O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
12.8-chizma. Mehnat potensialining tegishlilik xususiyatiga ko’ra darajalashuv omillari
Mehnat shartnomasi Shaxs mehnat potentsiali (bazis) Korxona mehnat potentsiali (mikro) Hudud mehnat potentsiali (mezo) Mamlakat mehnat potentsiali (makro) Manzil Fuqarolik 248 potensiali tarkibiga qo’shilishiga olib keladi. Demak, mehnat shartnomasi shaxsning korxonaga tegishliligini keltirib chiqaruvchi bosh omildir. Korxonalar esa ma’muriy-hududiy jihatdan ma’lum hududga tegishli bo’lib, ularning umumiy birikmasi hudud mehnat potensialini tashkil etadi. Bunda mezo darajalashuv ro’y beradi va shu jarayonda jug’rofiy manzil hududiy potensialni hosil qiluvchi omil sifatida yuzaga keladi. Shuningdek, agar shaxs yakka tartibdagi xizmat faoliyatida band bo’lsa, ishlamasa yoki iqtisodiy nofaol bo’lsa, u holda yashash manziliga ko’ra, mazkur shaxs hudud mehnat potensiali tarkibiga kiritiladi. Hudud mehnat potensiali jug’rofiy joylashuvi va fuqarolik holatiga ko’ra, mamlakat mehnat potensialini tashkil etadi. Shuningdek, mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan fuqaroligi bo’lmagan norezidentlarni ham mehnat potensiali tarkibiga kiritish mumkin. Biroq, bunda ular vaqtinchalik yoki o’zgaruvchan xususiyatga ega bo’ladi. Demak, fuqarolikni mehnat potensialining makro darajasini belgilab beradigan omil sifatida hisoblash mumkin. «Mehnat potensiali» jamiyatda mehnat imkoniyati, kuvvati, ish bilan bog’liq kuchlarning mavjudligi, degan ma’noni bildiradi. Mehnat potensialining ta’rifi uning shakllanishi, sifatiy, miqdoriy baholash va samarali foydalanishni ifodalovchi omillar birikmasidan iborat. Hozirgacha mazkur kategoriya olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib, ular ushbu tushunchaga turli nuqtai nazardan yondashganlar. Ba’zi olimlar mehnat potensiali bilan mehnat resurslarini o’zaro tenglashtirib, ushbu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi, deya ta’kidlashadi. Boshqa tadqiqotchilarning qayd etishicha, ushbu kategoriyalar bir-biridan farq qiladi, bunda mehnat potensiali mehnat resurslari va ishchi kuchiga nisbatan kengroq tushunchadir. Xullas, «mehnat potensiali» mavzusi haligacha munozarali masala bo’lib kelmoqdaki, bugungi kunda u haqdagi ilmiy-iqtisodiy yondashuvlarni uch yo’nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo’nalish vakillari «mehnat potensiali» kategoriyasiga «resurs» jihatdan yondashib, asosan, uning miqdoriy ko’rsatkichlariga ustuvor ahamiyat sifatida qaraydilar. Mazkur yo’nalish vakillarining fikricha, mehnat potensiali jamiyatni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ish bilan bog’liq turli resurslar majmuidir. Mazkur kategoriyani tadqiq etar ekan rossiyalik olim N.A. Gorelov uni «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari bilan bevosita tenglashtiradi. U bunga miqdor jihatdan yondashib, mehnat potensiali mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi sonidan iboratdir, degan fikrni ilgari suradi 1 . Xuddi shunga o’xshash fikrni GT. Sergeeva va L.S. Chijovalarning iqtisodiy qarashlarida ham ko’rish mumkin. Bu. mualliflar tomonidan chop etilgan «Mamlakat mehnat potensiali» asarida mazkur kategoriyani jamiyat egalik qiladigan mehnat resurslaridir, talqin etadi. Biroq, ular N.A. Gorelovdan farqli ravishda ushbu kategoriyani talqin etishda uning sifat jihatlariga ham e’tibor qaratadilar. Ya’ni, ularning fikricha, ishga layoqatli aholining mikdor va sifat jihatlarining o’zaro uyg’unligi mehnat potensialining real mazmunini belgilab beradi 2 . 1 Горелов Н.А. Экономика трудовых ресурсов. - М.: Высшая школа, 1980, с.6.. 2 Сергеева Г.П., Чижова Л.С. Трудовой потенциал странм. – М.: Знание, 1982, с.3. 249 Rossiyalik iqtisodchi olim N.A. Volgin ham unga resurs sifatida yondashib, «Mehnat potensiali o’zaro bog’liq ko’pgina elementlardan tashkil topgan mehnat resurslari yig’indisidir. U yoki bu elementni ushbu majmuaga kiritishga asos bo’lib xizmat qiluvchi asosiy belgi jonli shaxs, organizm egalik qiladigan ishga bo’lgan jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan 1 . R.P. Ruzavina, R.P. Kolosova, A.A. Kum’psova va L.E. Kunel’skiylarning fikricha, mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo’nalishlardan biridir. Mazkur olimlar potensialni resurslarga nisbatan kengroq tushuncha deb qarab, mehnat potensialining tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga layoqatli barcha fuqarolar, shuningdek ish bilan band bo’lgan ishchilar bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga ko’ra ish bilan band bo’lmagan kishilarni ham kiritadilar 2 . V.G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o’ziga xos nuqtai nazarni ilgari surib, uning shakllanishida ish sharoitlariga ham alohida urg’u beradi. Shunga ko’ra, u mehnat potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birligidan tashkil topadi, deb ta’kidlaydi. Ukrainalik iqtisodchi olim N.V. Korovyakovskaya ham potensialni resursga tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga etgan bo’lishiga qaramasdan o’zining xizmatga bo’lgan qobiliyatini saqlab qolgan kishilar birikmasidan tashkil topadi», degan xulosaga keladi 3 . L.S. Degtyar’ esa resurslar va potensial o’rtasida hech qanday farq yo’q, deb hisoblaydi Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil mazmunga ega va o’zaro teng ahamiyatlidir 4 . Demak, potensialga resurs sifatida yondashadigan olimlar, asosan, miqdor ko’rsatkichlariga birinchi darajali e’tibor berib, ular potensialni ta’riflashda ishga layoqatli kishilar, mehnat resurslari, ish bilan bandlar, ishsizlar hamda ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan pensionerlar kabi aholi qatlamlari bilan cheklanganlar. Bunda ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» jihatdan yondashib, ular potensialning tarkibini aniqlashda shaxsiy va insoniy omillar (sifat) nuqtai nazardan yondashadilar. Ushbu qarashlarda ular sifat ko’rsatkichlariga alohida ustuvor ahamiyat qaratadilar. M.I. Skarjinskiy potensialga shaxsiy omil harakatining iqtisodiy shakllaridan biri sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan o’tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali. Olimning ta’riflashicha, mehnat salohiyati jamiyatni harakatga keltirishning real va potensial imkoniyatlaridir 5 . «Potensial» tushunchasini ta’riflashda Ural davlat iqtisodiyot universitetining professori N.I. Shatalova omilga alohida urg’u berar ekan, mehnat potensiali - inson omilining aniq tarzda namoyon bo’lishidir, degan qisqa ta’rifni keltiradi 6 . 1 Экономика труда. (социально-трудовые отношения). /Под ред. Н.А.Волгина, Ю.Г.Одегов. – М.: «Экзамен», 2004, с.132. 2 Колосова Р.П. Экономика труда. – М.: МГУ, 2004, с.42. 3 Коровяковская Н.В. Совокупный работник социалистического общества. - М.: Экономика, 1987, с.30. 4 Дегтярь Л.С. Трудовой потенциал общества и социальная политика: из опыта европейских стран-членов СЭВ. - М., 1994, с.3 5 Скаржинсикй М.И. Трудовой потенциал общества. - М.: Экономика, 1997, с.14. 6 Шаталова Н.И. Трудовой потенциал работника: проблемм функционирования и развития. - Екатеринбург, УрГЭУ, 1998, с.14. 250 Shunga o’xshash nuqtai nazarni I.A. Kokorevning iqtisodiy qarashlarida ham uchratish mumkin. U ham potensialning mazmun-mohiyatini yoritishda omilga alohida e’tibor qaratib, mehnat potensiali – inson omilining ishga oid shaxsiy sifatlar yig’indisidir, degan fikrni ilgari suradi 1 . M.I. Dolishniy, S.N. Zlupko, V. Dobrik, T.M. Paliya, T. Shults va boshqalardan iborat iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruvchi kategoriya sifatida qaraydilar. M.I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi formulani taklif etadi Bunda: MP - mehnat potensiali; Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling