” asari o„zbek tiliga ham tarjima qilingan (inv. № 7099, 8393). XII asrning boshlarida Sharqdan qoraxitoylar degan istilochilar kelib, saljuqiy va qoraxoniylarga qarshi hujum boshladilar. Ular 1138- yilda Samarqanddan Mahmudni haydab, 1141-yilda saljuqiylarning so„nggi sultoni Sanjarni tormor qildilar. 1172-yilda qoraxitoylar Xo- razmni egalladilar. Lekin bu uzoqqa bormadi. Xorazmshohlar sulolasi kuchayib ketdi. Otsizning nabirasi Tekish davrida Xorazm hududi ikki baravarga kengaydi. Sharqiy Eron, Iroq ham Xorazmshohga qarar edi. Muhammad Xorazmshoh 1210-yilda qoraxitoylarni tor-mor qildi. Mo- varounnahr ham unga vassal bo„ldi. Muhammad Xorazmshoh o„zini “Ikkinchi Iskandar” laqabi bilan atadi. Bu davrda tarjima qilingan ki- toblar haqida aniq ma‟lumot yo„q. Chingizxon O„rta Osiyoga hujumni 1219-yilda boshlagan. Og„ir janglardan keyin u O„trorni zabt etdi. 1220-yilda Buxoroga hujum qi- lib, bosib oldi. Eron tarixchisi, o„sha davrning jonli guvohi Juzjoniy- ning so„ziga qaraganda, Chingizxon Buxoroni talagach, odamlarni o„l- dirib, uylar, masjidlarni yoqqan, kitoblarni gulxanga tashlagan. 1221- yilga borib Chingizxon Urganchni 1 qamal qilgan 2 . Xalq yovga qarshi qahramonlarcha kurashdi, ammo olti oy qamalda yotgan shahar xalqi kuchli istilochilarga bardosh bera olmadi. Shahar butkul kuyib kul bo„ldi. Odamlar qirg„in qilinib, yosh bolalar mo„g„ullarga qul qilib berildi. Shunday fojiali yong„in, ur-yiqit paytida biror kitob qolishi- ning o„zi mo„‟jiza edi. O„rta Osiyo, jumladan, O„zbekiston xalqlari chet el bosqinchilari zulmida ingradi. Xalq bosqinchilarga qarshi qo„z- g„olon ko„tarsa ham (1238-yildagi Torobiy qo„zg„oloni), tezda, ayov- siz ravishda bostirilar edi. Butun bir yuz yil mobaynida biror adabiy asarlar, jumladan tarjima asarlar ham vujudga kelmadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling