O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm “Agrobank”ATB tashkiliy tuzilmasi


Download 282.44 Kb.
bet5/6
Sana14.08.2023
Hajmi282.44 Kb.
#1666913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot agrobank Javlon

1-rasm “Agrobank”ATB tashkiliy tuzilmasi

3.“Agrobank” ATB Toshkent shaxar amaliyot bo’limida xodimlar mehnatini tashkil etilganlik holatining tahlili
Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksiyalarini chiqarmoqda.Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir.Agrobank ATB qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini chiqaradi.Demak, Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari) muomalaga chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha
maslahatlar berish;qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatishAgrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qanchalik va nima sababdan o’zgarish bolganligini bilish lozim boladi.
Vaqt o'tishi bilan innovatsiyalarning qat'iy ro'yxati bankka yangi texnologiyalar hisobiga mahalliy bozorda yetakchi o'rinni egallashga imkon berdi, bu ko'plab mijozlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish, xalqaro miqyosda tan olinishga va mamlakatdagi eng ishonchli va moliyaviy barqaror banklardan biri sifatida obro'-e'tibor qozonishga sabab boʻldi.Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtachaqiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq.Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi,shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning tushishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin.Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi.Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, xabarlar, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin.Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mumkin. Ular:
– jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar,
– ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi;
– zaxira summasini qayta tiklash;
– hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar;
– daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjetdan mablag‘ qaytarish va boshqalar.Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ishlab topilmagan» daromadlari hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Bu o‘z navbatida bank daromadlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu holat o‘z navbatida yuqori daromad keltiruvchi xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini ham beradi. Daromad tahlili sifat ko‘rsatkichiga nisbatan miqdor ko‘rsatkichiga ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank faoliyatini baholashda katta ahamiyatga ega. Bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash uning mustahkamligiga bog‘liqdir.Bank tizimi har qanday davlat moliyaviy tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida uning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bank faoliyatini amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan qat’iy va aniq xuquqiy tartibga solinishi nafaqat bank mijozlarining, balki davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilishning muhim kafolatlaridan bo‘lib hisoblanadi. Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlar deganda moliya, kredit va bank xizmati ko‘rsatish bozorida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida (Markaziy bank va tijorat banklari; tijorat banklari va ularning mijozolari) yuzaga keluvchi hamda qonunchilik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy aloqalar majmui tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki – mamlakat bank-kredit tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini amalga oshirishga xaqli bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini ko‘zlab pul kredit siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi bankdir. Markaziy bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bankka oid xuquqiy munosabatlar bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank sohasini boshqarish va nazorat qilish chog‘ida o‘z vakolatlarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan butun mamlakat hududi uchun monetar va valyutani tartibga solish siyosatini shakllantirilishi hamda amalga oshirilishi, hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yilishi, banklar faoliyatini litsenziyalanishi, rasmiy oltin-valyuta rezervlarini saqlanishi va tasarruf qilinishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z harajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish imkoniyatini siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunda Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan va u o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqadi.



Download 282.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling