O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Komil Xorazmiy. Polvonniyoz Mirzoboshi bin Abdullo oxun
(Komil Xorazmiy) kuchli shoir, xattot, kompozitor, davlat arbobi ham edi. “Xorazm notasi”ni ijod qilgan kishi Komil Xorazmiy bo„lib, u mavlono Husayn Vo„iz Koshifiy “Latoifut-tavoif” (Toifalar haqida latifalar) kitobini tarjima qildi. Bu kitob 1300/1882-yilda ko„chirilgan, 145 varaqdan iborat. Shu kitobning boshqa bir nomi ham bor, u “Latoif va zaroif” bo„lib, 1303-yilda tarjimon Komil Xorazmiy tomonidan ko„chirilgan. Qo„lyozma 185 bet. Bu kitobning tarjimasi qiyin bo„lib, u aforizm, maqol, matal, hikmatli so„zlar to„p- lamidan iborat. Komil Xorazmiy 1303/1888-1889-yilda vafot etdi. Bayoniy. Matbuotimizda Bayoniy haqida dastlab ilmiy axborot bergan kishilardan biri O„zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a‟zosi, tarix fanlari doktori M.Y.Yo„ldoshev bo„ldi. U o„zining “Ценный источник по истории Хорезма” degan maqolasida Bayo- niyning tarixiy kitoblari haqida qimmatli fikrlarni aytadi. 1960-yilda 75 “O„zbek adabiyoti” xrestomatiyasining birinchi kitobida Bayoniy haqida qisqacha ma‟lumot va shoirning g„azali hamda muhammas- laridan namuna beriladi. Bayoniy tarjima qilgan asarlar tubandagilar: 1. “Tarjimai tarixi Tabariy”, hijriy 1311-yilda tarjima qilingan, 1331-yilda kotib Muhammad Rasul bin Muhammad Karimbek ko„chirgan, 685 bet (Har bir beti hozirgi uch betga to„g„ri keladi). 2. “Sahoiful-axbor” (Xabar sahifalari). Muallifi mavlono Dar- vesh, 1- jild, hijriy 1092-yilda yozilgan. 1319-yilda ko„chiril-gan, 428 bet. 3. “Sahoiful-axbor”, II jild, 1321-yilda ko„chirilgan, 355 bet. Bu ikki jild birga qo„shilib, uchinchi jildning tarjimasi bilan bir- ga katta qo„lyozma holida Sayd Abdulla va domullo Qalandar ikkovi 1323-1326-hijriyda, ko„chirganlar, qo„lyozma hajmi 711 bet. 4. “Ravzatul-ahbob” (Do„stlar bog„i), Atoullo bin Fayzullo Husayniy asari bo„lib, Bayoniy hijriy 1322-yilda tarjima qilgan; 1325-hijriyda ko„chirilgan, 290 varaq. 5. “Shayboniynoma” Binoiyning asari bo„lib, uni Bayoniy 1333- hijriyda tarjima qilgan, 106 bet. Bayoniyning boshqa tarjimalari ham bor 1 . Yuqorida keltirilgan asarlardan ko„rinib turibdiki, Bayoniy 250 bosma bet asarni tarjima qilgan. She‟riy devoni, tarixiy asarlarini ham qo„shsak, o„zi shaxsan chiroyli qilib ko„chirgan kitoblarni hisobga olsak, Bayoniy ijodining naqadar sermahsul ekanligiga iqror bo„lamiz. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling