5.3. XII-XIV asrlarda yaratilgan tarjima asarlari
Somoniylar hokimiyati qancha kuchli bo„lmasin, ularning hukm-
ronligi Yettisuv hududidagi turk qabilalariga yetmas edi. O„sha za-
minda, Qashqardan tortib Isfijob (hozirgi Chimkent shahri)ga qadar
bo„lgan hududda Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Qoraxoniylarning
birinchi xoni Bug„roxon 992-yilda yurish qilib, Shosh (Toshkent),
Farg„ona, Buxoro va Movarounnahrning boshqa yerlarini bosib oldi.
Janglardan talofat ko„rgan somoniylar davlati yemirilib, 1001-yilga
borib uning o„rnida ikki davlat tashkil topdi: “Biri – Qashqardan
Amudaryogacha cho„zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yetti-
suv, Shosh, Farg„ona va Qadimgi So„g„d hududini ham o„z ichiga
olgan qoraxoniylar davlati bo„lsa, ikkinchisi – Shimoliy Hindiston
chegarasidan Kaspiy dengizining janubiy qirg„oqlarigacha cho„zilgan
hozirgi Afg„oniston va Shimoliy-Sharqiy Eron viloyatlarini ham o„z
ichiga olgan G„aznaviylar davlati edi”
1
. Qoraxoniylar davlati davrida
yaratilgan eng katta ilmiy yodgorliklardan biri Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg„u bilig” (“Baxtli bo„lish to„g„risida bilim”) asari bo„lib, u
1069-yilda yozilgan. “Qutadg„u bilig” didaktiv tipdagi asar bo„lib,
ham lingvistik, ham tarixiy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |