O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Inson (shaxs) 
Inson kapitali 
Mehnat potentsiali 
Shaxsiy qobiliyatlar, moddiy va nomoddiy 
harajatlar 
Mehnat layoqati, safarbarlik, tajriba
va ko’nikmalar 


255 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.10-chizma. Inson kapitalining shakllanishi jarayoni 
- uni shakllantirishda «ikki yoqlama ko’payuvchi samara» o’z o’rniga ega. Uning 
mohiyati shundaki, ta’lim jarayonida o’rganuvchidan tashqari o’rgatuvchining ham 
qobiliyati va mahorati o’sib boradi. Natijada har ikkisining ham daromadlari oshadi; 
- unga kiritiladigan qo’yilmalarning xarakteri va turi tarixiy, milliy, madaniy va 
an’anaviy xususiyatlar bilan bog’liq; 
- uning moddiy kapitaldan farqi shundaki, u o’z egasi, ya’ni tirik inson shaxsidan 
ajralmasdir; 
- shakllanish manbalaridan qat’i nazar, inson kapitalini qo’llash va bevosita 
daromadlar olish kishining o’zi tomonidan nazorat qilinadi; 
- inson kapitali jismoniy va ruhiy jihatdan yemirilib boradi. Uning yemirilishi inson 
organizmi va unga xos psixofiziologik funktsiyalarning tabiiy yemirilishi (keksayish), 
ikkinchidan bilim va tajribalarning ma’naviy yemirilishi (eskirish) darajasi bilan 
aniqlanadi. 
Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar sog’liqni saqlash, umumiy va maxsus 
ma’lumot olish, malaka oshirish, kasbiy tayyorgarlikdan o’tish, turli axborot va 
ma’lumotlarga ega bo’lish, ish qidirish, migratsiya, oila qurish, farzand ko’rish va uni 
tarbiyalash bilan bog’liq xarajatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ushbu xarajatlardan eng 
muhimlari salomatlik va ta’lim uchun sarf qilinganlaridir. Salomatlikka, uni saqlashga 
yo’naltiriladigan investitsiyalar kasallik va o’limning oldini olib, kishining mehnatga 
layoqatli umrini, inson kapitalining ishlash davrini uzaytiradi. Inson salomatligining ahvoli 
uning tabiiy kapitali bo’lib, butun umr davomida asta-sekin" yemirilib boradi. Sog’liqni 
saqlash bilan bog’liq investitsiyalar esa mazkur jarayonni yanada sekinlashtiradi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling