O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo’llari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo’llari 
«Mehnat resurslarining shakllanishi» tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy 
adabiyotlar va statistika amaliyotida qaror topgan bo’lib, o’ziga xos tor kasbiy atama 
sifatida qo’llanib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi haqida umumiy 
tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo’q. Biz esa «mehnat 
resurslarini shakllantirish» deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib 
turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz. 
Aftidan, «takror ishlab chiqarish» «shakllanish» so’ziga qaraganda to’g’riroq 
bo’lardi. Lekin, odatiy bo’lib qolgan hamda barqaror bo’lib borayotgan atamalardan voz 
kyechish ham to’g’ri bo’lmasa kerak. Buning ustiga «shakllanish» atamasi aholining 
takror ishlab chiqarilishi bilan mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishi o’rtasida, 
muhim farqlar mavjudligi haqida ilmiy fikrlar borligini ham e’tirof etishimiz zarur. 
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat 
resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga 
layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilar, 
ikkinchidan, har bir guruh aholi soni va uning o’zgarishi ta’sir qiluvchi omillar, 
uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik 
o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarni ko’rib chiqishimiz lozim. 
Mehnat resurslarining aksariyat ko’pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi 
mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, 
ishlovsi pensionerlar va amalda «nol’» vazifasini bajaruvchi shaxslar, mehnatga layoqatli 
yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o’smirlar mehnat resurslarining salmog’ida u darajada 
sezilarli rol’ o’ynamaydi. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari 
tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda 
dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so’ngra uning mehnat kilishga 
qobiliyatli qismini ko’rib chiqamiz. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki 
sog’ligi yomon bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda 
gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab 


264 
turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II guruh 
nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari 
mumkin. Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo’lgan 
davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga 
kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasnodir). Mehnatga 
layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlarning soni nisbatan kamroq va 
nisbatan barqarordir. 
Mehnat resurslarining sonini hisoblab chiqish sxemasi quyidagi tarzda taqdim 
etilishi mumkin: 
Mehnat resurslari = mehnat qilishga layoqatli aholi – mehnat qilish yoshidagi 
ishlamaydigan I va II guruh nogironlari – ishlamaydigan imtiyozli pensionerlar + 
ishlovchi o’smirlar + ishlovchi pensionerlar. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining bir qismi bo’lib, ularning 
soni demografik omil ta’sirida o’zgarib turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli 
yoshlardagi o’lim darajasiga bog’liq. Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar 
bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o’rtasidagi nisbatga ham bog’liq. O’lim 
qanchalik kam bo’lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bu yoshdan chiqqan 
kishilarning o’rtasidagi farq qanchalik yuqori bo’lsa, mehnat qilish qobiliyatiga etgan 
kishilar soni shunchalik ko’p bo’ladi yoki aksincha. 
Respublikamiz tarixining o’ziga xos xususiyatlari mehnat qilishga layoqatli 
yoshdagi kishilar soni dinamikasiga kuchli ta’sir qildi. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi 
aholidan mehnat qilish yoshidagi mehnatga layoqatli aholiga o’tish uchun, biz bu 
yoshdagi I va II guruh nogironlaridan ishlamaydigan kishilarning toifasini ko’rib 
chiqishimiz kerak. 
Boshqa teng sharoitlarda I va II guruh nogironlari qancha ko’p bo’lsa, ular orasida 
ishlamaydiganlari ham shunchalik ko’p bo’ladi. I va II guruh barcha nogironlarning soni 
kishilarning sog’ligi bilan bog’liq shart-sharoitlar majmui ta’sirida qaror topadi. Bu 
majmuaning odamlar qanday ovqatlanishi, qanday suv ichishi, qanday havodan nafas olishi, 
qanday dam olishi, tibbiyot ularni qanday davolashi, mehnat sharoiti qanchalik shinam va 
havosiz ekanligi kabi omillar bilan bog’liqligini hisobga olish zarur. Har qanday davlat 
nogironlarning iloji boricha kamroq bo’lishi, nogironlar orasida esa ishlovchilar ko’proq 
bo’lishini istaydi. Mamlakatimizda boshqa mamlakatlardagi kabi ish beruvchilar, 
nogironlarga ish o’rinlari ajratuvchilar rag’batlantirilgandi. Davlatning nogironlar 
mehnatidan manfaatdorligi iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Iqtisodiy ahamiyati 
shundan iboratki, byudjet mablag’lari hisobidan kun ko’ruvchi qaramoqdagilar kamroq 
bo’lishi kerak. Ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, inson uchun (jismoniy yoki ruhiy 
buzilishlar bilan bo’lsa ham) o’zining jamiyatga foydali ekanligini his qilishi ham muhimdir. 
Shu bilan birga, muayyan miqdorda mablag’ topib turishga intilish o’zining hayot bilan 
baravar odim tashlash istagini ham nazardan qochirmaslik kerak. 
Ishlamaydigan nogironlar sonining bo’lajak dinamikasi kishilar turmush 
darajasining yaxshilanib borishi va ishlab chiqarish texnologiyasining xodimga, ayniqsa, 
xizmat ko’rsatish sohasida moslashib borishga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Mehnatga 
qobiliyatli aholi orasida ishlamayditan nogironlar miqdorining kamayib borishi mehnat 
sohasini rivojlantirishning barqaror tamoyilini tashkil etadi, deb hisoblash ancha 
to’g’riroq bo’ladi. 


265 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling