96
Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda minimal ish haqining
tartibga soluvchi va
muvofiqlashtiruvchi qurol sifatidagi rolini oshirish maqsadga muvofiqdir. Davlat minimal
ish haqi miqdorini rasmiy tarzda belgilab qo’yadi. Buning natijasida esa ijtimoiy to’lovlar
va ish haqi darajasini tartibga solish jarayonida minimal ish haqining roli oshadi. Ammo,
ushbu chora-tadbirlar davlat byudjeti daromad qismining hamda YaMMning jadal o’sishi
natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining
tavsiyasida aytilishicha,
eng kam miqdordagi ish
haqini belgilashning asosiy maqsadi yollanib ishlayotgan shaxslarga eng kam
miqdorda yo’l qo’yiladigan ish haqi darajasiga nisbatan zarur
ijtimoiy himoya berilishi
lozimligidir. Eng kam ish haqi miqdorini asoslashda hisobga olinishi zarur bo’lgan
omillardan biri uning mehnatga to’lanadigan haqning o’rtacha darajasiga nisbatidir.
O’zbekistonda ish haqi minimumi ham, iqtisodiy o’zgarishlar bilan doimo uzgarib
bormoqda (4.3-jadval).
Mazkur jadvalda minimal ish haqi miqdorining o’zgarishi ko’rsatilgan bo’lib, bunda
mazkur miqdorning har yili muntazam oshib borganligini ko’rish mumkin. Respublikada
yangi pul birligi «so’m» joriy qilingan dastlabki kunlarda minimal ish haqi 100 so’mni
tashkil etgan bo’lsa, uning oshirilib borishi natijasida 2001 yili 3430 so’mga, 2010 yili
45215 so’mga etdi.
Demak, 2001 – 2010 yillar mobaynida minimal ish haqi miqdori 13,1
barobar
(1318,2%) ko’paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: