JMpr - jonli mehnatning potensial resurslari;
JMrr - jonli mehnatning real resurslari;
JMz - jonli mehnat zaxirasi.
Shuningdek, M.I. Dolishniy talqinida mehnat potensiali quyidagi sabablar
birikmasidan
iboratdir:
demografik,
tibbiy-biologik,
ta’lim
va kasb-malaka
ko’rsatkichlari.
V.S. Bulanovning ta’kidlashicha, potensial o’zida alohida inson, shuningdek
jamiyatning turli ishchilar guruhining barcha mehnat imkoniyatlarini mujassam etadi.
Xizmatning ko’lami, tarkibi va miqdorini aniqlovchi resursdan farqli ravishda, potensial
uning sifati va salohiyatli imkoniyatlarini tavsiflaydi.
G.E. Slezinger mehnat potensialini ishlab chiqarish omilining shaxsiy xususiyatlari
yig’indisidir, deb hisoblaydi
2
. B.M. Genkinning fikricha esa, mehnat potensiali insonning
iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatidir
3
.
L.A. Kostinning fikriga ko’ra, mehnat potensiali insonning ishga layoqatini
aniqlovchi turli sifat ko’rsatkichlari yig’indisidan iborat.
Birinchidan, ishchining sog’lig’i, mehnatga yaroqliligi, chidamliligi, jismoniy va
ruhiy salohiyati.
Ikkinchidan, tug’ma qobiliyatlar, insonning umumiy va maxsus bilimlari, mehnat
ko’nikmalari va tajribalari.
Uchinchidan, ishchilarning mas’uliyat, manfaat va talab-ehtiyojlari darajasi
4
.
Uchinchi yo’nalish namoyandalari esa mehnat potensialini ham miqdor, ham sifat
jihatdan o’rganib, mazkur kategoriyani ta’riflashda har ikkala ko’rsatkichni ham teng
qo’yadilar. Ularning nazdida, miqdor va sifat ko’rsatkichlarining o’zaro uyg’unligi
potensial demakdir.
Rus olimlari V. Kostakov va A. Popovlar uning mikdor va sifat omillarining
mushtarakligiga e’tibor qaratib, «mehnat potensiali» tushunchasini – mamlakat mehnat
resurslarining sifat va miqdor jihatlarining o’zaro uyg’unligidir, deb ta’riflaydi
5
.
1
Кокорев И.А. Управление персоналом в рамках концепции человеческого капитала. - М., 2002, с.39.
2
Слезингер Г.Э. Труд в условиях рыночной экономики. Учебное пособие. - М.: ИНФРА-М, 1996, с.27
3
Генкин Б.М. Экономика и социология труда. Учебник для вузов. - М.: Норма, 2006, с.38.
4
Управление трудовыми ресурсами. Под ред. Л.А.Костина. - М., 1997, с.9.
5
Костаков В., Попов А. Интенсификация использования трудового потенциала. - М.,1992, с.61.
Do'stlaringiz bilan baham: |