O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Milliy iqtisodiyot 
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari uchun 
zarur shart-sharoitlar 
Moddiy: 
- tabiiy ne’matlar; 
- daromad; 
- oziq-ovqat; 
- mehnat sharoitlari; 
- uy-joy sharoitlari; 
- atrof muhit; 
- xizmatlar; 
- ijtimoiy himoya. 
Ma’naviy: 
- sog’liqni saqlash; 
- ta’lim; 
- axborot resurslari; 
- madaniy hordiq; 
- jismoniy tarbiya va sport; 
- urf-odatlar; 
- milliy qadritlar. 
Shaxsning voyaga etishi va har tomonlama kamol 
topishi 
Inson kapitalining shakllanishi va 
rivojlanishi 


256 
Umumiy va maxsus ta’lim kishidagi bilimlar shaklini yaxshilaydi, inson kapitalining 
sifat darajasi o’sishiga xizmat qiladi. Ta’lim tizimiga kiritiladigan investitsiyalar malakali 
mutaxassislarni etishtirish va yuqori mehnat unumdorligining yuzaga kelishiga sharoit 
yaratadi, ular esa, o’z navbatida, iqtisodiy taraqqiyot sur’atining jadallashuviga turtki 
bo’ladi. 
Inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar darajasining quyidagi ko’rsatkichlarini 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
- avanslangan inson kapitali – uning shakllanishi uchun dastlabki investitsiyalar 
(salomatlik, tarbiya, umumiy va maxsus ta’limga, shuningdek, shaxsning me’yoriy 
turmush tarzini ta’minlovchi investitsiyalar) yig’indisini o’zida mujassamlashtiradi; 
- qo’shimcha inson kapitali – uning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini tiklash hamda 
yaxshilashga xizmat qiluvchi investitsiyalarni o’z ichiga oladi; 
- qoldiq inson kapitali – uning tabiiy aylanmasi (oboroti) yakunlangandan so’ng 
daromaddan chegirib boriladigan (amortizatsiyalanadigan) investitsiyalar; 
- iste’mol inson kapitali – xodim hayotining o’tgan davrida (baholashga qadar) 
amortizatsiyalangan investitsiyalar; 
- potensial inson kapitali – hayot faoliyatining keyingi davrida (baholashdan so’ng) 
amortizatsiyalangan investitsiyalar; 
- foydalanilgan 
inson 
kapitali 
– uning tabiiy aylanmasi mobaynida 
amortizatsiyalangan investitsiyalar. 
Avanslangan, qo’shimcha, iste’mol va potensial inson kapitallarini baholash va 
amortizatsiyaning tegishli myo’yorlarini hisoblash turli davrlar hamda xodimlarning turli 
toifalari uchun amalga oshirilishi lozim. 
Inson kapitali – iqtisodiy dinamika nuqtai nazaridan, ya’ni ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish kategoriyasi sifatida ifodalanishi lozim bo’lgan kategoriyadir. Uni takror ishlab 
chiqarish davriy (tsiklik) shaklga ega bo’lgan ko’p bosqichli jarayondir. Bunda inson 
kapitali tabiiy, iqtisodiy va innovatsion aylanmani bajaradi. Uning davriy xarakteri 
quyidagi uchta asosiy ko’rinishda aks etadi: 
1. Tabiiy aylanma, xodimlarni mehnat faoliyati tugashi bilan almashtirish yoki 
pensiyaga chiqishi natijasida ro’y beradi. 
2. Iqtisodiy aylanma, texnologiya, texnika ishlab chiqarish turining o’zgarishi bilan 
bog’liq bo’lib, ishchilarni qayta tayyorlash va ular tomonidan yangi kasblarni 
o’zlashtirishga olib keladi. 
3. Innovatsion aylanma, texnika va texnologiyadagi sifat o’zgarishlari, mehnatni 
tashkil etish usullarining takomillashishi bilan bog’liq bo’lib, xizmatchilarni kasb-malaka 
tavsiflari oshishi, sifatning yaxshilanishi, mehnat unumdorligi va ish haqining o’sishi 
kuzatiladi. 
Inson kapitali bir vaqtning o’zida ham tabiiy, ham iqtisodiy aylanmada bo’lishi 
mumkin hamda bu ma’lum moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlarni talab etadi. 
Individual inson kapitallarining barcha umumiy aylanmalari integratsiyasi va o’zaro aloqasi 
inson kapitalining umumiy aylanmasi deb ataladi. Bu esa mamlakat milliy boyliklarining 
takror ishlab chiqarilishi, o’sishi, to’planishi, foydalanish va iste’mol qilinishini jamiyatni 
va inson hayot faoliyati barcha sohalarining takror ishlab chiqarilishi va rivojlanishini 
ta’minlaydi. 


257 
Inson kapitalini shakllantirishni mikro va makro darajalarga ajratish mumkin. Uni 
mikro darajada shakllantirish alohida individ uchun inson kapitalining o’ziga xos aktivini 
yaratish maqsadida inson kapitaliga investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, 
korxona o’z xodimining malakasini oshirish, qayta o’qitish, sog’lig’ini tiklash, dam olishini 
tashkil etish va shu kabilarga sarflagan xarajatlari (investitsiyalari) mikro ko’rinishga ega 
bo’ladi. Mamlakatning barcha yoki ma’lum toifa aholisiga (bolalar, yoshlar, o’quvchilar, 
talabalar) yo’naltirilgan chora-tadbirlar (sog’liqni saqlash va ta’limning barcha tizimlari) 
inson omilini shakllantirishning makro darajasi deb yuritiladi. 
O’zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish inson 
resurslarining miqdor va sifat jihatdan mutanosibligini ta’minlash bilan bevosita bog’liq 
jarayondir. Aholini ijtimoiy-demografik o’rganish shuni ko’rsatadiki, mehnat potensialini 
iqtisodiyotga to’liq jalb etish, unumdorlikni oshirish va ish haqi to’lashni 
takomillashtirishning barchasi sifat ko’rsatkichlarga bog’liq. Biroq, tahlillarning 
ko’rsatishicha, O’zbekistonda milliy iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida tashkil etilgan 
yangi ish joylari bilan kadrlar tayyorgarligi, bilimi va malakasi o’rtasida nomutanosiblik 
mavjudligi sezilmoqda. 
Olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
natijasidan 
ma’lum 
bo’ladiki, O’zbekistonda 
mustaqillikdan oldingi yillarda mehnat potensiali rivojlanishining faqat mikdor 
ko’rsatkichlarigagina e’tibor berib kelingan. Vaholanki, ularning sifat darajalari nafaqat 
har bir inson, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling