O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 282.44 Kb.
bet4/6
Sana14.08.2023
Hajmi282.44 Kb.
#1666913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot agrobank Javlon

Vakillik munosabatlari:
AJ Alfa-Bank
AG Commerzbank (Germaniya);
PAO "Sberbank" (Rossiya)
YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya);
KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi);
AJ TengriBank (loro hisobraqam, Qozog'iston Respublikasi);
OAJ Dos-Kredobank (loro hisobraqam, Qirg'iziston Respublikasi).
Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)
Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
“O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;
"O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
Elektromagnit moslashuv markazi;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
“Alskom” sug’urta kompaniyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
"DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
"MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.
Xalqaro reyting:
2018 yil, B1/B2/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “Agrobank”ga quyidagi xalqaro
reyting baholari berildi:
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr)
Milliy reyting:
2018 yil, uzA+ (Juda yuqori)
«Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ «Agrobank»ga:
Banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularn buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari lozim bo’ladi. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish,guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llaniladigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro’yxatidan iboratdir.Xatolarni to’g’rilash va hisob siyosatidagi o’zgarishlar bo’yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko’zda tutilmagan bo’lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo’yicha tuzatish o’tkazmalari berishga ruxsat beriladi.Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilshi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida amnalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
 hisobvaraqlarning bosh va yordamchi kitoblarda joylashishini yengillashtirish;
 hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
 hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
 operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarinig Bosh kitobda kodlashtirish tizimiquyidagi sxema bo’yicha beshta belgidan iboratliligi qabul qilingan:
Hisobvaraq turkumi(kategoriyasi)
1 Aktivlar
2 Majburiyatlar
3 Kapital
4 Daromadlar
5 Xarajatlar
6.Ko’zda tutilmagan xarajatlar
Bu yerda:
MM Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvarqalar to’plami (birinchi tartib)
SS Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
- jamlanma hisobvaraqlar uchun MM yoki SS nol raqamlariga ega ( masalan, 10000 - “Aktivlar” , 10100 – “ Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari” va boshqalar);
- “Aktivlar bo’limidagi “…zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o’rnida 99 raqami qabul qilingan.Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo’yicha kodlashtiriladi:Balans hisobvarag’ Bundan tashqari operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqaruvi) uchun zarur bo’lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo’shimcha axborotlar kiritiladi. Hisobvaraq rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo’lishi aniq belgilab qo’yilgan,aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo’ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlariga “Aktivlar” , “Xarajatlar” va “Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daropmadlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari taaluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “ Aktivlar” bo’limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo’limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “ Aktivlar” likvidlilik, “ Majburiyatlar esa muddatlilik tamoyiliga asosan tasniflangan.“Daromadlar” va Xarajatlar bo’limi uchun analitik hisob ko’rsatilmagan bo’lib, ushbu bo’limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy Bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobvaraqni qanday yuritishni o’zlari belgilaydilar.Agrobank ATBning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili.Agrobank ATBning qimmatli qog’ozlar tahlili Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda.

Download 282.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling