O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.4-chizma .
Mehnatga qobiliyatli aholi
Faol aholi (ishchi kuchi) Ish bilan band aholi Mehnat qilishga muhtoj ishsizlar Yollanma mehnat bilan band Xususiy korxonalar Standart ta’rif Faol bo’lmagan aholi Qoidaning zaiflashuvi Quyidagi sabablarga ko’ra: a) ta’lim olayotganlar; b) uy yumushlari bilan bandlar (ko’p bolali onalar); v) pensiyaga chiqqanlar; g) boshqa sabablarga ko’ra ishlashni xohlamaydi- ganlar. Pul yoki natura bilan to’lanadigan ish haqi yoki maoshga ishlaydilar Pul yoki natura bilan to’lanadigan foyda yoki xususiy daromad uchun ishlaydilar “Ishsizlar”, “ishlashni xohlovchilar”, “ish qidirayot- ganlar (yollanma xodimlar)” “Ishsizlar”, “hozir ishlashni xohlaydilar” (yollanma xodimlar va korxonalarning egalari), lekin “ishga ega emaslar” Ishlari bor, lekin ishlamaydilar (rasman ishlayotgan hisoblanadilar) Korxonalari bor, lekin ishlamay- dilar 12.4-chizma. Mehnat resurslarini faol va faol bo’lmagan aholi turlari bo’yicha tasnifi 242 deb bo’lmaydi. Xalqaro integratsiya jarayonlari va mamlakatlararo taqqoslashlarni amalga oshirish uchun turli tushunchalardan foydalanishni bir xillashtirish zarurligini hisobga olib, «iqtisodiy faol aholi» tushunchasini qo’llashga o’tish to’g’riroq bo’ladi, dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning statistiklari aynan shuni qabul qilganlar. 12.2. Mehnat potensiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni Mehnat jarayonining asosiy sharti jamiyatda mehnat potensialining mavjud bo’lishidir. Iqtisodiy adabiyotlarda hozirgacha jamiyatning mehnat potensiali tushunchasiga turli qarashlar mavjud bo’lib, bu tushuncha bilan bog’liq «mehnat resurslari», «ishchi kuchi» tushunchalarini undan farqlash zarurati bo’lganligi sababli ushbu tushunchalar munozarali masala bo’lib qolmoqda. «Potensial» atamasi ilmiy muomalaga bundan 15-20 yil oldin kiritilgan edi. Etimologik jihatdan u «yashirin imkoniyatlar, quvvat, kuch» ma’nosini anglatadi. «Potensial» tushunchasining ma’nosini keng talqin qilish uni «qandaydir vazifani hal etish yoki muayyan maqsadga erishish uchun xarajatga keltirilgan foydalanilgan imkoniyatlar, mablag’lar, zaxira manbai; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi imkoniyatlaridir», deb qarashdan iboratdir. Shunday qilib, «potensial», «potensialli» degan atamalar biron-bir kishida, korxonaning boshlang’ich mehnat jamoasida, umuman, jamiyatda yashirin, lekin hali o’z imkoniyatlari yoki qobiliyatlarini ular hayotining tegishli sohalarida namoyon qilmaganligini bildiradi. Agar «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalar o’zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni mujassam etsa, bulardan farqli ravishda mehnat potensiali ham miqdor, ham sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Ayrim iqtisodchilar mehnat potensialining miqdor ko’rsatkichlari bevosita resurslar miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan o’smirlar va pensionerlarni kiritadilar. Mehnat potensialining miqdor ko’rsatkichlari faqatgina resurslarning faol qismi bilan cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qatlamini ham kiritish mumkin: - mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi; - ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari; - mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar; - ishlash xohishini bildirgan o’smirlar va yoshga doir pensionerlar. Ushbu aholi qatlamlariga yetarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnat sharoitlari bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachilik, uyda o’tirgan holda pullik ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko’rsatish (kichik shohobchalarda) kabi faoliyatlarga jalb qilish yo’li bilan ularni jamiyatning faol va to’laqonli a’zosiga aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli yuqorida sanab o’tilgan aholi toifalarini mehnat potensialining qo’shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. 243 Bundan tashqari, potensialning faol miqdoriga mamlakatimiz hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlarni (immigrantlarni) ham kiritish mumkin. Immigrantlarni potensial tarkibiga kiritishning sababi shundaki, ular ham mamlakat ishlab chiqarishida (moddiy va nomoddiy sohalarda) ishtirok etadi, iqtisodiyot tarmoqlarida o’z ishchi kuchini namoyon qiladi, aqliy va jismoniy salohiyatini safarbar etadi. Garchi, norezidentlar o’z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy qismini o’zlari olsalar-da, lekin mamlakat hududida o’z ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq xarajatlarni (oziq-ovqat, dam olish, uy-joy ijarasi, kommunal, transport, uy- ro’zg’or), daromad solig’i va boshqa ijtimoiy to’lovlarni amalga oshiradilar. Bu esa byudjet tushumlari va naqd pul aylanmasida o’z aksini topadi. Biroq, O’zbekiston iqtisodiyotining bugungi holati uchun mazkur toifa ahlining ishtiroki u qadar sezilarli bo’lmasa-da, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy elchixona va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning hududiy, mintaqaviy bo’limlari, qo’shma korxonalar, xorij firmalari, dilerlik kompaniyalari, xorij korxonasi filial va shu’balari hamda hamkorlik tashkilotlarida norezidentlar mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Demak, bugungi kunda mamlakatimizda immigrantlar xizmati asosan xorijiy ulush yoki tegishlilikka ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda kuzatilmokda. Shuningdek, ularning mustaqil tarzda mamlakat mehnat bozorida paydo bo’lishi va o’z ishchi kuchini namoyon etishi kam uchraydigan hodisadir. Iqtisodiyoti jadal rivojlangan, sanoat va ishlab chiqarish keng taraqqiy etgan, iqtisodiy o’sish sur’ati talabiga nisbatan kam mehnat potensialiga ega mamlakatlarda (AQSH, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Koreya) immigrantlar alohida ahamiyatga ega. Mazkur davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun milliy ishchi kuchining o’zi yetarli emas, natijada qo’shimcha ishchi kuchiga talab paydo bo’ladi. Bu talab esa o’z-o’zidan muhojirlar mehnati orqali qondiriladi. Demak, bir so’z bilan aytganda, mehnat potensialida immigrantlar ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mehnat potensiali mikdor ko’rsatkichlarining shakllanishini chizma ko’rinishida quyidagicha ifodalash mumkin (5.5-chizma). Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling