O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
12.6. Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga
muhtoj shaxslarni aniqlash Bozor islohotlari sharoitida mehnat resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb tus oladi. Chunki mehnat salohiyatini yuzaga chiqarish va undan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash mumkin. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni xohlovchilarning hammasini ish bilan ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo’lgan shaxslarni to’la hisobga olish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolarni hal qilishda mehnat potensialini shakllantirish, taqsimlash va ishga joylashish borasidagi real ehtiyojni aniqlash imkonini beradigan samarali usuldan foydalanib, ularning safarbarlik holatini hisobga olishni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa mehnat resurslari balansini tuzish va uni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Mehnat resurslari balansi mehnat resurslari mavjudligi va ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimidir. Mazkur balans hisobot va prognoz ko’rinishlarda tuziladi. Mehnat resurslarining hisobot balansi mehnat resurslarining amaldagi ko’rsatkichlari va ularning hisobot davrida (yilda) taqsimlanishi bo’lib, u hisobot yilida o’tkazilgan monitoring natijalari asosida ishlab chiqiladi. Prognoz balansda esa mehnat resurslaridan foydalanish holati tahlil qilinib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini hisobga olgan holda tuziladi. Mehnat resurslari balansi ikki qism – resurslar va taqsimlash qismlaridan iborat bo’lgan ko’rsatkichlar tizimidir. Birinchi qism mavjud mehnat resurslarini hamda ularni shakllantirish manbalarini ko’rsatadi. Ikkinchi qism mehnat resurslarining iqtisodiy faol hamda iqtisodiy nofaol shaxslarga taqsimlanishini ko’rsatadi. Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash chog’ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olish (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy xo’jaliklari, xodimlar ro’yxatlari) turlari, shuningdek ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat. Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to’plash shakllari va usullari bo’yicha bir-biridan farq qilishi mumkin. Tanlanma monitoring ma’lumot to’plash vositalari orasida eng moslashuvchan usuldir. Uning natijalariga qarab, mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, 271 ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni olish, shuningdek zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o’zgartirish yoki maydalash mumkin. Bu esa, ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash imkonini beradi. Ishchi kuchini tekshirib chiqish faqat ishlayotganlarni emas, balki vaqtincha ish bilan band bo’lmaganlarni ham qamrab olganligi, u mehnat resurslari va ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to’la-to’kis tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Mehnat resurslarining hisobot balansi har qaysi yil va uning davrlari yakunlariga qarab, respublika va uning hududlari bo’yicha tuziladi. O’zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi «Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi 42-sonli Qarori bilan qabul qilingan bo’lib, mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish bilan bandlikning yangi noan’anaviy shakllarining (uy mehnati, kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat ko’rsatish va servis) paydo bo’lishi natijasida o’z qamrovini yo’qotdi. Shuningdek, mazkur metodika respublika aholisi va uy xo’jaliklari statistikasini yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va yangi talablarga javob bermay qo’ydi. Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining «Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo’lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to’g’risida»gi 106-sonli Qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholini hududlar bo’yicha hisoblab chiqish» Metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Unda «ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi» tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan «ishsizlar» tushunchasiga teng deb qaraladi. Mazkur metodikaga ko’ra: 1. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar soni va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: bunda: MM – ishga joylashtirishga muhtoj aholi (ishsizlar); Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling