O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Tayanch so„z va iboralar: tarjima tarixi, so„g„d yozuvi, arab
yozuvi, qo„lyozma, shayboniylar, ashtarxoniylar, tarjima maktabi, “Shohnoma” dostoni, “Kalila va Dimna”, fors-tojik tili 5.1. Arab va fors-tojik tillaridan tarjima qilingan asarlar Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. O„sha davrlar- dan buyon turli tillarda so„zlashuvchi xalqlar bir-birlari bilan muomala qilganlarida tarjimon (tilmoch) orqali ish bitirganlar. Savdo-sotiq ish- larida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda hamma vaqt tarjimaga zarurat tug„ilgan. Xalqlar o„z tarjimonlariga katta hurmat bi- lan qaraganlar. Ularning nomlari tarix sahifalarida yozilib qolgan. O„rta Osiyo xalqlarining madaniyati ham qadimdan boshlanadi. Arablar istilosiga qadar ham O„rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va yozuvchilar o„zlaridan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar. Ular orasida ko„pgina tarjima asarlarining mavjud bo„lganligi haqiqat. Ammo mamlakat arablar istilosi ostida ekan, bu asarlar islom diniga qarshi deb yondirib yuborilgan. VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eron- ni bosib olgan arab istilochilari Marv, Xorazm, Buxoro va Samar- qandni qo„lga kiritadilar. Dastlab islom dini O„rta Osiyo xalqlariga qabul qildiriladi. Qadimgi Xorazm, so„g„d yozuvlari o„rniga arab yo- zuvi joriy qilinadi. Madrasalarda arab tilini o„rganish majburiy qilib 47 qo„yiladi. Arab istilochilari turk va fors tillarini bilgan tarjimonlardan turkiy xalqlar bilan arablarni bir-biriga bog„lovchi vosita sifatida foy- dalanadilar. Islom dini mamlakatda hukmron din, arab yozuvi yagona yozuv, arab tili esa adabiy til bo„lib qoldi. Olim va shoirlar arab tilida kitoblar yoza boshlaydilar. Arablar istilosi davrida eng ko„p tarjima qilingan asarlar tarixiy-badiiy janrda yaratilgan kitoblar bo„lib, ularni ko„pincha adib, shoirlar tarjima qilar edilar. Bir necha asrlar davomida O„rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi hakm suradi. IX asrning boshlaridayoq O„rta Osiyoda mustaqil feodal davlatlar tuziladi. Tohi- riylar sulolasi boshlanadi. Bu sulola 873-yilda yakson etilgan edi. Uning o„rniga Somoniylar sulolasi boshlanadi. 874-yilda Ismoil Somoniy hukmron bo„ladi. U tarqoq feodal hukumatlar qarshiligini bostiradi va ularni birlashtirib, yirik davlat tuzadi. Somoniylar davrida adabiyot, san‟at, madaniy hayot rivoj topadi. Katta-katta olimlar, tarixchilar yetishib chiqadi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy kabi olimlar o„z asarlarini arab tilida yozadilar. 359-yilda vafot etgan olim Abu Bakr Muhammad bin Ja‟fariy Narshaxiy Buxoro tarixiga “Tahqiqul- viloyat” (O„lkani o„rganish) asarini yozdi. Asar fors tiliga, keyingi davrlarda rus tiliga ham tarjima qilingan. Eng qadimiy asarlardan biri 922-yilda vafot etgan Abu Ja‟far Mu- hammad bin Jarir Tabariyning “Tarixi Tabariy” nomli bir necha tomli asari bo„lib, 963-yilda Buxoroda somoniy amirlari saroyida vazir bo„l- gan Mir Abu Ali bin Muhammad Bal‟amiy asarni tojikchaga qisqar- tirib tarjima qilgan. Keyinchalik asar boshqa tillarga tarjima qilingan. “O„zbekiston tarixi”da Tabariy va Bal‟amiy haqida shunday so„zlarni o„qiymiz: “Somoniylar saroyida tarix va geografiyaga katta e‟tibor qa- ratilgan. Movarounnahrda tarix va geografiyaga oid ko„p sonli asarlar qiziqib o„qilgan. Ma‟daniy, Balozuriy, Tabariy, ibn Miskaviy va bosh- qalar o„sha davrning mashhur tarixchilari edi. Tabariyning asari XVIII asrda o„zbek tilining qashg„ariy lahjasida tarjima qilingan. Tarjimonning shaxsi noma‟lum, ammo uning aytishi- cha, asar Yorkand hokimi Mirza Muhammad Husayn Hakimbek amri bilan tarjima qilingan (inv. №2470. SVRning V tom, 18-b. qarang). Bal‟amiy tarjimasini Xiva xoni Muhammadrahim II (Feruz)ning amri bilan mashhur tarixchi va shoir Muhammad Yusuf Bobojon o„g„li Bayoniy 1882-yilda o„zbekchaga tarjima qila boshlagan. Bu tarjima- ning qo„lyozmasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda (inv. № 1229). Tabariy asari Bal‟amiy tarjimasi orqali bir necha tilga tarji- 48 ma qilinganligi bu kitobning naqadar mashhur ekanligini ko„rsatadi. Tarjima jarayonida asarga bir qancha qo„shimcha kiritilib, hajmi ham ancha kengaytirilgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling