O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 434.76 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish
17 III. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA TURLI MALAKALARNING SHAKLLANTIRILISHI Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida quyidagi bir qator xususiyatlarni (malakalarni) o‘zlashtirishlari va o‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlarini shakllantirishlari ham ko‘zda tutiladi. Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida talabalar: Topshirilgan vazifa (mavzu)ni o‘rganishda auditoriyada olgan bilimlari (yoki masalalar (muammolar)ning quyilishiga) asoslangan holda mustaqil yondashishi; Topshirilgan vazifa (mavzu)ning maqsadini va kutilayotgan natijani oldindan ko‘ra bilishi (anglashi); Mustaqil ta’lim jarayonida talaba o‘zi uchun yangi va hali o‘zlashtirilmagan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi; Auditoriyada va mustaqil ta’lim jarayonida olgan ma’lumotlari va bilimini qayta ishlashi; Qo‘lga kiritilgan natijalarni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishi; Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida natijalar to‘g‘risida mustaqil fikrlay bilish malakasi va ehtiyojini shakllantira bilishi; Topshirilgan vazifa (mavzu)ning natijasi (echimi)ni oldindan anglash va uni hal qilish yo‘llarini izlay bilishi; Yuqori kurs talabalarida topshirilgan vazifa (mavzu)ni ishlash jarayonida fanning metodologik uslublaridan foydalana olish malakasini shakllantira bilishi; Talabalarda ijtimoiy hayot hodisalarini bilib olish, ularning mohiyatini tushuntirish kabi qoiliyatlarini shakllantirishi; Mustaqil tayyorgarlik vaqtida ma’lumotlarga tanqidiy yondashish va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi; 18 Mustaqil ta’limni amalga oshirish (topshirilgan vazifa (mavzu)ni bajarish) jarayonida o‘zining mustaqil, shaxsiy nuqtai-nazarini (fazilatlari yoki malakalarini) shakllantira bilishi; Prezident Islom Karimov asarlarida tarix faniga oid manbalarni o‘rganishda ulardan ilmiy-metodologik asos sifatida foydalana bilish ko‘nikmasini shakllantirishi; Dastlabki manbalar, arxiv materiallari va tarixiy hujjatlar bilan mustaqil ishlash malakasini shakllantirishi; Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qila olish malakasini shakllantirishi; Ilmiy tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqa manbalar bilan ishlash va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi; Adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi; Manbalar bilan ishlash malakasini shakllantirishi; Vaqtli matbuot materiallari bilan ishlash malakasini shakllantirishi; INTERNET tarmog‘idan foydalangan holda ma’lumotlarni olish va ular bilan ishlash malakasini shakllantirish; Mustaqil ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari va kompyuterdan foydalangan holda jadvallar, chizmalar, diagrammalar, slaydlar va boshqalarni yaratish va ularni matnlarga joylashtirish malakasini shakllantirish; Ilmiy va ijodiy tafakkur qila olish qobiliyatini shakllantirishi; O‘quv mehnati (vaqt, soat taqsimoti)ni to‘g‘ri tashkil etish malakasini shakllantira bilishi; Bilim va malakani amalda qo‘llashga o‘rganishi; Ilmiy ishlarni yoza olish malakasini shakllantirishga erishishi; Referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalarini yozish, maqola, risola, qo‘llanmalar tayyorlay olish malakasining yuzaga kelishi va iqtidorning keng qamrovli bo‘lishiga erishishi; Mustaqil ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalarni himoya eta olish malakasini shakllantirishi; 19 Auditoriyada, to‘garaklarda, ilmiy anjumanlarda o‘z fikrini bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishi; Ilmiy-pedagogik mahoratni shakllantirishi; Nutq madaniyati va mahoratini shakllantirishi; Ilmiy (intellektual) mehnat va muomala madaniyatini shakllantirishi; Topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish mas’uliyati hissini orttirishi; Mustaqil ta’lim uchun belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘tmish, tarixiy jarayonlar va bugungi kun taraqqiyoti jarayonlarini bog‘lagan holda milliy g‘oya va uning mohiyatini to‘la anglash fazilatlariga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi. Albatta yuqorida keltirilgan xususiyatlar nisbiy bo‘lishi ham mumkin. Mustaqil ta’limni amalga oshirish chog‘ida har bir talaba o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yana boshqa bir qatorda ijobiy hususiyatlarni ham o‘zlarida shakllantirishlari tabiiydir. Bu esa ularning kelgusida etuk va har tomonlama malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlarida xizmat qiladi. Download 434.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling