O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
XV asrda tarjima qilingan asarlar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haydar Xorazmiy
- Mavlono Lutfiy
- Alisher Navoiy
- Xazoyinul-maoniy
- “Mahbubul qulub”, “Majolisun-nafois”, “Mezonul
5.4. XV asrda tarjima qilingan asarlar XV asr adabiyot tarixida ham, shuningdek, badiiy tarjima tarixida ham alohida o„rinni ishg„ol qiladi. Bu davrning madaniy hayoti o„zbek xalqining iftixori Alisher Navoiy nomi bilan bog„liq bo„lib, uning ya- 58 ratgan asarlari o„zbek adabiyoti xazinasining durdonalari bo„libgina qolmay, dunyo adabiyotining ham bebaho boyligidir. Navoiy ko„p ori- ginal asarlar yaratish bilan birga, bir qancha asarni tarjima qilgan. Haydar Xorazmiy. XV asrning boshlarida (1409-yilda), ajoyib shoir-tarjimon Haydar Xorazmiy Nizomiyning “Maxzanul-asror” nomli asarini tarjima qila boshlagan va uni 1414-yillar o„rtasida ta- momlagan. Bu she‟riy, falsafiy asarning har tomonlama murakkabligi tarjima qilish uchun juda katta qiyinchiliklar tug„dirgan. Shunga qara- may, qiyinchiliklarni yenga olgan Haydar Xorazmiy o„zbek xalqi uchun katta va ajoyib madaniy yodgorlik qoldirdi. Uning qachon tu- g„ilgani va vafot etgani haqida ma‟lumot yo„q. Xorazmiyning ijodi to„g„risida yozilgan biron ilmiy asarni uchratmadik. Uning nomi bilan bog„liq bo„lgan, bizgacha yetib kelgan birdan-bir asar “Maxzanul- asror”ning tarjimasidir. Bu asarning asl qo„lyozma nusxasi Britaniya- da saqlanadi; qo„lyozma 1508-1509-yilda ko„chirilgan; Britaniyada saqlanayotgan qo„lyozmaning foto nusxasi hozir Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti fondida mavjud. “Maxzanul-asror”ning o„zbekcha tarjimasi nodir asar bo„lib qoldi- ki, uning tanqidiy matnini nashr qilish maqsadga muvofiqdir. Haydar Xorazmiy haqidag„i ilk ma‟lumotni Navoiy o„zining “Majolisun-nafois” asarida bergan. U shunday deb yozadi: “Mavlono Haydar turkigo„y, aning (Sulton Iskandar Sheroziyning – J.Sh.) maddohi ekandurkim, bu aning masnaviysidindurkim: “Himmat elidur Yadi bayzo degan, Er nafasidur dami Iso degan” 1 Alisher Navoiy Haydar Xorazmiyni Atoiy, Sakkokiy kabi zabar- dast shoirlar bilan tenglashtiradi va u haqda “Muhokamatul-lug„a- tayn”da shunday yozadi: “To mulk, arab va sart salotinidin turk xonla- rig„a intiqol topti, Hulokuxon zamonidan sultoni sohibqiron Temur Ko„ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh sultonning zamonining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bo„ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab‟ salotin zuhurg„a keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Ga- 1 Алишер Навоий. Мажолисун нафоис (Нафис мажлислар). С.Ғаниева нашрга тайѐрлаган илмий-танқидий матн. – Тошкент, Ўз ФА нашриѐти, 1961. –Б. 198. 59 doyideklar” 1 . Bas ma‟lum bo„ladiki, Haydar Xorazmiy o„zbek adabiy tilini yuksaltiruvchi “xushtab‟” shoirlardan biri bo„lgan. Haydar Xorazmiy Nizomiyning “Maxzanul-asror” asarini tarjima qilgani haqida so„z yuritar ekan, o„zini Qutb Xorazmiy kabi kamtar tutadi va ulug„ shoirga hurmat bilan qarab shuni bayon etadi: Tashna sifat bo„ldum ayog„ida past, Jur‟asidin qildi dimog„imni mast (10-bet). Haydar Xorazmiy noyob asarni tarjima qilar ekan, ozarbayjon xalqining dilini o„zbek xalqi dili bilan payvand qildi. Mavlono Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixiy dalillarga asoslanib yozilgan va Amir Temur tarixini o„rganishda birdan-bir qimmatli asar bo„lgan “Zafarnoma”ning juda ko„p baytlarini fors tilidan tarjima qilgan (“Zafarnoma” muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy ham tarixchi, ham olim, ham shoir bo„lgan. Uning haqida Alisher Navoiy o„zining “Majolisun-nafois” asarida qiziq ma‟lumotlar bera- di). “Zafarnoma” asarining baytlarini Lutfiy tarjima qilganligi haqida Navoiy shunday deb yozadi: “Va mavlono (Lutfiy – J.Sh.)ning “Zafarnoma” tarjimasida o„n ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor”. Suyima G„aniyev nashrga tayyorlagan “Majolisun-nafois”ning ilmiy- tanqidiy matnida Lutfiy tarjima qilgan baytlar soni ikki ming deb xato ko„rsatilgan (O„sha kitob, 34-bet). Alisher Navoiy. O„zbek xalqining buyuk shoiri, dunyo adabiyoti- ning ulug„ siymosi Alisher Navoiy qadim o„zbek adabiy tilining yara- tuvchisi, har ikki tilda she‟r yozuvchi – ikki til egasi “zullisonayn” no- mini olgan genial mutafakkir edi. Navoiy o„zining juda kup olamshu- mul asarlari bilan mashhur. Bular: “Xazoyinul-maoniy” (Asar to„rt devonni o„z ichiga olgan), “Xamsa” (besh doston: “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab‟ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”), “Mahbubul qulub”, “Majolisun-nafois”, “Mezonul- Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling