O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Mehnat resurslari va butun aholi sonining o’zgarishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
Mehnat resurslari va butun aholi sonining o’zgarishi. Mehnat resurslari sonining
(dinamikasining) o’zgarishi bilan butun aholi sonining o’zgarishi o’rtasida, tabiiyki, bog’liqlik bor. Biroq, u birinchi qarashda unchalik ko’zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi o’zgaravermaydi. O’zgarishlar turli yo’nalishlarda bo’lishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi to’g’risidagi tasavvur kengroq bo’lishi uchun ularning o’zaro bog’likligini maxsus qarab chiqamiz. Mehnat resurslari yalpi aholining bir qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. Shuning uchun 267 mehnat resurslari sonining dinamikasi, pirovard natijada, aholi soni dinamikasini aks ettiradi. O’smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o’zgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham daxldordir. Tug’ilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga etishi faqat mehnat resurslariga ta’sir qiladi, butun aholining soniga daxldor bo’lmaydi. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko’proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog’liq. Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo’nalishda yaqqol ifodalangan o’zgarishi voqealarining normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart- sharoit yaratadi. Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog’liqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tiborni qaratamiz, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu ma’noda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish hamda asoslab berishning o’ziga xos metodologik vositasi bo’lib maydonga chiqadi. «Mehnat resurslaridan foydalanish» va «mamlakatning mehnat potensiali» tushunchalari o’zaro bog’liqdir. Biz, bu yerda foydalanish deganda, iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalishni tushunamiz. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan xalq xo’jaligida foydalanish samaradorligidir. «Mehnat resurslarini taqsimlash» deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan qismlari va ishlamaydigan qismlari tushuniladi. O’z navbatida, ishlamaydigan qism mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan yoshdagi o’quvchilar va shaxsiy yordamchi xo’jalik ishlarini bajarish bilan shug’ullanuvchilar, harbiy kuchlar safida xizmat qilayotganlar, ishsizlar, shuningdek hech bir yerda ishlamaydiganlar, o’qimaydiganlar va ish qidirmaydiganlarga bo’linadi. Mehnat bilan bandlik turlari bo’yicha mehnat resurslarini taqsimlashni faqat fuqaro aholi (ya’ni, bunga harbiy xizmatchilar kirmaydi) bo’yicha kuzatish mumkin. Ishlaydigan aholi (mehnat bilan band aholi), o’z navbatida, ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari bo’yicha taqsimlanishi, shu jumladan, aqliy va jismoniy mehnat bo’yicha, mehnat rejimi bo’yicha (to’liq yillik bandlik, to’liq bo’lmagan ish kuni, haftasi va hokazo), nihoyat ijtimoiy- iqtisodiy sohalar bo’yicha ko’rib chiqiladi. Respublikamiz iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga kirib borishi munosabati bilan sekin-asta ilmiy faoliyatga mehnat resurslarini taqsimlash jihatlari kirmokda va qaror topmoqda, ular xalqaro statistik tamoyillar asosida ko’rilmoqda, buning natijasida boshqa mamlakatlarning tegishli ko’rsatkichlari bilan taqqoslashga erishiladigan bo’layotir. Xalqaro jihatlardan biri mehnat bilan bandlarni «iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha» taqsimlashdir. Bu jihatning mazmuni iqtisodiy faoliyat turlarining klassifikatori mahsulot va xizmatlar klassifikatori deb belgilangan. Unga xalqaro standart tarmoq tasniflashi va 268 xalqaro asosiy mahsulotlar klassifikatori kiradi, ular BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mehnat resurslari va undan samarali foydalanish jarayonida bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bir qator tupgunchalar ham mavjud bo’lib, ularni alohida o’rganish muhim o’rin tutadi. Yollanma xodimlarga korxona rahbari yoki ayrim shaxs bilan mehnat shartnomasi (bitimi) tuzgan fuqarolar kiradi. Ish beruvchilarga mustaqil ish olib boradigan va bitta yoki bir nechta shaxsni ishlash uchun doimiy yollab turadigan xodimlar kiradi. O’z hisobidan ishlaydigan shaxslar doimiy asosda yollanma xodimlar yollamaydigan fuqarolar kiradi. Ishlab chiqarish kooperativlari a’zolariga kooperativlarning faol (ishlovchi) a’zolari hisoblanadigan shaxslar kiradi. Oilaning yordam beruvchi a’zolariga oilaviy biznesdagi oilalarning a’zolari kiradi, mazkur biznesga o’sha uy xo’jaligida ishlaydigan qarindoshlardan biri boshchilik qiladi. Maqom bo’yicha tasniflanmaydigan xodimlarga shunday fuqarolar kiradilarki, ular uchun turli sabablarga ko’ra o’zlarining qaysi guruxlarga mansubliklarini yaxshi bilmaydilar. Aholining mazkur taqsimlanishida ayrim pozitsiyalar o’rtasidagi nisbat, ya’ni tuzilma demografik omillar, oilalar farovonligi, iqtisodiyot tuzilmasi, mehnat bozorining ahvoli, mulkchilikdagi tashkiliy o’zgarishlar va boshqa omillarni aks ettiradi. Albatta, mehnat resurslarini taqsimlashning boshqa turlari ham bor. Bular jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi, sog’ligi bo’yicha taqsimlashdir. Barcha kishilar qobiliyati va ehtiyojlari bo’yicha turli-tumanligini bir necha bor aytib o’tgan edik. Shuning uchun ham iqtisodiyotning biror sohasidagi samaradorlik va ishga bo’lgan ehtiyoj bir xil emas. Yuqorida aytib o’tilgan ta’riflar bu turli-tumanlikni ma’lum darajada farqlab olish va uning oqibatlarini tushunish imkonini beradi. Mehnat resurslarining tuzilishiga yosh nuqtai nazardan murojaat qilish juda muhimdir, u ayniqsa, bozor sharoitida ko’proq ahamiyatga ega. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati yoshlarning soniga ko’p jihatdan bog’liq. Yoshlar yangi iqtisodiy «ruh»ni o’zlari va mamlakat foydasi uchun muvaffaqiyatliroq o’zlashtirib oladilar. Mehnat resurslarini taqsimlashga bog’liq ravishda inson resurslarining imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potensiali, hudud, korxonalarni o’rganish va aniqlash imkonini beradi. Mehnat potensialini sifat o’lchovidagi mehnat resurslari sifatida ta’riflash mumkin. Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potensiali» tushunchasi mehnat resurslari va iqtisodiyotning o’zaro ta’sirini o’rganishga yordam beradigan alohida omildir. Biz yana «mehnatni tatbiq qilish samaradorligi» ta’rifini ham aniqlab olishimiz kerak, u mehnat resurslaridan foydalanishning tavsiflaridan biridir. Har qanday faoliyat turidagi samaradorlik, oxir-oqibatda vaqt bilan o’lchanadi, vaqt mahsulot birligini yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadi, bunda mahsulot va xizmatlar sifatiga qo’yiladigan talablarga katta e’tibor beriladi. Shu nuqtai nazardan mehnatni tatbiq etish samaradorligi – yuqori sifatli natijaga mehnat sarfini kamaytirishga olib keladi. 269 Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda mehnatni tatbiq etish samaradorligiga mehnat unumdorligi ko’rsatkichi yordamida baho beriladi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarilmaydigan joylarda (masalan, ta’lim, sog’liqni saqlashda) faoliyatning ana shu turlari pirovard natijasini aks ettiradigan turli ko’rsatkichlar tatbiq etiladi. Mehnat resurslarini taqsimlash turlaridan biri mamlakat hududi bo’yicha taqsimlash bo’lib, u ham muayyan foydali axborotga ega bo’ladi. Respublika hududi iqtisodiy rivojlanish darajasi, kishilarning farovonligi va demografik rivojlanishi bilan farq qiladi. Masalan, Farg’ona vodiysi viloyatlarining Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bilan bo’lgan farqi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu farqlar hududlardagi mehnat resurslarining o’ziga xos shakllanishi va ulardan foydalanishda o’z ifodasini topadi. Bu xususiyatni bilish mehnat resurslari haqidagi tasavvurni boyitadi va shu sababli mintaqaviy darajadagi mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish imkonini beradi. Natijada barcha mehnat muammolari qandaydir bir hudud bilan bog’liq bo’ladi. Mehnat resurslarini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari, avvalo, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri bilan bog’liqdir. Demografik omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik kiradi, u hal qiluvchi darajada tug’ilish darajasi bilan bog’liqdir. Bu daraja qancha yuqori bo’lsa, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak mehnat resurslari shunchalik tez o’sadi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan mehnat resurslarini shakllantirish uchun ancha ahamiyatlisi mintaqadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy kon’yunktura tuzilmasining xususiyatlari (mehnat unumdorligining o’sishi)ni aytib o’tish mumkin. Bu hol ishlovchi o’smirlar va ishlovchi pensionerlar soniga ta’sir qiladi. Ish o’rinlarining, ayniqsa, o’smirlar va katta yoshdagi ishlovchilarning mehnatdan foydalanishga mos keladigan ish o’rinlarining mavjudligi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan bog’liq. Iqtisodiy kon’yunktura ish kuchiga bo’lgan talabni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bu bilan mehnat sohasi kengayadi yoki torayadi, tegishli ravishda qarab chiqi- layotgan mehnat resurslarining ishlashi uchun imkoniyatlar ko’proq yoki ozroq bo’ladi. Mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlari ham demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning amal qilishi bilan bog’liqdir. Mehnat resurslaridan foydalanish tomonlaridan biri mehnat resurslarini taqsimlash bo’lsa, ikkinchi tomoni mehnatni tatbiq etish samaradorligidir. Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy shart-sharoitlari ta’siriga ancha ko’proq uchraydi. Demografik omillarning ta’siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo’ladi, u, odatda, turli mintaqalarda turlicha bo’ladi. Mehnatta layoqatli yoshdagi kishilarning ishlaydigan va ishlamaydigan qismlarga bo’linishi ma’lum darajada ana shu bilan belgilanadi. Aholi tarkibidagi kichik yoshli bolalar sonining ko’payishi, uy-ro’zg’or ishlari bilan band ayollar soniga ta’sir ko’rsatadi. Tajriba shundan dalolat beradiki, bu ikki ko’rsatkich o’rtasida bevosita bog’likdik bor. Ishlamaydiganlarning anchagina qismini mehnat qilish yoshidagi o’quvchilar tashkil etadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli yoshdagi yoshlarning soniga bog’liqdir. Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan eng ahamiyatlilari: iqtisodiy kon’yunktura va ishlab chiqarish tuzilmasidir. Iqtisodiy kon’yunkturaga ishsizlar soni, ishlab chiqarish tuzilmasiga esa xodimlarning tarmoqlar bo’yicha, kasblar, ish kuchining kasbiy 270 tayyorgarligi bog’liq bo’ladi. Mehnatni sarf qilish samaradorligi bo’yicha mintaqalar farqiga sabab shuki, turli hududlarda texnologiya darajasi, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha bo’ladi. Turli sabablarga ko’ra, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan sabablarga ko’ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin. Mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish mehnat resurslarini o’rganishning eng muhim tomonlaridan biridir. Masalaning bu tomonini bilish mehnat munosabatlari va mehnat bozorini davlat yo’li bilan samarali boshqarish uchun zarur bo’ladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling