O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Mehnatga layoqatli 
yoshlardagi aholi 
Ishlaydigan yoki vaqtincha 
ishlamaydigan aholi 
Ishlamaydigan aholi 
Ish qidirmayotganlar
va ishlashga tayyor
turmaganlar 
Ish qidirayotganlar va 
(yoki) ishlashga tayyor 
turganlar 
Joriy davrda faol aholi
(ishchi kuchi) 
Mazkur paytda faol bo’lmagan aholi 
(mehnat qilish yoshiga etmaganlar ham 
qo’shiladi) 





240 
foydalaniladi Ishchi kuchi – mehnat jarayonida inson foydalanadigan uning jismoniy va 
ma’naviy qobiliyatlarning majmuasi. Zamonaviy xorijiy iqtisodiy nazariyalarda «ishchi 
kuchi» atamasi ko’pincha «iqtisodiy faol aholi» tushunchasining sinonimi sifatida 
qo’llaniladi. Masalan, R.J. Erenberger va R.S. Smit bunday ta’rif berganlar: «Ishchi 
kuchi» deganda yoshi 16 dan yuqori bo’lgan xodimlar va yo endilikda ishlayotganlar, 
yoki faol ravishda ish qidirish bilan band bo’lganlar yoxud ishdan bo’shatilganlaridan 
keyin xizmatlarga yana murojaat qilishlarini kutayotganlar tushuniladi»
1
. Xalqaro mehnat 
tashkiloti XMT ham xuddi shunga o’xshash nuqtai nazarga amal qiladi. 
«Ishchi kuchi» atamasi ko’p hollarda uch ma’noni anglatishda ishlatiladi: 
• organizm, tirik inson shaxsi ega bo’lgan va har safar u qandaydir iste’mol 
qiymatini yaratish chog’ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar majmui 
sifatida; 
• aholining ish bilan band bo’lgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol 
aholining sinonimi sifatida; 
• umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari sifatida. 
Qizig’i shundaki, ma’lum kontekstda «yollanma ishchilar» va «mehnat», «ishchi 
kuchi» so’z birikmasi bilan ifodalanadi. Ammo ayni bir vaqtda «mehnat resurslari» so’zi 
va «ishchi kuchi» so’z birikmalari turli variantlarga ega bo’lib, ularni qo’llashda ongli va 
tegishli izohlar berish kerak bo’ladi. 
Shunday qilib, «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari turli man- 
balarda turlicha ishlatiladi va ko’p hollarda bir-biridan deyarli farqlanmaydi. 
Hozirgi zamon mehnat iqtisodiyotida «mehnat resurslari» tushunchasi bilan bir 
qatorda «inson resurslari» tushunchasi ham keng qo’llanilmoqda. 
Inson resurslari muayyan sifat xususiyatlariga ega bo’lgan mamlakat aholisining bir 
qismidir. Biroq, mamlakatimizdagi iqtisodiy adabiyotlar va statistik hisobotlar yuritishda 
«inson resurslari» degan atama keng tarqalmagan – uning o’rniga 20-yillarda paydo 
bo’lgan «mehnat resurslari» va «mehnat potensiali» degan atamalar keng qo’llanib 
kelinmokda. Mehnat resurslari va mehnat potensiali birga qo’shilganda, ular inson 
resurslarining aniq ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. 
Inson resurslari deganda, mamlakat aholisining foydali faoliyat yuritish uchun zarur 
bo’lgan jismoniy rivojlanish, aqliy qobiliyatlar va bilimga ega bo’lgan qismi tushuniladi.
Aholining ish bilan band va ishlash uchun ish izlayotgan ishsiz qismi «iqtisodiy faol 
aholi» tushunchasi anglatadi. Bu tushuncha iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatda ko’p 
yillar davomida qo’llanib kelmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti andozalarga muvofiq
«iqtisodiy faol aholi» tushunchasi XMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga 
kiritilgan tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o’z 
mehnatini taklif etadigan ayol va erkak shaxslarni o’z ichiga oladi. 
Xalqaro mehnat tashkiloti andozalarda “iqtisodiy faol aholi” atamasi iqtisodiyotda 
keng ma’noda qo’llaniladigan asosiy tushuncha sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy faol aholini 
belgilaydigan quyidagi ikkita o’lcham ko’zda tutiladi: odatda «faol aholi», deb uzoq 
davom etadigan vaqtga, masalan, bir yilga tatbiqan: «hozirgi paytda faol aholi» deb 
qisqacha vaqt bo’lagiga, masalan, hafta yoki kunga tatbiqan aytiladi (12.4-chizma). 
1
Erenberg R.J., Smit R.S. Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti: nazariya va davlat siyosati. - M., 1996, 34-6. 


241 
Faollik tamoyili shuni anglatadiki, shaxsni u yoki bu toifaga kiritish uning muayyan 
davr mobaynidagi haqiqiy faoliyatiga bog’liq. Faol aholi guruhiga faqat iqtisodiy faoliyat 
bilan shug’ullangan ish qidirgan ishga kirishga tayyor turgan mehnatga yaroqli 
shaxslargina kirishi mumkin.
Faol bo’lmagan aholi toifasiga kunduzgi o’quv yurtlarida o’qiydigan o’quvchilar, 
talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi 
shaxslar; ish qidirmay qo’ygan shaxslar; ishlashga zarurati bo’lmagan shaxslar kiritiladi. 
Ko’rib turibsizki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi» atamalari bir-biridan 
farq qiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi «mehnat resurslari» tushunchasidan 
mazmunan torroq. Mehnat resurslari toifasiga ishsizlardan tashqari, qandaydir sabablarga 
ko’ra ish bilan band bo’lmagan muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolar kiritiladi. Biz 
«mehnat resurslari» tushunchasi hozirgi vaqtda faqat tarixiy ma’noga ega bo’lishi 
mumkinligi to’g’risidagi fikrga qo’shilamiz, chunki ishlatib bo’lmaydigan narsani resurs 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling