O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 282.44 Kb.
bet6/6
Sana14.08.2023
Hajmi282.44 Kb.
#1666913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot agrobank Javlon

AT “Agrobank” tomonidan Toshkent viloyati sanoat sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida

Tarmoqlar

Soni

Tarmoqlar

Ulushi

To’qimachilik sanoati


1 ta

13.9

5.0

Oziq-ovqat

4 ta

51.7

18.7

Qurilish materiallari

4 ta

167.6

60.6

Farmatsevtika

1 ta

43.1

15.7


1-jadval “Agrobank”ATB molyaviy ko’rsatkichlari
4.“Agrobank” tashkilotning iqtisodiy ko`rsatkichlar tahlili
2023-yil uchun foiz xarajatlari bashorati (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 893,5 mlrd soʻm. Foizlar boʻyicha harajatlarning oʻsishi mijozlar hisoblaridagi naqd pul qoldiqlarining koʻpayishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga nisbatan, joriy talablari saqlanib qoldi, ularni bajarish uchun Bank bir yildan ortiq muddatga qoʻshimcha ravishda, “qisqa” resurslardan qimmatroq boʻlgan muddatli depozitlarni jalb qilishi kerak boʻladi.
2023-yilda foizsiz xarajatlar darajasi 240,2 mlrd soʻmga rejalashtirilgan. 2023-yilgacha oʻsish, yigʻim va komissiya daromadlarining, shuningdek, spot va konversion operatsiyalardan olingan valyuta farqlari koʻrinishida, daromadlarning oshishi kutilmoqda.
2023-yil uchun operatsion xarajatlar prognozi 561,1 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiluvchi asosiy xarajatlar moddalariga quyidagilar kiradi:
Xodimlarning ish haqi va boshqa nafaqalari shaklidagi xarajatlari;
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi;
Maʼmuriy harajatlar, reklama aksiyalarini oʻtkazilishi, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar.
Yuqoridagi tendensiyalar va prognozlarni hisobga olgan holda, Bankning 2022-yil uchun sof foydasi kamida, 561,3 milliard soʻm miqdorida taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, aktivlar rentabelligi (ROA) 3,3% ni, umumiy kapitalning rentabelligi (ROE) 32,1% va operatsion samaradorlik koyeffitsiyenti (CIR) 37,4% ni tashkil qiladi.
Bank tizimi har qanday davlat moliyaviy tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida uning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bank faoliyatini amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan qat’iy va aniq xuquqiy tartibga solinishi nafaqat bank mijozlarining, balki davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilishning muhim kafolatlaridan bo‘lib hisoblanadi. Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlar deganda moliya, kredit va bank xizmati ko‘rsatish bozorida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida (Markaziy bank va tijorat banklari; tijorat banklari va ularning mijozolari) yuzaga keluvchi hamda qonunchilik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy aloqalar majmui tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki – mamlakat bank-kredit tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini amalga oshirishga xaqli bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini ko‘zlab pul kredit siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi bankdir. Markaziy bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bankka oid xuquqiy munosabatlar bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank sohasini boshqarish va nazorat qilish chog‘ida o‘z vakolatlarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan butun mamlakat hududi uchun monetar va valyutani tartibga solish siyosatini shakllantirilishi hamda amalga oshirilishi, hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yilishi, banklar faoliyatini litsenziyalanishi, rasmiy oltin-valyuta rezervlarini saqlanishi va tasarruf qilinishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z harajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish imkoniyatini siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunda Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan va u o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqadi.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamo­naviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respubli­kasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Marka­ziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat bankla­ri tizimi hamda to'lov tizimini shakllanti­rish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat bank­lari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islo­hotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'­tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgu­sida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti­lishiga yordam berishi mumkin ekanini ang­latar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bank­ning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimi­ni yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash­ga qaratildi.
Ushbu yilning 1 iyulidan e'tibo­ran kichik biznes korxonalari o'zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o'z hisobiga o'tkazish yo'li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshi­rish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkor­likni rag'batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengay­tirish borasida muhim qadam qo'ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlash­gan barqarorlashgan jamg'arma tashkil etildi. Bu o'z navbatida, O'zbekistonda birjadan tashqari va­lyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qildi.
Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada ri­vojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomoni­dan xizmat ko'rsatish sifatining tobora yaxshila­nishi, banklarda raqo­batchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq jarayonlarni ko'rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyo­sati kuchayganini, mijozlar so'rovlarini sinchkov­lik bilan o'rgana boshlaganini va bank xodimlari­da mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, men malakaviy amaliyot o’tagan Agrobank ATBning aholi va turli xo’jalik yuritish subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko’rsatib kelmoqda. Servis va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini faoliyatini yuritayotgan yosh oilalar, kasb-hunar kollejlari bituruvchilari hamda imtiyozli kreditlar ajratmoqda
Agrobank ATBning 2018-yilda kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlashga barcha moliyalash manbalari hisobidan 1 trillion 209 milliard so’m kreditlar ajratildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga oid 4 mingdan ziyod loyihani amalga oshirish uchun 545 milliard so’m yo’naltirildi. Natijada 24 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilgan.
Agrobank ATBning o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish, moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan biznes-rejasi va budjetining asosiy parmetrlarini bajarishga qaratgan. 2010-yilda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dolari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. TIF Agrobank ATB va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dolari miqdoridan iborat bo’lgan “Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich” loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblandi. Shuningdek, TIF Agrobank ATB Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolyer kredit to’g’risida kelishuv imzolandi. “VISA International” xalqaro to’lov tizimiga prinsipial a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Agrobank ATBning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlarin orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank ATB S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir
Ushbu malakaviy amaliyot ishini bajarish natijasida quyidagi umumiy takliflarni xulosa qilib aytish mumkin:
1. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, bank faoliyatida axborot kommun ikatsiya texnologiyalaridan kengroq qo’llash lozim. Shu nuqtayi nazardan, bankda moliyaviy ko’rsatkichlar tahlilini to’liq avtomatlashtirish talab etiladi.
2. Rivojlangan mamlakatlar singari bizning respublikamizda ham bo’lajak yoki doimiy hamkorlarimiz haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni qonuniy ravishda yetkzib beradigan axborot xizmat ko’rsatish markazlarini tashkil etish zaur.
3. O’zbekiston Respublikasi Agrobank ATB Buxoro bo’limida dasturiy vositalar asosida yagona axborot bazisini shakllantirish lozim.
4. Bankda axborot- tahliliy masalarni yechishda IABS amaliy dasturlar to’plamidan foydalanish tavsiya etiladi.


1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi. 22 dekabr` 2018 yil Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma yig'ilishi


Download 282.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling