O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
ming
kishi Aholi zichligi, 1 km.kv. O’zbekiston Respublikasi 448,9 100 27767,1 100,0 16949,1 59,0 Qoraqalpog’iston 166,6 37,11 43,0 6,0 811,7 9,5 Andijon 4,3 0,96 49,3 9,0 1690,3 570,1 Buxoro 40,3 8,98 31,7 5,8 1083,2 38,1 Jizzax 21,2 4,72 27,9 4,0 742,4 49,9 Qashqadaryo 28,6 6,37 52,2 9,2 1841 85,4 Navoiy 111,0 24,73 26,8 3,1 492,9 7,4 Namangan 7,4 1,65 49,9 8,0 1331,6 286,3 Samarqand 16,8 3,74 59,0 11,1 2186,5 174,5 Surxondaryo 20,1 4,48 32,9 7,3 1568,1 96,6 Sirdaryo 4,3 0,96 17,7 2,6 468,1 158,2 Toshkent 15,3 3,41 39,2 9,4 1505,9 162,1 Farg’ona 6,8 1,51 66,6 10,9 2085,5 432,6 Xorazm 6,1 1,36 32,1 5,5 1141,9 240,3 Toshkent sh. 0,3 0,07 38,0 8,1 0,0 7161,7 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan. oldingi o’n yilliklar davrida demografik jarayonlarga e’tibor berilmaganligi yetarli darajada aniq ko’rsatilgan. Murakkab demografik vaziyatdan kelib chiqqan asosiy ijtimoiy muammolardan biri yuqori va deyarli nazorat qilinmaydigan tug’ilish hamda aholining nisbatan past darajadagi hududiy va tarmoqqa oid safarbarligidir. Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda faqatgina mustaqillikka erishilgach, davlat tomonidan aniq demografik siyosat olib borilib, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy chora- tadbirlar amalga oshirila boshladi. Ushbu va boshqa omillarni hisobga olgan holda bozor islohotlarining boshlang’ich davridayoq aholining ish bilan bandlik sohasida yangi siyosat ishlab chiqildi. Uning asosida esa inson resurslarini sifat jihatdan shakllantirish, zamonaviy tartibga solinadigan mehnat bozori tizimini yaratish va uning samarali faoliyat ko’rsatishiga erishish kabi maqsadlar yotadi. Mamlakatimizda demografik jarayonlarning murakkab ko’rinishiga sabab bo’lgan omillardan biri sifatida aholining respublika hududlari bo’ylab notekis taqsimotini ko’rsatish mumkin. Kishilarning turli mintaqalarda turlicha miqdor va zichlikda joylashuvi o’ziga xos muammo hisoblanib, bu holat mamlakatning tarixiy, jug’rofiy va tabiiy-iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan. 261 Respublikamizda aholi soni tez o’sib borayotganligi sababli uning zichligi ham oshib bormoqda. Masalan, 1940 yilda har bir km. kv. ga 14,6 kishi to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1991 yilda 45,0 nafarni, 2007 yil boshida esa 59,0 kishini tashkil etgan. Binobarin, aholining o’rtacha zichligi jihatidan O’zbekiston MDHga a’zo mamlakatlardan va Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalardan oldinda turadi. Hozirgi kunda O’zbekistonning 14 ta ma’muriy – hududiy bo’linmasidan 10 tasi, shu jumladan, Toshkent shahri odamlar zich bo’lgan hududlar jumlasiga kiradi. Vaholanki, ular O’zbekiston hududining atigi choragini, aholi uncha zich bo’lmagan to’rtta viloyat esa respublikaning qolgan to’rtdan uch qismini egallagan (5.4-jadval). Respublikamizning eng zich hududi Toshkent shahri hisoblanib, poytaxt hududi mamlakat umumiy maydonining 0,07 % ini tashkil etgani holda, uning har bir km.kv.iga 7161,7 kishi to’g’ri keladi. Demografik jarayonlar nisbatan muammoli tus olgan Farg’ona vodiysi viloyatlarida yurtimiz jami aholisining 27,9 % istiqomat kilib, mazkur mintaqa respublika hududining 4,1 %ini egallaydi. Zichlik Andijon viloyatida 570,1 kishi/km.kv.ni, Farg’ona viloyatida 432,6 kishi/km.kv.ni va Namangan viloyatida esa 286,3 kishi/km.kv.ni tashkil etmokda. Shuningdek, ushbu ko’rsatkich Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ham yuqoridir. Qoraqalpog’iston, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida aholi zichlik darajasi past ko’rsatkichga ega bo’lib, bu holat shu hududlarning kattaligi va tabiiy- iqlimiy omillar hisobiga vujudga kelgan. Qoraqalpog’iston maydoni mamlakat hududining 37,1 %ini tashkil etib, bu yerda jami aholining 6,0 % istiqomat qilsa, respublikaning chorak qismida joylashgan Navoiy viloyati ulushiga esa umumiy aholining atigi 3,1 %i to’g’ri keladi. Zichlik ko’rsatkichlariga tabiiy-jug’rofiy, iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy kabi omillar ta’sir qiladi. Shuningdek, aholining mexanik (migratsion) harakatlari ham mehnat resurslarining hududlar bo’ylab qayta taqsimlanishi va takror ishlab chiqarishni yuzaga keltiruvchi asosiy manbalardan biridir. Migratsiya – aholi, jumladan, ishchi kuchining bir hududdan ikkinchisiga ko’chib o’tish harakati bo’lib, uning miqyosi va sur’ati mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat hamda mehnat bozori hajmini ham belgilab beradi. Ishchi kuchi migratsiyasi, odatda, mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishdagi o’zgarishlar bilan bog’liq holda makoniy qo’chib yurishi sifatida ham ta’riflanadi. U kishilarning doimiy yashash va ish joyini o’zgartirishi, hududning ma’muriy chegaralarini kesib o’tishi, istiqomat o’rnida uzoq muddat bo’lmasligi natijasida kelib chiqadigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hisoblanib, tumanlararo, shaharlararo, viloyatlararo, mintaqalararo va davlatlararo yo’nalishlarda amalga oshadi. Ko’chishga tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy-huquqiy, milliy- etnik, irqiy va diniy omillar bevosita ta’sir qiladi. Uning vujudga kelishi turli ob’yektiv va sub’yektiv sabablar bilan belgilanadi: - o’z kasb yo’nalishini amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish, boshqa yashash joyida yuqori ish haqi va mehnat sharoitlariga ega bo’lgan ishga joylashish; - inson sog’ligi hamda iqlimga xos yashash sharoitlarining zarurligi; - qarindosh-urug’ va yaqin insonlarga qo’shilish; - ma’lum bir madaniyatga, bilimga va yashash tarzini o’zgartirishga bo’lgan ehtiyoj; 262 - mehnat ziddiyatlari va oiladagi kelishmovchiliklar; - tasodifiy holatlar (vaziyatlar) va h.k. Mamlakat hududiga ko’chib kelish (immigratsiya) va undan ko’chib ketish (emigratsiya) miqdorlari o’rtasidagi farq migratsiya qoldig’ini anglatadi. Migratsiya qoldig’i (sal’dosi)ning miqdori (ijobiy yoki salbiy) migratsiyaning ishchi kuchi bozorini shakllantirishga bevosita ta’sirini tavsiflaydi. Bunga mazkur mintaqadagi kelganlar va ketganlar tarkibidagi tafovut ta’sir qiladi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bugungi holati uchun manfiy migratsiya qoldig’i xos bo’lib, u mamlakat mustaqilligidan so’ng avj oldi (12.5-jadval). Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling