O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim
Download 434.76 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYOTI
I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim qilinishi «Dinshunoslik» fanining ishchi o‘quv dasturida har ma’ruza va seminar darslari uchun hamda fan uchun umumiy, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, manbalar ro‘yxati beriladi. Mustaqil ta’limni tashkil kilish jarayonida shuni inobatga olish zarurki, talaba ma’ruza uchun belgilangan asosiy adabiyotlardan mustaqil ta’lim mavzusi uchun etarli ma’lumot ololmasligi mumkin. Chunki, mustaqil ta’lim mavzusi aynan bir muammoviy mavzuga yoki aniq bir masalaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa aynan shu masala uchun tegishli bo‘lgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatini qo‘shimcha tarzda talabalarga etkazib berish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 12 Adabiyotlar va manbalar ro‘yxatiga ega bo‘lgan holda aniq bir mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig‘ish va uni tahlil qilish talabaga osonlik tug‘diradi, uning vaqt taqsimotini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida mustaqil ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. 13 II. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYOTI Malumki, ijtimoiy fanlardan olingan bilimlarni puxta egallashda ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish, radio-televidenie orqali beriladigan ijtimoiy-siyosiy eshittirish va ko‘rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo‘nalish va uslubiyatlardan foydalanish mumkin. Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo‘lib, keng ma’noda deganda, umuman bilimlarni mustaqil o‘rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda mustaqil o‘qish, ya’ni «aql-zakovat bilan ishlashga katiy kirishish» tushuniladi. Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan o‘z tarixi, madaniyati, fan yutuqlarini keyingi avlodga asosan shu kitob orqali qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o‘z bilimini oshirib, mustahkamlab boradi. Misol uchun Sharqning buyuk allomalaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy va boshqalar tinimsiz mehnat orqali o‘z bilimlarini oshirib borganlar va yangi-yangi muammolar echimini topishga harakat qilganlar. Demak, biron-bir fanni egallashda, uni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq uchun ko‘plab kitoblar bilan ishlash zarurdir. «Dinshunoslik» fanini o‘rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash eng avvalo o‘quvchiga juda katta tushuncha beradi, chunki kitob bir avlodning ikkinchi avlodga vasiyati. Biz ko‘p narsani kitobdan o‘rganamiz, o‘z dunyoqarashimizni, ongimizni, bilimimizni, manaviyatimizni boyitamiz. Adabiyot bilan mustaqil ishlashda fakat u yoki bu kitobdan olingan ma’lumot emas, balki ish jarayoni, uning usullari xam katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bilimni egallash ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: berilgan materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yodlab olish va faktlarni tanqidiy tahlil qilib, mustaqil fikrlash. Birinchi holda material passiv egallandi, faqat yodlanadi, ikkinchi holda esa turli manbalardan bilimlarni tanqidiy fikrlab va amalda ongli yondashib, aniq dalillar 14 asosida boyitish mumkin bo‘ladi. Haqiqatni to‘g‘ri anglab etishda bilimlarni qat’iy ishonch bilan izlanish natijasida egallash nihoyatda katta ahamiyatga ega. Mustaqil o‘qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki mag‘zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu tufayli, kitob ustida mustaqil ishlash bilan materialni og‘zaki bayon qilishni aralashtirib yubormaslik, o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini, murakkab nazariy koidalarini egallab, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga erishish zarur. Chunki ayrim talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari bilan chegaralanib qoladilar. Haqiqatdan ham ma’ruza qanchalik keng qamrovli, mukammal bo‘lishga qaramay unda u yoki bu muammo bo‘yicha asosiy qoidalar, ya’ni cheklangan material beriladi. Shuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni qondirmaydi, birov konspekt qilishga ulguradi, birov esa yo‘q. Demak, materialni o‘rganish uchun ko‘prok kitob bilan mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Mustaqil ishlashda har kim kitob, ya’ni manba bilan o‘z qobiliyati va ko‘nikmasiga qarab ishlaydi, birov bir vaqtning o‘zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta egallash uchun ularni qayta-qayta o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, hamma talaba ham mustaqil ishga bir hilda tayyor bo‘la olmaydi, bu hol “Kadrlar tayyorlashning milliy dastur”ida takidlaganidek, “har bir o‘qituvchi-murabbiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi, talabani mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil etishga har tomonlama uslubiy yordam berish”ni talab etadi. Chunki, hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi shuni taqozo etmoqda, yoki bu o‘qituvchi qanchalik talabani qiziqtira olishiga bog‘liq jarayondir. Malumki, inson ko‘p hollarda o‘zi qiziqqan ishga ishtiyoq bilan kirishadi. Shunday ekan, mustaqil o‘qish mahorati ham tinimsiz mehnat, izlanish, ko‘nikma va malum darajada chidam va tirishqoqlikni talab qiladi. Manba ustida mustaqil ishlash ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga ayrim so‘zlarni tagiga chizish, matniga, hoshiyaga belgilar qo‘yish, reja tuzish, konspekt qilish kabi turli usullarni qamrab oladi. Tabiiyki, bu usullarning biri oson bo‘lsa, biri murakkab yoki uzoq mehnat talab qiladi. Mustaqil ishlash jarayonida adabiyotlardan foydalanishning asosiy mezoni - maqsadli bo‘lishi kerak. Biror kitob to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish 15 uchun so‘zboshi va mundarijasini ko‘zdan kechirish, yangi material bormi, qoida va xulosalar qanday yoritilganligini qarab chiqish kifoya qiladi. Agar maqsad uni chuqur o‘rganish bo‘lsa vazifa ham kengroq qo‘yiladi. Berilgan adabiyotlarni ayrimlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki to‘liq tavsiya etilgan kitoblar ustida mustaqil ishlash o‘z samarasini beradi. Bunda qiyinchiliklar va to‘siqlar bo‘lishi tabiiy. Chunki mustaqil ishlash ko‘nikmasi birdaniga shakllanmaydi. Shuning uchun undan cho‘chimasdan, ishtiyoq bilan mehnat qilish, intizomga rioya etish, qo‘yilgan maqsad sari tinmay intilish, to‘siqlarni enga bilish kerak. Yana bir uslubiy ko‘rsatma shuki, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy manbalarga oid kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni bo‘lib-bo‘lib o‘qish, o‘rganish, konspekt qilish, tezislar tuzish, belgilar qo‘yish, tsitatalar olish, ularning mag‘zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy-siyosiy fanlardan olgan bilimlarni boyitish, to‘ldirish, ilmiy dunyoqarashni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini yaxshiroq tushunish, mustaqil davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab etish va boshqalar uchun zaruriy holdir. Download 434.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling