O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
 f(s) s (s
1
, s
2
, s
3
, s
4
, s
5
, s
6
,…... s
n
)


245 
imkoniyatlargina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish va iqtisodiyotni 
yuritish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Mehnat potensialini tadqiq etishda ularning tegishlilik xususiyatlariga ko’ra 
o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u tegishlilik darajasiga ko’ra, o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib, bir-biridan farqlanuvchi shaxsiy, tarmoq va hududiy 
ko’rsatkichlar tizimidan iborat. 
Potensialning tegishlilik xususiyatini talqin etishda turli olimlar turlicha nuqtai 
nazarni ilgari suradilar.
Ural davlat iqtisodiyot universiteti professori N.I. Shatalova mehnat potensialini 
mikro darajada tadqiq etib, mazkur kategoriyani ishchi (xodim) egalik qiladigan ish 
salohiyati sifatida talqin etadi
1

Shuningdek, rus olimi I.A. Kokorev ham faqatgina mikro jihatdan ko’rib chiqib, 
mazkur tushunchani faqat shaxs mehnat potensiali sifatida talqin etgan. Uning fikricha
mehnat potensiali shaxs egalik qiladigan va unga tegishli bo’lgan mehnatga oid sifat va 
qobiliyatlarning umumlashmasidir
2

A.Ya. Kibanov mehnat potensialini tegishlilik xususiyatiga ko’ra, mikro va makro 
darajada o’rganib, uni 3 qismga ajratadi: 
1. Ishchining mehnat potensiali – xodimga tegishli bo’lgan mehnatning sifat va 
miqdor ko’rsatkichlari hamda uning ish faoliyatida ishtirok etish chegarasini belgilovchi 
imkoniyatlaridir. Xodimning mehnat potensiali uning kadr potensiali orqali namoyon 
bo’ladi. Uning potensiali asosini tabiat tomonidan berilgan sifat ko’rsatkichlari (sog’liq, 
jismoniy imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlar) tashkil etadi.
2. Korxona mehnat potensiali – ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida tashkilot mehnat 
jamoasiga tegishli bo’lgan mehnatning miqdor va sifat imkoniyatlaridir. Tashkilot mehnat 
potensiali inson faoliyatining aniq shakldagi moddiylashuvi hisoblanib, korxona kadrlar 
potensialining sifat va miqdor xususiyatlari uyg’unligining personallashgan ishchi kuchi 
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, u korxona kadrlar tarkibining 
shaxsiy va professional imkoniyatlarining umumiy bahosidir. 
3. Jamiyat mehnat potensiali mamlakatning umumiy mehnat imkoniyatlaridir. U 
sifat va mikdor xususiyatlariga (mehnatga layoqatli aholi soni, mehnat resurslari, 
mehnatga layoqatli aholining ish vaqti miqdori, salomatlik darajasi, jismoniy 
imkoniyatlar, ta’lim va malaka darajasi) ega bo’lgan jamiyatning kadr potensiali sifatida 
namoyon bo’ladi
3
. 
O’zbekistonda 2004 yil chop etilgan «Mehnat iqtisodiyoti» kitobida mehnat 
potensiali mikro va makro darajada qarab chiqilgan bo’lib, u xodim, tashkilot va jamiyat 
egalik qiladigan mehnat potensialiga ajratib ko’rsatilgan. Mazkur kitobda keltirilishicha, 
inson jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining majmui shaxs (xodim) mehnat 
potensialining asosi hisoblansa, ijtimoiy, ya’ni turli shaxslarning birgalikdagi faoliyati 
tufayli paydo bo’ladigan «oshirilgan» unumli kuch, jamoa va tashkilot mehnat 
potensialining asosini tashkil etadi
4

1
Шаталова Н.И. Трудовой потенциал работника: проблемы функционирования и развития. –Екатеринбург: 
УрГЭУ, 1998, с. 38. 
2
Кокорев И.А. Управление персоналом в рамках концепции человеческого капитала. - М., 2002, с. 40. 
3
Экономика и социология труда. Учебник. /Под ред. А.Я. Кибанова. -М.: Инфра-М, 2007, с.43. 
4
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. -T.: Mehnat, 2004, 221-b. 


246 
Yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib, ularga qo’shimcha qilgan holda, mehnat 
potensialining xususiyatiga ko’ra mikro, mezo va makro darajalarga ajratish mumkin. 
Bunda mikro darajasi korxonaning (tashkilot), mezo darajasi hududning (mintaqa), makro 
darajasi esa mamlakatning jami mehnat potensialini ko’rsatadi (12.7-chizma). 
Korxona (tashkilot) mexnat potensiali deb ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) 
jarayonida ishtirok etayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda hamda 
qo’yilgan maqsadlarga erishishda ma’lum vazifani (ishni) bajarayotgan xodimlar 
 
 
 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling