O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 434.76 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish
20 IV. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA PEDAGOG- XODIMLARNING FAOLIYATI Mustaqil ta’limni tashkil qilishda o‘qituvchining roli va kasbiy (professional) mahorati eng ahamiyatli mas’uliyat kasb etadi. Mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil qilish va talabalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli natijalarga ega bo‘lish o‘qituvchidan nafaqat o‘zi o‘qiyotgan fan yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki ayni vaqtda talabalar bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilish, har bir talabaning iqtidori va qobiliyatini imkon qadar hisobga olgan holda yondashishni ham talab qiladi. O‘qituvchi fan (kurs) yuzasidan ma’ruza va seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari jarayonida turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublarni qo‘llagan holda har bir talabaning o‘ziga xos hislatlarini aniqlashtirib, mustaqil ta’lim bo‘yicha maslahat darslarida talabalarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsata olsa, mustaqil ta’limni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadga erisha oladi. Ya’ni talabalarning mustaqil ta’lim yuzasidan o‘zlashtirishlari, ko‘zda tutilgan bilimlarga to‘liq ega bo‘lishlari, pirovard natijada kelgusida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib etishishlariga zamin hozirlashi aniq. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fan o‘qituvchisi: har bir talabaning iqtidori va mustaqil ta’limni amalga oshirishga qobiliyatini aniqlashi; imkon qadar individual tarzda talabalarga maslahatlar (masalaning echimini topilishi uchun yo‘nalishni aniqlashi) berishi; mustaqil ta’lim uchun aniq va muammoviy mavzularni tavsiya etishi; mustaqil ta’lim mavzularini belgilashda fan dasturi va ishchi dasturga qatiy rioya etishi; ma’lumotlarni to‘plash va ularni klassifikatsiyalash yo‘llarini o‘rgatishi; qo‘yilgan masalani ochish uchun tavsiya qilinishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berishi; 21 adabiyotlar bilan ishlash yo‘llari haqida tushuncha berishi; manbalardan foydalanish jarayonida etibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuncha berishi; matbuot materiallaridan foydalanish chog‘ida ma’lumotlarni yig‘ish va ularni solishtirishi, taqqoslash va xulosalar chiqarish to‘g‘risida tushuncha berishi; rahbarlik qilish, nazorat va tekshirishni to‘g‘ri amalga oshirishi; mavzular yuzasidan malum vaqtlar oralig‘ida muloqot tarzida erkin suhbatlar uyushtirib borishi va talabalarning fikrlariga etiborli bo‘lishi mustaqil ta’limning samarali bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin. Download 434.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling