O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.11-chizma. Mehnat potensialining shakllanish jarayonlari 
hisoblanib, uning harakatlariga mavjud sharoitlar hamda iste’mol sifati kabi 
ko’rsatkichlar katta ta’sirga ega. Demografik holatlar natijasida shakllangan mehnat 
potensiali ishlab chiqarishning bosh omili bo’lib, uning asosida YaMM hamda 
daromadlar yaratiladi, bu esa iqtisodiy ravnaq demakdir. Iqtisodiy taraqqiyot ishlab 
chiqarish, infratuzilma va shart-sharoitlarning rivojlanishi hamda takomillashuviga olib 
kelsa, daromadlar esa aholi farovonligining asosi hisoblanadi. 
Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining qo’payishi, o’sish xususiyatlari va 
sur’ati, tug’ilish darajasining o’zgarishi, o’lim darajasi, kishilarning yosh-jins tarkibi
nikohda bo’lish, avlodlar almashinuvi; uzoq yoqi qisqa umr ko’rish, jismoniy balog’at va 
oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o’zaro uzviy aloqadadir. Ular jamiyat 
taraqqiyotiga bog’liq bo’lib, bevosita ta’sir o’tkazadi. U yoki bu davlatlarda ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlar kyechishini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham 
aholi sonining o’zgarishiga aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va 
iqtisodiyotga tat’siri turli fan vakillari – iqtisodchilar, demograflar, sotsiologlar
geograflar, huquqshunoslar, tibbiyotchilar diqqatini doimo jalb etib keladi. 
Demografik vaziyat har doim o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, aholining tabiiy va 
mexanik (migratsion) harakatlarida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda bu jarayonlar 
murakkab ko’rinishga ega bo’lib, tug’ilishning nisbatan yuqoriligi va unga mos ravishda 
aholi tabiiy o’sishining tezkor sur’ati bilan izohlanadi. O’zbekiston Respublikasi 
aholisining umumiy soniga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi, MDH 
tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida esa uchinchi (Rossiya va Ukrainadan so’ng) 
o’rinni egallaydi. Shu jihatdan olganda, O’zbekiston yaqin xorijiy mamlakatlar o’rtasida 
yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Yurtimizda aholi sonining ko’payishi bir qancha 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling