O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari


Download 434.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana06.10.2023
Hajmi434.76 Kb.
#1693456
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish

 
IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari
 
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: 
Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan 
mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi. 
Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda 
o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan 
vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish, 
ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k. 
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish 
darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga) 
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, 
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar 
tashkil etish va h.k. usullarda asosan seminar darslarida nazorat qilinadi. 
Nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga 
berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi 
e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida 
o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil 
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida 
rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy 
topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish 
jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus 
belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi. 


23 
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-avgustdagi 87-02-2642-son xatiga 
asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son qarorida 
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimini baholash 
tizimini takomillashtirish maqsadida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar 
o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida Nizom” loyihasiga asosan baholab 
boriladi.
Mustaqil ta’lim natijalari talabalar bilimini 5 ballik tizim asosida baholashga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil 
ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan 
bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy baholash jadvalini 
talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda 
talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish 
jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi 
tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun 
mas’uliyat hissini shakllantiradi. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida 
asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har 
tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin 
hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga 
oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini 
belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok 
etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil 
ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish 
mumkin: 


24 

Download 434.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling