Ishlaydigan o’smirlar. Ishlaydigan o’smirlar sonini belgilab beradigan barcha
omillar orasida, avvalo, demografik omilni qayd qilib o’tamiz. Bunda o’smirlarning
hammasi nazarda tutiladi. Shu bilan birga, 14-15 yoshli o’smirlarga e’tibor qaratiladi,
chunki ular kichik yoshdagi xodimlarning anchagina qismini tashkil etadi. Mamlakatda
bunday o’smirlar qanchalik ko’p bo’lsa, mehnat resursla-rining shu qismi boshqa
sharoitlarda ham ko’proq bo’ladi. Ishlaydigan o’smirlar soniga ijtimoiy-iqtisodiy omillar
ko’proq ta’sir qiladi, ular orasida oilalarning farovonligi va iqtisodiyotning ehtiyoji
muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimiz va boshqa mamlakatlarning tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki,
farovonlik darajasi va ishlovchi o’smirlar soni bir-biriga teskari bog’liklikda bo’ladi:
farovonlik qanchalik yuqori bo’lsa, o’smirlar shunchalik kamroq ishlaydilar va aksincha
bo’ladi. Shu bilan birga, bu bog’liqlik vaqt o’tishi bilan yuksalib boradi.
Iqtisodiyotning o’smirlar mehnatiga bo’lgan ehtiyoji ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarining murakkablashib borishi bilan qonuniy ravishda pasayib boradi –
mehnat faoliyati sohasida kengayadi. Bunda yaxshi ma’lumot darajasi, kasb tayyorgarligi
zarur bo’ladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari asosida islohiy o’zgarishlar
boshlanishi bilanoq vaziyat keskin o’zgardi, bu hol kishilarning erkinligi ortishi bilan
bog’liq bo’lib, ularga tobora ko’proq imkoniyatlar berila boshladi, ular o’z taqdirlari bilan
o’zlari xohlaganlaricha shug’ullana boshladilar. Ko’plab oilalarning moddiy ahvoli og’ir
ekanligi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Qo’shimcha daromad ishlash uchun yoshlar ham,
kattalar ham harakatga tushib qoldilar, bunga iqtisodiyotdagi vaziyat majbur qilgan edi.
Har xil mayda-chuyda xizmatlarni bajarib, xususan, mayda chakana savdo bilan
shug’ullanib pul ishlashning ko’p imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bu yerda shiddat bilan
vujudga kelgan ish o’rinlari asosan o’smirlar bilan to’ldi.
Kelgusida o’smirlarning mehnat resurslaridagi ulushi o’smir fuqarolarning aqliy va
jismoniy rivojlanishiga zarar etkazmagan holda ular mehnatidan ehtiyotkorona
foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |